2005-yilda davlat korxonalarini butunlay, shuningdek, davlat aksiya paketlarini asosan xususiy mulkdorlarga sotish masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Natijada 980 ta obyektdan 902 tasi xususiy mulkka aylantirildi. 2000-2005-yillar davomida jami 4 ming 660 ta korxona va obyekt xususiy mulkdorlarga sotildi.
Masalan, Samarqand choy qadoqlash fabrikasi, «Ohangaron-sement», «Buxoro-gips», «Parkent-suv-qurilish» aksiyadorlik jamiyatlari kabi yirik korxonalar to'lig'icha xususiy mulkdorlarga sotildi.
Xususiylashtirish jarayonining so'nggi yillardagi o'ziga xos ji-hati davlat aktivlari va aksiya paketlarining nolga teng xarid qiymati bo'yicha to'liq hajmda sotilayotganida namoyon bo'lmoqda.
2003-2006-yillar mobaynida 396 ta korxona va obyekt 43,2 milliard so'mlik investitsiya kiritish majburiyati bilan nolga teng xarid qiymatida sotildi. Nizom jamg'armasida davlat ulushi bo'lgan xo'jalik subyektlari soni 2001-yildagiga nisbatan uch barobar qis-qardi.
2007-yilga kelib mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning qariyb 76 foizi, sanoat mahsulotlarining 78 foizdan ortig'i, qishloq xo'jaligi va chakana savdo aylanmasining deyarli barcha mahsulotlari nodavlat sektor ulushiga to'g'ri kelmoqda. Nodavlat sektorda 77 foiz yoki iqtisodiyotda band bo'lgan kishilarning to'rtdan uch qismi mehnat qilmoqda.
Yagona soliq to'lovlarining joriy etilishi munosabati bilan soliq idoralariga taqdim etiladigan soliq hisob-kitoblari bo'yicha hujjatlar soni 10 barobar qisqardi.
Nazorat idoralarining xo'jalik subyektlari va tadbirkorlik obyektlarini tekshirish natijalari bo'yicha qabul qilgan barcha qarorlarini sud idoralari orqali amalga oshirish tartibi o'rnatildi.
Bunday tartib o'z-o'zicha mazkur subyektlarga nisbatan turli sanksiyalarni qo'llashni ham tubdan o'zgartirish, ya'ni uni sud qaro-ri bilan o'rnatishni belgilab beradi.
Shunday qilib, xo'jalik subyektlari faoliyatidagi o'zaro masala va talablarni turli darajadagi davlat boshqaruvi idoralarida ko'rish va hal qilish kabi o'z umrini o'tab bo'lgan amaliyotga butunlay barham berish borasida qat'iy qadamlar qo'yildi. Bugun bunday masalalar, huquqiy demokratik davlatlarda bo'lganidek, istisnosiz ravishda sud orqali hal etiladi.
Islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish masalalari eski zamon illati bo'lgan byurokratik boshqa-ruv tizimini bartaraf etish bilan bevosita bog'liq ekanini isbotlab o'tirishning hojati yo'q. Tan olish kerakki, respublikada amalga oshirilayotgan ma'muriy islohotlar markaz va joylardagi boshqaruv organlari tuzilmalarini takomillashtirishga sezilarli ta'sir qildi, boshqaruv xodimlari va ularning faoliyati bilan bog'liq xarajatlarni ancha qisqartirish imkonini berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |