Etnik psixologiya - sotsial psixologiya bo‘limlardan bo‘lib, turli milliy, xalq va etnik guruhga xos tipik psixik xususiyatlarni o‘rganadi. O‘z tekshirishlarida muayyan tadqiqot ob’ektining moddiy va ma’naviy madaniyati, ijtimoiy haYoti, an’analari, urf-odati, til xususiyati, diniy qarashlari, shuningdek o‘ziga xos tasavvuri, kayfiyati, ish-harakatlari tizimi va boshqalarga asoslanadi. Dastlab etnografiya va antropologiya fanlari asosida vujudga kelgach, keyinchalik ijimoiy psixologiya va etnografiya zaminida maxsus fan sifatida to‘laqonli shakllanadi.
Etnik tarix-ma’lum bir xalqnnig ilk ajdodlaridan boshlanib, elat shakllanishi, uning taraqqiYot etish bosqichlarini va elatning emirilishi davrini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |