Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix o’qitish metodikasi” kafedrasi



Download 1,25 Mb.
bet46/181
Sana28.04.2022
Hajmi1,25 Mb.
#587607
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   181
Bog'liq
UMK O\'ZBEKISTON ENG YANGI TARIXI 2020

1996-yil 19-iyulda ushbu qo'shma korxonaning ishga tushurilishiga bag'ishlangan tantanali yig'ilish bo'ldi. Unda nutq so'zlar ekan, Birinchi Prezident I.Karimov «Asaka shahrida ikki yil ichida bunyod etilgan, 1996-yilning mart oyida «Damas» mashinasi, iyun oyida «Tiko», iyul oyida esa «Neksiya» ishlab chiqargan «O`zDEUavto» istiqlol yillarida bunyod etilgan qudratli korxona bo'lish bilan birga O'zbekistonning eng ilg'or davlatlar qatoriga kirish uchun qo'ygan dadil qadam» ekanligini alohida uqtirdi.
Korxona aytish mumkinki ko'plarni hayratga solib havaslan-tirayotgan «Tiko», «Damas», «Matiz», «Neksiya», «Lasetti»larni xalqimizga yetkazib berishdan tashqari butun mamlakatni eng ilg'or, jahon andozalariga to'la javob beradigan avtomobillar bilan ta'minladi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari yildan yilga o'sib bor-di. 2006-yilga kelib korxona 571580 ta avtomobil ishlab chiqardi, uning 198609 tasi xorijga eksport qilindi.
2008-yilga kelib mamlakatimizda «O`zDEUavto»ga butlovchi qismlar yetkazib beruvchi Andijon mexanika zavodi, Baliqchidagi «A.Navoiy interneshinl» «And Polik» singari o'nlab korxonalarda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Shunday qilib, Asakada «O`zDEUavto» qo'shma korxonasining ishga tushishi O'zbekistonda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni, respublika industriyasining qudrati muttasil ortib borayotganini ko'rsatuvchi muhim dalildir.
Shu bois bir haqiqatni alohida ta'kidlash joiz. Jahon mamlakat­lari tarixi guvohlik berayaptiki, dunyodagi eng kuchli mamlakatlar-gina avtomobil industrasiyasiga ega. Ular asosan, AQSH, g'arbiy Yevropa, Yaponiya, Rossiya va Janubiy Osiyodagi mamlakatlardan iborat 28 tani tashkil etadi.
Avtomobil industriyasi bozoriga kirish va undagi kuchli raqo-batga bardosh berish o'ta mushkul ish bo'layotganligi uchun ham iqtisodiy va moliyaviy baquvvat mamlakatlar ham bu biznesga kira olmayaptilar. O'zbekiston esa kuchli raqobatchilari bo'lgan avtomo­bil bozoriga sobiq SSSR tarkibidagi respublikalar orasida birinchi bo'lib kirib bordi.
Bunday yutuqqa O'zbekiston osonlikcha erishmadi. Unga erishish uchun esa quyidagi masalalarga jiddiy e'tibor berildi:
Birinchidan, O'zbekistonda avtomobil sanoatini barpo etish uchun katta investitsiya, yuqori texnologiya va malakali kadrlar tayyorlash talab qilinar edi.
Ikkinchidan, avtomobil ishlab chiqaruvchilar uchun iqtisodchilar ta'biri bilan aytganda, doimo o'zaro o'rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarish holati mavjud bo'lishi lozim edi. Buning ma'nosi avtomo­billar modelini juda to'liqlari bilan almashtirib turishni, xaridorlar talab-istaklarini o'z vaqtida qondirishni taqozo etadi. Bunda kuch­li injener-konstruktorlik ishini qat'iyat bilan rivojlantirish, ijodiy-texnologik jarayonni doimiy ravishda, uzluksiz takomillashtirib bo-rishning zaruriy choralarini ko'rish talab qilinardi.
Uchinchidan, xomashyo mahsulotlari, ehtiyoj qismlar yetkazib beruvchilarni, ya'ni ta'minlovchilarning avtomobil biznesiga ta'siri katta bo'lganligi uchun ular ishonchini qozonmoq kerak edi.
O'zbekiston avtomobil industriyasi ana shu muhim masalalarni hal etishga qodir ekanligini amalda ko'rsatdi va bunga boshqa mamlakatlardagi hamkorlarini ishontira oldi. U qiyinchiliklarni oqilona yengib, muammolarni cho'chimay hal qilib, biznes bozoriga dadil kirib bordi.
Hozirgi kunda «O`zDEUavto» korxonasida kuniga 290 ta dun-yo andozalariga javob bera oladigan 4 xil modeldagi avtomobillar chiqarilmoqda. Shundan 160 tasi NEXIA modeli bo'lib, u AQSH va Yaponiya talablariga to'la javob beradi. Uni ma'lum takomillashti-rish hisobiga Yevropa standartiga ham to'la javob beradigan darajaga keltirish ishlari olib borilmoqda. Avtomobillar hozir o'z xaridorlarini kutilgandan ham tezroq topmoqda.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish