Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix o’qitish metodikasi” kafedrasi



Download 1,25 Mb.
bet83/181
Sana28.04.2022
Hajmi1,25 Mb.
#587607
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   181
Bog'liq
UMK O\'ZBEKISTON ENG YANGI TARIXI 2020

1991-1996-yillarda fan sohasida ham sezilarli o'zgarishlar bo'ldi. 1992-yilda O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiya-sining Qoraqalpoq filialiga Qoraqalpoq bo'limi maqomi berildi. Uning tarkibida ilgari 3 ta institut mavjud bo'lgan bo'lsa, yana ik-kita institut qo'shildi. Tarix, arxeologiya va etnografiya hamda bio-ekologiya institutlari ham shu bo'lim tarkibiga kirdi. Botanika bog'i bo'linmasiga esa bo'lim maqomi berildi. 1994-yilda esa Fanlar Aka-demiyasi tarkibiga O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligiga qarashli tajriba instituti va tibbiyot klinikasi ham kiritildi.
Fanlar Akademiyasida tashkil etilgan bunday tadbirlar olimlar-ga tabiiy va ijtimoiy fanlarni yanada rivojlantirish, xalq xo'jaligi va madaniyatni yuksaltirishda muayyan muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritishga yordam berdi. Qoraqalpoq fanida erishilgan yutuqlar hamda to'rt jildlik «Qoraqalpoq tilining izohli lug'ati»ni yaratishdagi xiz-matlari uchun fanlar akademiyasi bo'limining 4 nafar ilmiy xodimla-ri (M.Qalandarov, R.Yesemuratova, A.To'raboyev, D.Qozoqboyev) 1996-yilda O'zbekiston Respublikasining Beruniy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.
1992-yilda O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi fanlari akademiyasining Qoraqalpoq bo'limi tashkil etildi. Uning tarkibiga Sh.Musayev nomidagi Chimboy yer ishlari instituti hamda sholichilik va chorvachilik institutlarining filiallari kiritildi.
Nukusda SANIIRIning bo'limi faoliyat ko'rsatmoqda. Respublika oliy o'quv yurtlarida ham ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Keyingi yillarda Toshkent olimlari ko'magida katta miqdordagi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlandi. Respublikada­gi 60 nafar fan doktorlari va 600 nafar fan nomzodlaridan deyarli 30 foizi O'zbekiston Mustaqilligi yillarida ilmiy daraja oldilar. Ilgari fanlar akademiyasi haqiqiy a'zoligiga saylangan Ch.A. Abdi-rov, S.K. Kamolov, A.B. Baxiyevlar qatoriga 1994-2000-yillarda T. Yeshanov, A. Dauletov, U.Hamidov va J. Bozorboyev ham qabul qilindilar. 1997-yilda esa ikki nafar rassom (J. Izentayev va J. Qutti-muratov) O'zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasining akade-mikligiga saylandilar.
Respublikada yuqori malakali kadrlar o'sishida ayniqsa, ijtimoiy fanlar sohasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komis-siyasi tomonidan tarix va arxeologiya, etnografiya, til va adabiyot bo'yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarining himoya qi-luvchi ixtisoslashgan Kengashlarning tashkil etilayotganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Respublika olimlari keyingi yillarda chet el mutaxassislari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Respublika Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoq bo'limi bioekologiya instituti xodimlari Germaniya olimlari bilan birgalikda 1993-yildan beri Orolbo'yi ekologiyasi muammolari bo'yicha tadqiqotlar olib borishmoqda. Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti Avstraliyaning Sidney uni­versiteti olimlari hamda fransuz arxeologlari bilan birgalikda ish olib bormoqdalar. 1995-yilda Mo'ynoqda Germaniya Federativ Respublikasi yordamida bioekologiya institutining xalqaro ekologiya stan-siyasi ochildi.
Mustaqil O'zbekiston va Qoraqalpog'istonning dolzarb masa-lalari respublika shoir va yozuvchilari ijodida katta o'rin egallay-di. O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq yozuvchisi To'lepbergan Qa-ipbergenovlar qatoriga yangi nomlar kelib qo'shildi. Saginbay Ibro-himov, Kenesboy Rahmonov kabi shoirlar, Guloysha Yesemuratova, O'zarboy Abdurahmonov, Muratboy Nizanovlar ana shular jumlasidandir.
Xalq ta'limi, fan, madaniyat ravnaqini ta'minlash Qoraqalpog'iston Respublikasi va uning xalqi uchun muhim vazifalardan hisoblanadi. 2007-yildagi ma'lumotlarga ko'ra, o'lkada 761 ta umumta'lim maktablari faoliyat ko'rsatmoqda. Eng zamonaviy o'quv qurollari bilan jihozlangan 76 ta kasb-hunar kollejlari, 7 ta akademik litsey yosh avlodga zamonaviy bilim berish bilan shug'ullanmoqda.
San'at va madaniyatning boshqa sohalari rivojiga katta e'tibor bilan qaralmoqda. Ayni paytda Respublikada 3 ta teatr, 4 ta konsert muassasalari, 3 ta muzey faoliyat ko'rsatmoqda. Muzeylar eksponatlari yangidan yangi asarlar va jihozlar bilan boyib bormoqda.
Ular soni 2002-yilda 78 ming’ia bo'lgan bo'lsa, 2006-yilga kelib 82 ming 600 tadan oshdi. Badiiy adabiyot milliy madaniyatining muhim bo'g'ini sifatida rivojlanmoqda.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish