Magistrlik dissertatsiyasi himoyasini o’tkazish tartibi
Magistrlik dissertatsiyasi himoyasi DAK yig’ilishida o’tkaziladi. Himoya ilmiy
munozara xarakteriga ega bo’lib, ochiq tarzda, o’ta talabchanlik va qat’iyat bilan ilmiy
muloqot odobiga rioya qilingan holda o’tkaziladi. Bu yig’ilishda dissertatsiyaning
barcha ilmiy, amaliy xulosalari va tavsiyalari har tomonlama tahlil qilinadi.
Himoya yig’ilishida DAK raisi dissertant haqida har tomonlama ma’lumot beradi.
Komissiya raisi dissertatsiyaning mavzusi, dissertantning ismi, familiyasi va boshqa
zaruriy hujjatlarning mavjudligi haqida axborot beradi. SHuningdek, dissertantning
magistrantlik faoliyati, ya’ni o’quv predmetlarini o’zlashtirishi, ilmiy qobiliyati haqida
qisqacha to’xtab o’tiladi.
DAK raisi axborotidan so’ng, magistrantning ilmiy rahbariga so’z beriladi. Ilmiy
rahbar magistrantning ilmiy salohiyati va shaxsiy jihatlariga munosabat bildiradi.
Ma’lum sabablarga ko’ra ilmiy rahbar himoya yig’ilishida qatnasha olmasligi mumkin.
B u holda ilmiy rahbarning yozma xulosasini DAK raisi o’qib eshittiradi.
Ilmiy rahbarning fikri eshitilgach, so’z magistrantga beriladi. Dissertant avvaldan
tayyorlab qo’yilgan matn asosida ma’ruza qiladi. Magistrant, ma’ruza davomida o’zini
yuqori darajada nazariy tayyorgarlikka ega ekanligini ko’rsata olishi kerak, buning
uchun unga 15 daqiqagacha vaqt beriladi. Magistrant ma’ruzada tadqiqot ishi haqida
qisqa, mazmunli axborot bera olishi kerak. U DAK a’zolarining diqqatini ishning asosiy
natijalariga, shaxsan o’zi ishlab chiqqan nazariy va amaliy jihatlarga qaratmog’i lozim.
Dissertantning ma’ruzasi tushunarli va ifodali bo’lishi uchun quyidagi
maslahatlarni berish mumkin:
■ avvalo o’zingizni tanishtiring va tadqiqot mavzusini e’lon qiling;
■ nigohingizni faqat ma’ruza matniga qaratib qo’ymang;
■ matnda keltirilgan dalillaringizni og’zaki tushuntirib berishga harakat qiling;
■ bir maromda va bir ohangda ma’ruza qilmang;
■ har bir yangi fikrlar orasida to’xtalishlar qiling va tinglovchilarning tushunib
olishlariga imkon yarating;
■ og’zaki nutq qoidalariga amal qiling hamda matndan haddan tashqari parchalarni
o’qimang;
■ haddan tashqari tez gapirmang, matnning mazmuniga qarab, turlicha ohangda va
turlicha me’yorda gapiring;
210
■ tinglovchilar tushunadigan oddiy so’zlar va gaplardan foydalaning, nutqingizni
qo’shma gaplar bilan murakkablashtirib yubormang.
SHundan keyin DAK a’zolari va mavzuga aloqador mutaxassislar magistrantga
dissertatsiya bo’yicha turli savollar berishi mumkin. U berilgan savollarga
shoshmasdan, kamtarlik va xushmuomilalik bilan javob berishi lozim. Javob berishdan
oldin savollarni diqqat bilan eshitib, yozib olishi zarur.
So’ngra majlis raisi opponentga so’z beradi. Opponentning nutqi ham talab
darajasida va barchaga tushunarli bo’lishi kerak.
Opponentning ma’ruzasidan keyin dissertantga so’z beriladi. Dissertant opponent
tomonidan bildirilgan fikrlarga o’z munosabatini bildiradi. Opponentning tanqidiy
fikrlariga beriladigan javoblar, magistrant tomonidan avvaldan puxta, dalillar asosida
o’ylab qo’yilgan bo’lishi kerak.
Munozaraning oxirida magistrantning hohishiga ko’ra, unga yakunlovchi so’z
beriladi.
Majlisning oxirida tadqiqot ishi uchun qo’yiladigan baholar ko’pchilik ovoz bilan
qabul qilinadi. Ovozlar soni teng bo’lgan holda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
SHundan keyin magistr ilmiy ishi uchun qo’yiladigan baho e’lon qilinadi va yig’ilish
yakuniga yetadi.
Magistrantlar
dissertatsiyaga
qo’yiladigan
talablarni
qanday
darajada
o’zlashtirganliklarini aniqlash uchun, ularga quyidagi savollar beriladi:
7.
Magistrlik dissertatsiyasi qanday tadqiqot hisoblanadi?
8.
Magistr dissertatsiya mavzusini qanday tanlab olishi kerak?
9.
Dissertatsiyani yozishda magistr qanday ishlashi kerak?
10.
Magistrlik dissertatsiyasini bajarishda ilmiy rahbarning roli qanday?
11.
Dissertant himoya paytidagi ma’ruzasida nimalarga e’tibor berishi zarur?
12.
Kerakli adabiyotlardan foydalanish tartibi va ular adabiyotlar ro’yxatida qanday
keltiriladi?
211
Do'stlaringiz bilan baham: |