O’tilgan mavzu bo’yicha savollar:
«Avesto» kitobida mintaqa xalqlari ma’naviy takomilining qaysi bosqichi o’z aksini topgan?
«Mazdayasna» e’tiqodining mohiyati.
Markaziy Osiyo va O’zbekiston hududidagi ilk shaharlar.
«Avesto»da ilm va imon nisbati.
«Avesto»da tavhid e’tiqodi va asotir tafakkur ta’siri.
Zardusht «goh»larining yetakchi g’oyasi.
«Mazdayasna» e’tiqodining axloqiy tamal toshi.
«Avesto» kitobida tilga olingan o’lkalar.
«Avesto»da ibtidoiy jamoa ma’naviyati unsurlarining aks etishi.
Jamshid (Yima vaxishta) haqidagi asotir va uning mohiyati.
«Avesto»da tabiatga munosabat va hozirgi ekologik muammolar.
Asotir va asotir tafakkur.
«Avesto» matnlari taqdiri.
«Avesto» kitobining hozirgi kunda saqlanib qolgan qismlari.
Avesto»ning jahon ilmida o’rganilishi.
6-Mavzu: Islom tamaddunining O`rta Osiyoda tarqalishi va gullab-yashnashi.
Reja:
1.Movarounnahrda islom uzil-kesil VIII asr boshida qaror topganligi.
2.Islom tamaddunining ravnaq topishiga ajdodlarimizning ko‘shgan munosib hissalari.
3.Bayt ul-hikma, Xorazm Ma`mun akademiyalarini tashkil etilishi.
4.Kalom ilmini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan ajdodlarimiz. mutafakkirlarimizning dunyoviy ilm- fanning rivojidagi o‘rni.
Sunnaning ma’nosi. Roviylar va muhaddislar. Ilk hadis to’plamlari. Hadis ilmining shakllanishi va Imom Buxoriyning jahonshumul xizmati. Hadis ilmining «oltin asri va sahih hadis to’plamlari. Islom axloqi va Rasululloh (s.a.v.) ibratlari. «Siyrat ar-Rasululloh». Islomiy mazhablarning shakllanishi. Adab ilmi va Ahmad Yugnakiy merosi.
Imomi A’zam va Imom Buxoriy. HADIS ilmi (arab. - "xabar", "yangilik"), hadislar - Muhammad (sav)ning aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, ko‘rsatmalari to‘g‘risidagi rivoyatlar. Ikki qismdan iborat bo‘ladi: matn va isnod. H. ikki turga bo‘linadi: 1. Hadisi qudsiy; 2. Hadisi Nabaviy. H.lar e’tiborga olinishi jihatidan yana uch qismga bo‘linadi:
1.Sahih. 2.Hasan. 3.Zaif. Qur’oni karimda barcha hukuqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniklik kiritish va izoxdab uqtirish uchun Muhammad (sav) o‘z H.larini aytardi. Bu H.larni payg‘ambarning safdoshlari yodda saklashga harakat kdlardi. Rasululloh (sav) hayotlik chog‘larida sahobalarning Qur’oni karimga H.larni aralashtirib yuborishlaridan qo‘rqib, H.larni yozishdan qaytarar edilar Rasululloh (sav) vafotlaridan so‘ng H.larni nakd qilish odat tusiga kirdi. Shu munosabat b-n bir guruh musulmonlar Payg‘ambarimiz (sav) Hlariga begona so‘z aralashib qolishidan va H. nakd qiluvchi sahobalar vafot etishlari b-n H. zoe bo‘lishidan qo‘rqib, uni yozma shaklda to‘play boshladilar. Bu odamlar turli yurtlarga tarqalib ketganlar. 7-a. o‘rtalaridan boshlab ularni topib, H. larni ogizlaridan yozib olishga harakat qilingan. Bunda turkistonlik muhadtsislar katta xizmat qilishgan. Islom olamida eng obro‘li hisoblangan H. to‘plamlari quyidagilar hisoblanadi: 1) "al-Jomi’ as sahih" yoki qisqacha, "Sahihi Buxoriy"; 2 "Sahihi Muslim", 3) "Sunani Termiziy"; 4 "Sunani Abu Dovud"; 5) "Sunani Nasoiy"; 6 "Sunani Ibn Moja". Shuningdek, Ibn Hanbal musnadi ham katta shuhrat qozongan (yana q Hadis to‘plamlari).
Islom mintaqa madaniyatining eng yuksak qadriyati tavhid e’tiqodini butun qudrati, mazmuni, amaliy mohiyati va ko’lami bilan anglab yetish mintaqaning ilg`or ziyo egalari uchun necha asrlik yumush bo’ldi. Bu yo’lda mintaqa ma’naviyati kamolot yo’lining bir qator pillapoyalarini bosib o’tdi. Ulardan dastlabki pog`onasini Sunna bosqichi deb atash mumkin.
Payg`ambarimiz hayot vaqtlarida «mening so’zlarimni yozmang, faqat Alloh oyatlarini yozib olinglar», deb buyurgan edilar. Shunday qilindi ham. Albatta, kimlardir o’z tashabbusi bilan u hazratning aytgan gaplari va qilgan ishlari haqida muayyan ma’lumotlarni qayd etib borgan bo’lishi mumkin. Ammo Allohning kitobi but bo’lmay, yagona o’zgarmas matn holiga keltirilmay turib, unga boshqa so’zlar aralashib ketish xavfiga yo’l qo’yib bo’lmas edi. Oldingi ilohiy kitoblar tajribasi ham shuni taqozo etardi. 651 yilda, xalifa Usmon davrida ushbu yumush mukammal bajarildi. Hazrati Abu Bakr paytida Suhuf (alohida sahifalar) shaklida jamlangan Qur’oni karim matni bu paytga kelib Mushaf (alohida muqovalangan qo’lyozma kitob) shakliga keltirilib, undan bir necha nusxa ko’chirib, ko’paytirildi. Payg`ambarimiz Muhammad(sav)ga vahiy kelaboshlagan vaqtdan to ul janobning vafotlarigacha o’tgan 23 yil “saodat asri” deb ulug`lanadi. Sababi o’sha davrda Muhammad(sav)ning da’vatlariga ergashib, islom dinini qabul qilgan sahobalar diniy masalalarda o’zlarida qanday bir savol paydo bo’lsa, Rasululloh(sav)dan so’rardilar, ular javob bera olmay qolgan o’rinlarda Allohdan vahiy nozil bo’lardi.
Muhammad(sav)ning vafotlaridan keyin xulafoyi roshidin davrlarida ham, ayniqsa, hazrati Abu Bakr(r.a.) va hazrati Umar(r.a.)lar o’z aql-farosatlari va sahobalik davridagi tajribalari asosida ummatlar oldida paydo bo’lgan muammolarni hal qilishga urinib keldilar. Ammo Rasululloh(sav)ning sahobalari birin-ketin olamdan o’tib, turli muammolar borgan sari ko’paya boshlagach, endi faqat Qur’oni karim matniga tayanib mavjud voqelikdagi ko’p masalalarni asl islomiy e’tiqodga muvofiq qanday hal qilish kerakligini aniqlash qiyinlashib bordi. Shunday qilib, ilohiy kitob oyatlarini sharhlab, ko’plab hayotiy savollarga aniq javob bera oluvchi yana bir mo’’tabar manbaga ehtiyoj tug`ildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |