1.1 - rasm. Bankrot korxonaga nisbatan ko‘llaniladigan tadbirlar
6. Bir korxonani boshqa korxona qilib o‘zgartirish chog‘ida avvalgi korxonaning barcha mulkiy xuquqlari va majburiyatlari qaytadan tashkil etilgan korxonaga o‘tadi.
Korxonani tugatishni, mulkdor yoki mazkur mol-mulkni boshqarishga vakolatli organ tuzadigan tugatish komissiyasi amalga oshiradi, bankrotlik xollari bundan mustasno. Xo‘jalik sudi tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt bankrotligi to‘g‘risida qaror qabul qilinganda tugatish komissiyasini shakllantirish va uning ishlash tartibi O‘zbekiston Respublikasining "Bankrotlik to‘g‘risidagi qonuni" bilan belgilanadi.
Bankrot korxonalarni qayta tashkil etish kuyidagi tartibda amalga oshiriladi:
"Korxonani tugatish to‘g‘risida qaror qabul kilgan mulkdor sud (xo‘jalik sudi) yoki korxonani barpo etishga vakolatli bo‘lgan idora tugatish tartibi va muddatini, shuningdek karz berganlarning da’vo qilish muddatlarini belgilaydi. Bu muddat tugatish e’lon qilingan kundan boshlab ikki oydan kam bo‘lmasligi kerak.
«Tugatish komissiyasi yoki korxonani tugatishni amalga oshirayotgan boshqa idora, korxona joylashgan erdagi rasmiy matbuotda uni tugatish va karz berganlarning da’volarini qabul qilish tartibi va muddati to‘g‘risida e’lon beradi. Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirayotgan idora) ana shu e’lon bilan bir katorda korxonaga debitorlik qarzini undirib olish va qarz berganlarni korxona tugatilganligidan xabardor qilib, ularning da’volarini aniqlash ishlarini bajarishi shart.
"Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirayotgan idora) tugatilayotgan korxonaning mol-mulkini baxolaydi va karz berganlar bilan xisob-kitob qiladi, tugatish balansini tuzadi va uni egalik kiluvchiga yoki tugatish komissiyasini tayinlagan idoraga takdim etadi. Tugatish komissiyasi o‘z aybi bilan etkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi. Zararni undirib olish miqdorlari va tartibini xo‘jalik sudi belgilaydi.
Qarz berganlarning da’volarini kondirish.
Tugatilayotgan korxonaga karz berganlarning da’volari ana shu korxonaning mol-mulkidan kondiriladi. Bunda birinchi navbatda byudjet oldidagi karzlar kondiriladi va tugatilayotgan korxona tasarrufida bo‘lgan erlarni qaytadan tiklash xarajatlari koplanadi. Kreditorlar da’volarini kondirish tartibi va navbati hamda bankrot bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning mol-mulkini taqsimlash O‘zbekiston Respublikasining "Bankrotlik to‘g‘risida"gi qonuni bilan belgilanadi. Garov ko‘ygan xuquqiy shaxs korxona qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan xolda, garov bilan ta’minlangan majburiyatlarni bajarish muddatidan kat’iy nazar, garovdagi mol-mulkdan xak undirish xuquqini oladi.
1.Da’vo qilish uchun belgilangan muddat o‘tgandan keyin aniqlangan va qilingan da’volar birinchi navbatdagi da’volar, shuningdek, belgilangan muddatda ma’lum qilingan da’volar kondirilgandan keyin korxonaning kolgan mol-mulkidan kondiriladi.
2.Mol-mulk etishmaganligi uchun kondirilmagan da’volar bekor qilingan deb xisob qilinadi. Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirgan idora) tan olmagan da’volar ham, agar karz beruvchilar da’voni to‘la yoki qisman tan olmaslik to‘g‘risidagi xabarni olgan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida o‘z talablari kondirilishi to‘g‘risida sud yoki xo‘jalik sudiga da’vo kilmagan bo‘lsalar bekor qilingan deb xisoblanadi.
3.Korxonani tugatish chog‘ida fuqaroga shikastlanganligi yoki salomatligiga boshqa xil zarar etganligi yoxud o‘limi munosabati bilan shu korxonadan undiriladigan vaqtinchalik to‘lovlarga pul ajratiladi.
4.Korxonani tugatish chog‘ida mehnat jamoasi a’zosining ko‘shgan xissasi karz berganlarning da’volari nizomda ko‘zda tutilgan shartlari asosida belgilangan va tartibda kondirilgandan so‘ng unga pul shaklida yoki kimmatli kog‘ozlar bilan beriladi.
5.Qarz berganlarning va mehnat jamoasi a’zolarining da’volari kondirilgandan keyin kolgan mol-mulkdan mulkdorning ko‘rsatmasiga binoan foydalaniladi.
6.Korxona qaytadan tashkil etilganida uning xuquq va majburiyatlari qonuniy vorislariga o‘tadi.
Sanoat - moddiy ishlab chiqarishning eng yirik, etakchi tarmog‘idir. Unda mehnat qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va xalq iste’mol tovarlarining ko‘pchilik qismi yaratiladi; mashina va mexanizmlarning barcha turlari, bino va inshootlarning konstruktiv elementlari ishlab chiqariladi; er osti boyliklari qazib olish amalga oshiriladi; mineral, o‘simlik va xayvon xom ashyosiga ishlov beriladi, keng iste’mol mollari tayyorlanadi va x.k.lar.
Sanoat milliy iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari bilan ta’minlaydi. Milliy iqtisodiyot, fan, maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport, turizm va boshqa soxalar rivoji sanoatning taraqqiyot darajasiga bog‘liq.
Sanoat jamiyatning etakchi kuchi bo‘lgan ishchilar sinfini o‘zida birlashtiradi. Sanoat rivoji tufayli unda band bo‘lgan xodimlarning soni ko‘payadi, ularning bilimi va ilmi, maxorati ortadi, kadrlar salohiyati yuqori darajaga ko‘tariladi.
Sanoat soxasida mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi bo‘lgan konsentratsiyaning yuqori darajasi va shu asosda ijtimoiy ishlab chiqarishni uyushtirshning ilg‘or usullari - maxalliylashtirish, ixtisoslashtirish va diversifikatsiyalash, kooperativlashtirish va kombinatsiyalashtirish soxasida ustunlik qiladi.
Sanoat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni qayta ko‘rishning negizi xisoblanadi. Uni yangi texnika bilan ta’minlash orqali fermer, shirkat, dexqon xo‘jaliklarini va boshqa shakllarda faoliyat ko‘rsatayotgan sub’ektlarni iqtisodiy va madaniy jixatdan yuqori darajaga ko‘tarishga, shahar bilan qishloq o‘rtasidagi muhim tafovutlarni yo‘kotishga, dexkon mehnatini industrial mehnatga aylantirishga yordam beradi.
Sanoat mamlakat mudofaa qobiliyatining moddiy manbai, dunyoda tinchlikni saqlashning muhim omili, mamlakatlar mustaqilligini va birdamligini ta’minlovchi muhim soxadir.
Feodalizm tuzumining boshlarida (VI-VIII asrlarda) Farg‘ona bilan So‘xda oltin, mis, temir, Ilokda ko‘rg‘oshin, kumush, oltin, SHaxrisabzda toshtuz qazib chiqarilgan.
Ikkinchi jaxon urushigacha 500 dan ortiq sanoat korxonalari, jumladan, "Tashselmash", Toshkent to‘kimachilik kombinati, CHirchik elektrokimyo kombinati, Kattako‘rg‘on yog‘ zavodi, Bekobod va Kuvasoy sement korxonalari kurildi. Neft va rangli nodir metallar qazib chiqarish, qurilish sanoati maxsulotlarini tayyorlash rivoj topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |