dASTGOHNI LOYIHALASH UCHUN BERILGAN QIYMATLAR
Kurs ishi topshirig’ida maxsuslashgan va universallashgan metall kesuvchi dastgohlarni quyidagi qiymatlari keltirilgan:
Ishlov beriladigan detal materiali (po’lat, cho’yan,bronza, latun);
Eng katta va eng kichik diametrlar (dmax va dmin) yoki ishlov berilayotgan detallar guruhini o’lchamlari;
Detalni eng katta uzunligi (Lmax) Va va ishlov beriladigan yuza (lmax);
Ishlov berish turi (Parmalash, zenkerlash,Razvertkalashа, Qora va toza o’tuv, Qora va toza frezalash va boshq.);
Ishlab chiqarish turi (seriyali, ko’p seriyali, ommaviy va boshq);
Dastgoh bazaviy modeli Dastgoh tipi;
Loyihalanayotgan dastgohning asosiy geometrik o’lchamlari. Masalan: Markazlar balandligi Н,Markazlar orasidagi masofa L, yoki stol maydoni bxl, Parmalashni maksimal diametri dmax va boshq);
Shpindelni aylanish chastotasi va uni ishga tushirish (Zn);
Uzatishlar soni va ularni hisoblash (Zs).
hISOB-TUSHUNTIRISH XATINI BAJARISH METODIKASI
Hisob-tushuntirish xati geliviy ruchkada va kompyuterda A4 formatga varaqni bir tarafiga yoziladi. Varaq hamma tarafidan qoldiriladigan o’lchamlar: chapdan 20 mm, tepadan va o’ngdan 5 mm, pastdan-20 mm ramkada yoziladi.
Hisob-tushuntirish xati sarlavhalari va mavzulari kata shriftda yoziladi. Varoqlarni nomerlashda xato bo’lmasligi bir biriga mos tushuhi lozim. Birinchi varoq albatta titul varaqidir.
Hamma ko’rinishlar (sxemalar, chizmalar, grafiklarva boshqalar) belgilangan rejada arab raqamlari bilan ket-ketlikni buzmay raqamlanadi. Masalan (1.01, 1.02, 1.03- rasm). Jadvallarni strilka ko’rsatilganda to’liq yozilsin(2.01- jadvaldan).
Hisob-tushuntirish xatida keltirilgan fizik kattaliklar GOST boyicha mos kelishi kerak (masalan, vaqt s; kuch N; massa кg; quvvat кWт; kuch momenti Nm; bosim, kuchlanish МPа; va boshqalar)
Formulalar va belgilar yozilganda uni keltirib chiqarilgan ko’rinishlari yozilishi shart. Har bir simvolni yoki koeffitsiyentni yangi qatordan yozish kerak. Har bir qiymat oxiriga verguldan keyin o’sha qiymatni o’lchov birligi yozilishi shart (masalan, р gidrosilindrdagi suyuqlik bosimi, МPа). Sharhlarni boshlashda birinchi “Bu yerda” bilan boshlash shart.
Adabiyotlar ro’yxatini hamma foydalanilgan adabiyotlar ularni to’liq ma’lumotlarini yozgan holda quyidagicha bo’lishi kerak, hisob-tushuntirish xatida keltirilgan bo’lsin. FISH mualliflar, kitob nomi, chiqqan joyi, redaksiya, chiqarilgan yili, hajmi ( masalan Push V. E. Metall qirquvchi Dastgohlarni konstruksiyalari. M., “Mashinasozlik” 1998, - 390 bet).
Hisob tushuntirish xatida foydalanilayotgan adabiyotlar kvadrat qavs ichida tartib raqami bilan yozib qo’yiladi (masalan [1], [2], [3] va boshq.).
Ilovalar ham xuddi hisob-tushuntirish xatiday rasmiylashtiriladi. Har bir ilova yangi varaqdan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |