O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
|
«TASDIQLAYMAN»
Navoiy davlat pedagogika instituti rektori ___________B.B.Sobirov
2022 yil “___” ________
|
INFORMATIKA O‘QITISH METODIKASI
FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
|
100000 – Gumanitar
|
Ta’lim sohasi:
|
110000 – Pedagogika
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
5110700- Informatika o‘qitish metodikasi
|
Navoiy-2022
Fanning asosiy parametrlari
|
O‘quv yili
2021/2022
2022/2023
|
Semestrlar
5-6-7
|
|
( Fan/ modul turi )
Umumkasbiy fanlar
|
Ta’lim tili
______
|
Haftadagi dars soatlari
_____ soat
|
Fanning nomi
Informatika o‘qitish metodikasi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
222
|
Mustaqil ta’lim (soat)
170
|
Jami yuklama (soat)
392
|
Auditoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim o’quv yuklamasi (soatlarda) ajratilgan semester bo‘yicha taqsimoti
T/r
|
Auditoriya mashg‘ulotlar soatlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
VII
|
VIII
|
1
|
Ma’ruza
|
|
|
|
|
26
|
28
|
26
|
|
2
|
Amaliy
|
|
|
|
|
14
|
14
|
12
|
|
3
|
Seminar
|
|
|
|
|
20
|
22
|
20
|
|
4
|
Labaratoriya
|
|
|
|
|
12
|
14
|
14
|
|
7
|
Jami auditoriya soatlari
|
|
|
|
|
72
|
78
|
72
|
|
5
|
Mustaqil ta’lim va mustaqil mashg‘ulotlar
|
|
|
|
|
56
|
58
|
56
|
|
6
|
Kurs loyihasi va kurs ishlari
|
|
|
|
|
|
|
|
|
8
|
Jami yuklama
|
|
|
|
|
128
|
136
|
128
|
|
I.Faning mazmuni
Fanning maqsadi - “Informatika o‘qitish metodikasi” fanini o‘qitishdan maqsad – bo‘lajak o‘qituvchilarini Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish, kasbiy faoliyatida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash, informatikadan turli-tuman shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish hamda o‘tkazishga tayyorlash, ta’lim-tarbiya sohasini axborotlashtirishning yo‘llari va istiqbollari haqidagi tassavvurlarini rivojlashtirish va chuqurlashtirish, informatika o‘qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim bo‘lgan bilimlar, amalda qo‘llash uchun ko‘nikma va makalalarni shaklantirish hamda rivojlantirishdan iborat.
Fanning asosiy vazifasi – talabalarda bo‘lajak informatika o‘qituvchisi sifatida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejarida o‘qitiladigan Informatika va axborot texnologiyalari fanining ahamiyati, uning mazmuni, tamoyillari, shuningdek, fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligiga oid nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (Ma‘ruza mashg‘ulotlar)
Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-bo‘lim. Umumiy metodika.
1-modul. Fanlarni o‘qitishning metodologik asoslari
Fanlarni o‘qitish metodikasi kursiga kirish. O‘qitishning didaktik tamoyillari.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim. Ma’ruza, namoyish etish, algoritm, munozara, klaster, nilufar guli, Venn – diagrammasi, menyu, o‘z - o‘zini nazorat.
2-modul. O‘qitishni tashkil etishda qo‘llaniladigan ta’minotlar
O‘quv-metodik ta’minot. O‘qitishning dasturiy ta’minoti. O‘qitish shakl va uslublari. Nazorat qilish va baholash usullari. Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari. O‘qitishning zamonaviy vositalari. O‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar. O‘qitishning meyoriy hujjatlari. O‘quv jarayonini rejalashtirish. Pedagogik faoliyatda dars tahlili
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim. Ma’ruza, namoyish etish, T-sxema, pog‘ona, qadamba-qadam, kichik guruhlarga ishlash, o‘z - o‘zini nazorat.
2-bo‘lim. Xususiy metodika.
3-modul. Informatika o‘qitishning xususiy metodikasi
Informatika o‘qitish metodikasi fan sifatida
Informatika yo‘nalishidagi fanlarini o‘qitishda didaktik tamoyillar. Uzluksiz tizimida Informatika va axborot texnologiyalari fanlarining mazmuni. O‘rta maxsus kasb-hunat ta’limida Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmuni.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim. Ma’ruza, namoyish etish, munozara, B/B/B jadvali, Venn diagrammasi, o‘z - o‘zini nazorat.
4-modul. Uzluksiz ta’lim tizimida informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish ta’minoti.
Uzluksiz ta’lim tizimida Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minoti. Informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o‘qitishning metodik tizimi. Elektron o‘quv-metodik va dasturiy ta’minot. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish shakllari. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish uslublari. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan nazorat qilish va baholash usullari. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda zamonaviy o‘qitish texnologiyalari. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning zamonaviy vositalaridan foydalanish. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o‘quv jarayonini rejalashtirish. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim. Ma’ruza, namoyish etish, munozara, B/B/B jadvali, Nilufar guli, Venn diagrammasi, klaster, “Blis-o‘yin”, o‘z - o‘zini nazorat.
5-modul. Zamonaviy informatika xonasi
Zamonaviy informatika va axborot texnologiyalari xonasi. Informatika xonasida o‘quv-tarbiya ishlarining tashkil etish. Informatika xonasida Informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkillashtirish. Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan olimpiadalar o‘tkazish. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda integratsiya. Informatika va axborot texnologiyalarining maxsus metodikasi
Do'stlaringiz bilan baham: |