Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, uning turlari va samaradorligi.
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish deb, ishlab chiqarish jarayonining turli bosqichlarida milliy iqtisodiyotning turli tarmoqli korxonalari o‘rtasidagi, shuningdek tarmoqlar va korxonalar ichidagi ijtimoiy mehnat taqsimoti shakllariga aytiladi. U korxonalarda muayyan turdagi maxsulotlar ishlab chiqarishni bir erga to‘plashni ko‘zda tutadi.
Ixtisoslashtirishning kuyidagi asosiy shakllari mavjud: tarmoq va korxona bo‘yicha ixtisoslashtirish; korxona ichida ixtisoslashish; tarmoq bo‘yicha ixtisoslashish, bunda korxona yoki bo‘limlar shu tarmoqning o‘ziga taallukli bo‘lgan tuzilishi, texnologiyasi va materiallari jixatidan bir-biriga o‘xshash bo‘lgan maxsulotlarni ishlab chiqaradi.
Korxona bo‘yicha ixtisoslashishda korxona o‘z maxsulotining ma’lum chegaralangan turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘ladi. Korxona ichida ixtisoslashishda korxonaning sexlari, bo‘limlari, ish joylari aniq turdagi maxsulotni ishlab chiqarishga yoki ma’lum texnologik jarayonlarni bajarishga ixtisoslashgan bo‘ladi.
Sanoatda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish 4 shaklda rivojlanadi:
" buyum jixatidan ixtisoslashda korxonalar tuzilishi va bajaradigan ishi bir xil bo‘lgan cheklangan tayyor maxsulot ishlab chiqaradi. Masalan: traktorlar, avtomobillar, dastgoxlar va x.k.;
" detal jixatidan ixtisoslashishda korxonalar tayyor maxsulotning ayrim qismlarini va detallarni ishlab chiqaradi. Masalan: reduktorlar, podshipniklar, tishli g‘ildirak va x.k.;
" texnologik jixatdan ixtisoslashishda korxonalar texnologik jarayonning alohida bosqichlarini bajaradi. Masalan: avtomatlashtirilgan detal kuyish, shtamplash va x.k.;
" yordamchi ixtisoslashgan korxonalar. Bular jumlasiga po‘lat kuyish, temirchilik, asbob-uskuna ishlovchi korxonalar kiradi.
Buyum jixatidan ixtisoslashish bular ichida eng ko‘p tarkalgan shaklidir.
Ishlab chiqarishni yiriklashtirish va kombinatsiyalashtirish.
Ishlab chiqarishni yiriklashtirish deb, bir necha turdagi ishlab chiqarishlarni bir yirik korxonada jamlashga aytiladi. Yiriklashgan korxonalarda asosiy ishlab chiqarish bilan birgalikda yordamchi ishlab chiqarish xam mavjuddir.
YOrdamchi ishlab chiqarish asosiy ishlab chiqarish uchun bo‘lgan asbob - uskuna, energiya turlari bilan, zarur bo‘lganda dastgoxlarni ta’mirlash va tuzatish uchun xizmat qiladi. Masalan: asbobsozlik, moslama, energiya ishlab chiqarish sexlari xamda mexanik ta’mirlash sexlari kiradi. Ishlab chiqarishni yiriklashtirishning asosiy maqsadi murakkab, juda katta xajmga ega bo‘lgan va ishlab chiqarishda uzoq davr xukm surmaydigan maxsulotlarni etkazib berishdan iborat. Masalan: samolyotsozlik, kemasozlik va x.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |