Ruhoniy Anselm (1033-1109) boshchiligidagi realizm ta‘limotiga ko`ra faqat
umumiy tushunchalargina (masalan, daraxt tushunchasi, harakat tushunchasi va b.) real
mavjud. Ushbu tushunchalarga muvofiq keluvchi predmet va hodisalar esa ularning kuchsiz
nusxasi, xolos. YAna ham anig`i ob‘ektiv dunyo umumiy tushunchalardangina iborat. Ayni
tushunchalarda qayd etilgan, ifodalangan predmet va hodisalar esa o`sha tushunchalarning
yuzaki nusxasi (kopiyasi) dir.
Rossellin (1050-1110) boshchiligidagi nominalizm ta‘limoti esa, haqiqatga to`la
muvofiq, real tarzda faqat o`ziga xos xususiyatlarga, belgilarga ega bo`lgan narsa, predmet,
hodisalargina mavjud, degan g`oyani ilgari suradi.
Bizning tafakkurimiz orqali ushbu predmet va hodisalardan chiqariluvchi umumiy
tushunchalar esa, deyishadi, bu ta‘limot vakillari, real, aniq mavjud bo`lmaydi. Ular inson
tafakkurining mahsuli hisoblanadi, fikrlash faoliyati tufayli hosil bo`ladi, yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |