O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY KON- METALLURGIYA KOMBINATI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
«KIMYO-METALLURGIYA» FAKULTETI
«TASDIQLAYMAN»
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
____________ N.A.Abduazizov
«_____»______ __________ y
Farmonov Ilxomjon Erkinjon o’g’li
Mutaxassislik: 70721503 – Foydali qazilmalarni boyitish (qazilma turlari bo‘yicha)
2021-2022 va 2022-2023 o`quv yillari uchun
MAGISTRATURA TALABASINING
KALENDAR ISH REJASI
Navoiy–2021 yil
Magistratura talabasining ushbu kalendar ish rejasi 2021 yil «___» ________ da «Metallurgiya» kafedrasi yig’ilishida muhokama qilindi.
Kafedra mudiri: t.f.n. dots. Azimov O.A _______________
(F.I.Sh.) (imzo)
Reja bilan tanishdim:
Magistratura talabasi: Farmonov I.E _______________
(F.I.Sh.) (imzo)
Ilmiy rahbar: t.f.d. prof. Sanaqulov Q.S. _______________
(F.I.Sh.) (imzo)
DISSERTATSIYA ISHI ANNOTATSIYASI
DISSERTATSIYA MAVZUSI
« Auminzo-Amantay konining uglerod-murakkab oltin tarkibli rudalarini qayta ishlash texnologiyasini tadqiq qilish va ishlab chiqish.»
ISHNING DOLZARBLIGI:
Navoiy kon-metallurgiya kombinatining iqtisodiy saloxiyatini saqlab qolish, uni el-yurtimiz manfaatlari yo'lida ishlatish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “Kon-metallurgiya tarmog'i korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4124-son qarorida nazarda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish, bozor mexanizmlariga o'tish, raqobatbardoshlikni oshirish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yangi istiqbolli konlarni o'zlashtirish to'g'risida qarori qabul qilindi.
O'zbekiston sharoitida sanoatning tezkor rivojlanishi, foydali qazilmalarning har-xil turlarini ko'p miqdorda ishlatilishiga olib kelmoqda. Ayniqsa rangli va nodir metallar iste’mol qilinishi ko’paymoqda, bunga qo’shimcha, ularning sanoat miqyosidagi zaxiralari keskin kamaymoqda. Tarkibida metall miqdori kamaygan, ya’ni ishlatishga zarur emas rudalarni qayta ishlash yoki boyitish, ularning ko'p miqdorda qayta ishlanilishini taqozo etadi. Bu esa metall ishlab chiqarishdagi tannarxni sezilarli darajada oshiradi. Bularga e’tiboran, kon-metallurgiya kombinatlariga, tannarxni o'stirmaslik uchun, tarkibida metall kam rudalarni qayta ishlash uchun, kam xarajatli va samarali usullar texnologiyasini topib, ularni qo'llash tavsiya etiladi. Xususan, Navoiy kon-metallurgiya kombinati GMZ-3 da sorbsion sianlash yo’li bilan ajratib olinadigan kumush miqdorini oshirish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |