Navoiy davlat pedagogika instituti xorijiy tillar fakulteti ingliz tilshunosligi


Ekvivalentlar yordamida tarjima qilish



Download 78,86 Kb.
bet2/34
Sana12.01.2017
Hajmi78,86 Kb.
#398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI......................................

KIRISH

Xalqning madaniy qadriyatlari, ma'naviy merosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma'naviyat manbai bo'lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq maqkuraviy tazyiqqa qaramay, O'zbekiston xalqi avloddan -avlodga o'tib o'z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o'ziga xos an'analarini saqlab qolishga muvaqqaq bo'ldi1.

Bugungi kunda O'zbekiston to'la huquqli asosda eng obro'li va nufuzli xalqaro tashkilotlar tarkibiga kirgan bo'lib, barcha qit'alardagi o'nlab mamlakatlar bilan do'stona aloqalarni rivojlantirib bormoqda, shuningdek mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda ma'naviy -ma'rifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi, deb e'lon qilinib, bu borada ko'lamli ishlar olib borilmoqda.

O'zbekistonimizning mustaqillikka erishishi, ona tilimizni davlat tili maqomini olishi, yurtimizning xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, madaniy va ilmiy aloqalarni mislsiz o'sishi, chet tilini o'rganishga qiziqishning kundan -kunga oshib borishi, O'zbekiston Respublikasi uchun kadrlar tayyorlash bo'yicha Milliy dasturining qabul qilinishi, olimlar va pedagoglar oldiga chet tilini o'qitish bo'yicha yangi darsliklar, qo'llanmalar, lug'atlar, dasturlar va boshqa didaktik materiallarni yaratishni taqozo etadi.

Mustaqilligimiz tufayli bizning mamlakatimizda millatlararo do'stlik va hamkorlik yanada rivoj topmoqda va mustahkamlanmoqda. Bu o'sish va o'zgarishlar madaniy ishlarda ham, jumladan badiiy adabiyotda ham o'z aksini topmoqda .Bunday sharoitda badiiy tarjimaning ahamiyati nihoyatda katta. Badiiy tarjima xalqlar o'rtasida do'stona aloqalarning o'rnatilishi va mustahkamlanishi, bir xalq vakillarining ikkinchi xalq vakillari ma'naviy boyliklari bilan tanishishlari, madaniyatlarning rivoj topishi va ulardagi millatlararo asoslarning mustahkamlanishi muhim o'rin egallaydi.

Hozirgi paytda boshqa qardosh mamlakatlardagi singari, bizning mamlakatimizda ham tarjima ishlari keng quloch yoygan holda tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Mamlakatimizda kattagina tarjimonlar guruhi yetishib chiqdiki, ular nafaqat rus va qardosh mamlakatlar qalam ahllari asarlarini, balki jahondagi barcha mamlakatlar adabiyoti namunalarini tarjima qilmoqdalar.Hozirgi kunda o'zbek kitobxonlari o'z o'tmish klassik hamda sobiq ittifoq davri qalam ustalari tomonidan yaratilgan asarlardan tashqari, rus va boshqa qardosh mamlakatlar xalqlari klassiklari A.N.Tolstoy, M.Sholoxov, M.Tursunzoda, shuningdek V.Shekspir, Gyote, Servantes, Gyugo, Svift, D.Defo, Voynich, M.Tvin kabi ko'pgina chet el yozuvchilari asarlaridan ham bahramand bo'lmoqdalar.

O'zbek adiblarining ko'pchilik asarlari ham talay chet el xalqlari tillariga tarjima qilindi va qilinmoqda. Dunyoda A.Navoiy, Bobur, Furqat, H.Olimjon, Asqad Muxtor kabi ko'pgina o'zbek yozuvchi va shoirlarining nomlari ma'lum va mashhur bo'lmagan mamlakatni topish qiyin. Bu badiiy so'z ustalarining o'qigan har bir boshqa xalq farzandi o'zbek xalqining o'tmish va hozirgi zamon hayoti haqida ochiq -oydin ma'lumotga ega bo'lmoqdalar.

"Tarjimon - deb yozadi A.Muxtor, - o'zida badiiy adabiyotni yaratuvchi ijodkorlik ma'suliyatini chuqur his etishi kerak, u o'zining siyosiy va adabiy bilimini, badiiy mahoratini oshirish ustida qunt bilan ishlashi zarur... Tarjmon uchun keng badiiy til savodxonligi kerak: yozuvchilik mahorati, obrazli fikrlay bilish, kuzatuvchanlik, turmushni chuqur bilish nihoyatda zarur" . Shundagina tarjimon ishiga chinakam ijodiy yondasha oladi. “Tarjima - bu hamisha ikki til qiyosiy stilistikasidir”, - deydi E.G.Etkind2, chunki badiiy tarjimaning vazifasi- o'z tilida originalning stilistik sur'atini qayta yaratishdan iboratdir; originalning til formasini e'tibordan soqit qiladigan nazariya tarjimonni qurolsizlantirib qo'yadi .

Tarjima nazariyasining stilistik masalalariga mansub bo'lgan leksik va frazeologik birliklar tarjimasi katta ahamiyatga ega bo'lgan masaladir. So'zana ko'rki uning jimjimador gullari, shakl-shamoyilidan tashqari rang -barang tovlanuvchi ipaklarining latifligiga ham bog’liq bo'lganday, badiiy nafosati ham uning umumiy mazminidan tashqari bir neca obyektiv kriteriyalari qatori leksik va frazeologik birliklari sayqaliga ham bog'liqdir. Badiiy tarjima san'ati bu masalaga nozik did bilan yondashishni - so'zni so'z, iborani - ibora bilan emas, balki, ularning ma'no va ottenkalarini ifodalashni taqozo etadi.

Uslub yozuvchining o'zi, uning butun borlig'i, vujudi, yurak tepishi, badiiy mushohada shakli, uning ovozi demakdir. Binobarin, agar tarjimada muallifning uslubi to'g'ri aks ettirilmagan bo'lsa, bunday tarjimaning to'g'riligiga ishonib bo'lmaydi: unda tarjimon avtorning o'rniga o'zini qo'ygan bo'ladi.

Ingliz, rus va o'zbek tillaridagi frazeologik birliklar muqoyasasi shuni ko'rsatadiki, bir tildagi ma'lum tushunchalarni iqodalovchi ba'zi bir frazeologik birliklar ikkinchi tilda ekvivalent yoki muqobil frazeologik birliklarga ega bo'lishi, uchinchi tilda esa bunday iboralar umuman bo'lmasligi mumkin. Bu hol esa bevosita tarjimalarda shu tildagi mavjud iboralarning qo'llanmay qolib, originaldagi emotsional ekspressivlikning to'la ifodalanmasligiga sababchi bo'lmoqda.

Bizning nazarimizda, shu xil xarakterdagi ko'pchilik tekshirishlar natijalari ingliz va o'zbek tillari qiyosiy stilistikasini yaratish uchun manba to'plashning boshlanishi bo'lib xizmat qiladi.




Download 78,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish