Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori


Ona tili o‘qitishda nazariyani amaliyot bilan bog‘lash prinsipi



Download 1,23 Mb.
bet18/134
Sana13.03.2023
Hajmi1,23 Mb.
#918521
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   134
Bog'liq
1-kurs Mutaxassislikka kirish majmua innov.

Ona tili o‘qitishda nazariyani amaliyot bilan bog‘lash prinsipi. Ona tili o‘qitishda nazariyani amaliyotga bog‘lash deganda o‘quvchilarning tildan egallayotgan ilmiy–nazariy bilimlarini amalda qo‘llashini ta’minlash, ularni mustaqil turmush uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar bilan qurollantirishni tushunamiz. Nazariyani amaliyotga bog‘lash ona tili o‘qitishni foydali maqsadlarga burish, o‘rganilayotgan til hodisalarini o‘quvchilarning nutqiy faoliyatini rivojlantirishga bo‘ysundirish, til ta’limini hayot bilan, kundalik turmush bilan, odamlarning mehnat faoliyati bilan bog‘lash demakdir.
O‘quvchi o‘z ona tilini yaxshi o‘rganib olsagina, uning zehni, aqli, ongi va umumiy madaniy darajasi ortadi. O‘z tilining keng imkoniyatlaridan og‘zaki va yozma nutqda bemalol foydalana oladigan shaxsgina xalq yaratgan madaniy-tarixiy boyliklardan xabardor bo‘ladi va u boshqa fanlar asosini chuqur o‘zlashtirishga dadil qadam tashlaydi. Og‘zaki hamda yozma nutqdan foydalanish malakasiga ega bo‘lgan o‘quvchi ertangi ishlab chiqarish va ijtimoiy hayotda ijodiy faoliyat ko‘rsata oladi. Mustaqil turmushga uning ona tilidan bilganlari, to‘g‘ri yozish va o‘qish malakalari, mazmunli va chiroyli so‘zlash san’ati, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda ifodalash ko‘nikmalari, ish qog‘ozlari bilan muomala qilish uquvi qo‘l keladi. Shuning uchun ham ona tili o‘qitishda nazariyani amaliyotga bog‘lash prinsipi juda muhim qonuniyat sanaladi.
Ayrim o‘qituvchilar: «O‘quvchi o‘z ona tilining qonun-qoidalarini bilsa, aytib bersa, u savodli yozadi»,–degan fikrni ilgari suradilar. Bu fikrga qo‘shilish qiyin. Chunki ona tilining qonun-qoidalarini bilish boshqa, undan amaliy ish jarayonida foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish boshqa.
Ona tili o‘qitishda nazariyani amaliyot bilan bog‘lash maqsadida har bir soatlik dars mashg‘ulotida o‘qituvchi o‘quvchilarga mavzu yuzasidan nimalarni bilishlari va nimalarni amalda qo‘llay olishlari lozimligini aytishi maqsadga muvofiqdir.
Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilar tomonidan tuziladigan matnlar, yoziladigan bayon va insholar nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmaga aylantirishga yordam beradi.
Shunday qilib, til hodisalarini tahlil qilish va tahlil qilingan hodisalarga tayanib xulosalar chiqarish, o‘rganilgan qoidalarni dalillar vositasida isbotlash, matn ustida ishlash, ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanish nazariyani bevosita amaliy faoliyatga olib o‘tadi.
Ona tili ta’limini turmush bilan bog‘lashning asosiy omillaridan biri o‘quvchilarga ish qog‘ozlaridan foydalana olish malakalarini singdirishdir. O‘qituvchi har bir bo‘lim va mavzuning talabi hamda imkoniyatidan kelib chiqib, bu ishni amalga oshirish choralarini ko‘rishi lozim. Chunonchi, «Atoqli otlar va ularning imlosi» mavzusi o‘rganilar ekan, manzilgoh yozish ustida ish olib borilsa, «Shart maylidagi fe’llar» mavzusini o‘rganishda qaror matni ustida to‘xtalish maqsadga muvofiqdir.
Ona tili o‘qitishda nazariyani amaliyotga bog‘lash prinsipi vaqtli matbuot, ommaviy axborot vositalari, badiiy adabiyotdan unumli foydalanishni talab etadi.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish