3. Yangi Konstitutsiya qabul qilinishi.
Har bir suveren davlatning huquqiy asoslaridan biriuning asosiy QonuniKonstitutsiyasi hisoblanadi.
Tarixiy rivojlanish ko'rsatganidek, har qaysi jamiyat kelajakni ko'zlab yashaydi va uning poydevorini imkon qadar mustahkam-roq qurishga harakat qiladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda mustaqillik yillarida davlatimiz, jamiyatimiz erishgan buyuk yutuq-O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo'ldi.
Darhaqiqat, Konstitutsiya tushunchasida davlatni boshqarish, mamlakat yaxlitligini ta'minlash, uning mustaqil davlat sifatida e'tirof etilishining asosi ijtimoiy hayotning barcha yo'nalishlarini rivojlantirish yo’l-yo'riqlari to'la mujassamlangan.
Turkistonda inqilobdan keyingi yillarda jahon tajribalariga muvofiq tarzda Konstitutsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, Turkiston ASSRning 1918, 1920-yillarda, Xorazm va Buxoro Xalq Respubli-kalarining 1920-1921-yil, shuningdek, O'zbekiston SSRning 1927, 1937, 1978-yillarda qabul qilingan Konstitutsiyalari shaklan respublikaning Asosiy qonunlari edi. Lekin ular mazmun-mohiyatiga ko'ra haqiqiy mustaqil davlatning Asosiy Qonuni emas edi. To'g'rirog'i ular avval RSFSR, keyinchalik SSSR Konstitutsiyalarining milliy respublikalar sharoitiga muvofiqlashtirib ko'chirilgan, hayotiy kuchga ega bo'lmagan nusxasi edi. Shu nuqtayi nazardan ko'rsatib o'tilgan Asosiy Qonunlarni O'zbekiston davlati mustaqilligini huquqiy asoslovchi Konstitutsiya deb qarab bo'lmasdi.
O'zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g'oyasi 1990-yil 20-iyunda «Mustaqillik deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi bilan bevosita bog'liq. Mazkur Deklaratsiya qabul qilingan Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida bu hujjatdagi muhim tamoyillar asosida davlatning yangi Konstitutsiyasi ishlab chiqilishi lozim, degan xu-losaga kelindi. Sessiya Birinchi Prezident I.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya komissiyasini tuzish to'g'risida qaror qabul qildi. Uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarning vakillari, davlat hamda jamoat tashkilotlarining, kor-xonalar, xo'jaliklarning rahbarlari, taniqli huquqshunoslar, olimlar va mutaxassislar kirdi. Oliy Kengashning o'ninchi sessiyasida Ko-missiya tarkibi qisman yangilandi.
Konstitutsiyaviy komissiya Raisi ishchi guruh oldiga quyidagi vazifalarni qo'ydi:
- konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o'rganib chiqilsin;
boshqa mamlakatlarning inson huquqlari borasida, demokratiya va qonunchilik sohasida qo'lga kiritgan yutuqlari hisobga olinsin;
keng xalq ommasi diliga yaqin va tushunarli bo'lgan siyosiy-yuridik hujjatlar yaratilsin.
Mazkur topshiriqqa muvofiq, AQSH, Fransiya, Kanada, Germaniya, Shvetsiya, Yaponiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, Turkiya, Eron, Hindiston, Pokiston, Misr, Vengriya, Bolgariya, Litva davlatlarining konstitutsiyalari chuqur o'rganildi, qiyosiy tahlil etildi. Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga kiruvchi Rossiya Federatsiyasi, Belorus, Ukraina, Qozog'iston, Qirg'iziston va Turk-maniston respublikalarining Asosiy qonunlari hamda konstitutsiya loyihalari diqqat bilan ko'rib chiqildi.
Yuqorida keltirilgan manbalarni tahlil etish asosida xorijiy davlatlar konstitutsiyalari mazmuni va tuzilishini tavsiflovchi kattagina hajmli qiyosiy jadval tayyorlandi. Ushbu tahliliy jadvalni jahon konstitutsiyashunosligi tajribasi namunalari umumlashmasi sifatida Respublikamiz Prezidenti o'rganib chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |