Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


An’anaviy kiyim-kechaklar



Download 0,92 Mb.
bet39/148
Sana01.01.2022
Hajmi0,92 Mb.
#285478
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   148
Bog'liq
2 5350734501477617770

An’anaviy kiyim-kechaklar.

  • Kiyim-kechaklar. O’zbeklarning an’anaviy kiyim-boshlari ichida erkaklarning milliy liboslari alohida ajralib turgan. Kiyimlari to’n, ko’ylak, yaktak, ishton va boshqalar misol bo’ladi.

  • XIX asr oxiri- XX asr boshlarida mamlakatnign turli mintaqalarida kalta, tik yoqali “no’g’oy yoqa ko’ylak”, “bo’g’ma yoqa” ko’ylaklar kiyish ommalashgan bo’lib, bu ko’ylakni dastlabshahar aholisi, ayniqsa, savdo ahli kiygan.

  • Chopon (to’n), jomakor, kamzul, jelak, chakmon, erkaklarning mavsumiy kiyimlari qatoriga kirgan.

Qiz bolalar uzoq yillar davomida qalpoq kiyib yurishgan( do’ppini ayrim joylarda qalpoq deyishgan).

Ko’p joylarda xususan, qishloqlarda bosh kiyimi Yoshiga qarab har xil bo’lgan. Qiz bolalar popuk to’ppi(do’ppi) kiyishgan. Turmushga chiqqan kelin birinchi farzand tug’ilganiga qadar to’ppi ustidan durra o’raydi(Samarqandda va QashqadarYoda peshonaband deyiladi).

AYollar Yoshlariga qarab mavsumiy tazrda o’ralgan ro’mollar-dudok ro’mol, shol ro’mol, jun ro’mol, to’r ro’mol, ipak ro’mol, doka ro’mol, g’ijim ro’mol, kalayaki ro’mol, besh gulli ro’mol, balxi ro’mol va boshqa nomlar bilan atalgan.

Boshga kiyiladigan kiyimlar odatda 2 guruhga bo’lingan: boshga kiyiladigan kiyimlar qalpoq, do’ppi (taqya, kalapo’sh), quloqchin, bo’yrak, telpak va boshga o’raladigan Yoki o’raladigan ro’mol, peshonaband lochak, durra, durracha, lokki, Yog’lik, Yovlik va h.k.

Taqinchoqlar shaklan turli-tuman ko’rinishda ishlangan: kungurador doira, astvona(silindr), yassi tuxumsimon, romb, suyri, uchburchak, dumaloq, uchli va h.k.

Taqinchoqlar bosh (tillaqosh, tillabargak, gajak, bodomoy, bibishak, qo’shduo va h.k.), bo’yin ko’krak ( turli marjon va marvaridlar, zebigardon, nozigardon, jevak, talgajevak, bo’yintumor va b.), soch (sochpopuk, tuf), quloq-burun (buloqi, isirg’a va b.), qo’llar (uzuk bilakuzuklar)ga taqilgan.

O’zbek xalqining kelib chiqishiga doir bir qancha qarashlar mavjud: Vatanimiz boy tarixga ega va bu hozirda barcha Yoshlarga kundek ravshan. Ming afsuski, SSSR davlati tuzilib, ularga har bir xalq tarixi Yozilsin deyilganda rus tadqiqotchi “olim”lari o’zbek xalqi bo’lmaganligini, bizning hududimizda davlatchilik asoslari 1924-yildan boshlanganini isbotlab berdi. Mana shu mudhish xatoni tuzatish maqsadida Islom A. Karimov tarixchi olimlar bilan suhbat – uchrashuv uyishtirdi va maqsad vazifalarini belgilab, o’zbek davlatchiligi va uning kelib chiqishi haqida aniq bir xulosaga kelib, Yoshlarga vatanimiz tarixi naqadar ulkan me’rosga ega ekanligini tushuntirib berishni ta’kidlab o’tdi.

“Tarixini unutgan xalq, jamiyat o’z yo’lini yo’qotadi. bunday xalq va jamiyatning kelajagi yo’q. Hayotni bilish,biz qaysi asrda yashayotganimizni anglash – bu hammamizning burchimizdir. ya’ni, hayotdan oyog’i uzilgan, real voqelikdan uzoqlashgan odam hech qachon o’z maqsadlariga yetisha olmaydi. yerda yashaydigan odamning hayoti shu zamin, mana shu tuproq bilan bog’liq bo’lishi kerak, u shu tuproqni ko’ziga surib, uning ertangi kunini yanada obod qilib yashashi zarur“. “O’zlikni anglash degani – bu o’z tariximizni, ming ming yillik an’analarimizni bilish degani. Agarki har qaysi odam kechagi kunini yaxshi biladigan bo’lsa, hech qachon avvalgi xatosini takrorlamaydi“.

Tarix fanining otasi Gerodot Qadimgi Baqtriyani Bobil va Misr mamlakatlari bilan tenglashtiradi. Bu esa o’zbek xalqi eng qadimgi davrda jahon svilizatsiyasiga katta hissa qo’shganligini anglatadi.

«Shohnoma» garchi afsona va rivoyatlar asosida bitilgan bo’lsada Eron va Turon xalqlari uchun mushtarak badiiy meros hisoblanadi. Unda ana shu ikki ko'hna zamin xalqi tarixiga oid voqea-hodisalar qalamga olingan.

Asarda shohlar hayotini yoritish bir bahona, xolos. Aslida, unda xalq hayoti, tarixi, ziynati (mentaliteti), orzu-maqsadlari, armon va o'kinchlari aks etgan. Bu asar Eron va Turon o’lkasidagi xalqlarning islomdan oldingi hayotini, etnik tarkibini va madaniy aloqalarini batafsil hikoya qiladi.

“Shajarayi turk”da asarda turk-mo’g’ul qabilalari, xususan, nomlarning ma’nosi haqidagi ma’lumotlar, o’zbeklar, sartlar hamda turkman qabilalari (Yovmut, sariq, qizil ayoq, ersari) haqida ham ma’lumot berilgan.

Asar qisqa muqaddima va 9 bobdan iborat.


  • Odam Atodan to turklarning qadimgi xonlaridan Mo’g’ulxongacha kechgan hodisalar zikri

  • Mo’g’ulxondan – Chingizxongacha bo’lgan tarix

  • Chingizxonning tug’ilganidan to vafotigacha bo’lgan tarix

  • Chingizxonning 3-o’g’li O’gaday qoon(O’qtoy 1227-1241) va avlodlari, Chingizxonning boshqa o’g’illari naslidin bo’lgan va Mo’g’ulistonda podsholik qilganlar zikridin

  • Chingizxonning 2-o’g’li Chig’atoyxon avlodidin Movarounnahr va Qoshg’arda hukmronlik qilgan davr zikri

  • Chingizxonning kenja o’g’li Tuluyxon avlodidin Eronda podsholik qilganlar (ular tarixda elxoniylar deb deb ataladi; 1256-1336y. hukmronlik qilgan) zikri

  • Chingizxonning ulug’ o’g’li Jo’jixon avlodidin Dashti Qipchoqda hukmronlik qilganlar zikri

  • Jo’jixonning 5-o’g’lin shaybon avlodidan Movarounnahr, Turon, Qrim, Qozoqda hukmronlik qilgan davr. Jo’jixonning 13-o’g’li To’qay Temurxon naslidin Qrim, Qozoq va Movarounnahrda podsholik qilganlar zikri

  • shaybon avlodidin Xorazm mamlakatida hukmronlik qilganlar zikri.

Mustaqillik tufayli Vatanimiz davlatchilik tarixini anglash, tadqiq etish, o‘rganish sari katta yo‘l ochildi. Bunda yurtboshimizning shaxsan o‘zi tomonidan o‘zbek davlatchiligi konsepsiyasini yaratish va shu asosda davlatchiligimizning chin tarixini bunyod etish vazifasi qo‘yildi. Ana shu vazifani bajarish borasida tarixchilar, huquqshunoslar, siyosatshunoslar milliy g‘oya, mustaqillik mafkurasi ruhida yozilgan bir qator tadqiqot ishlarini nashr qildilar.

Bu o’rinda Azamat Ziyoning monografik tadqiqotini ko‘rsatish mumkin. Asarda mavzuning o‘rganilganlik darajasi, manbaviy asosi umumlashtirilib berilgan. Kitob besh bobdan iborat bo‘lib, unda O‘rta Osiyodagi ilk davlatchilik, o‘rta asrlardagi o‘zbek davlatchiligi, jumladan, Amir Temur va Temuriylar davlati, shayboniylar, Ashtarxoniylar davlatlari, o‘zbek xonliklari tarixi umumlashtirilgan.

Muallifar jamoasi (A.Sagdullayev, B.Aminov, O‘.Mavlonov, N.Norqulov)ning «O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiYoti. I qism » kitobida O‘zbekiston hududida davlatchilikning kelib chiqishi va uning rivojlanish bosqichlari, qadimgi va o‘rta asrlardagi o‘zbek davlatchiligi tizimidagi siYosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy haYot va uning o‘ziga xos xususiyatlari keng va katta hajmdagi arxeologik, etnologik, antropologik va Yozma manbalar asosida yoritilgan.

Bundan tashqari O‘rta Osiyodagi ilk davlatchilik bosqichlarini o’rganishda Halimboy Boboyevning «O‘zbek davlatchiligi tarixi» kitobi, Eshovning «O‘zbekiston davlatchiligi tarixi» , Abu Rayhon Beruniyning “Osorul-boqia”(“Qadimgi xalqlardan qolgan Yodgorliklar”) asari va zardushtiylarning muqaddas kitobi “Avesto” muhim manbaa bo’lib xizmat qiladi.

Ko’rinib turibdiki, muhtaram Prezidentimiz Islom Karimovning tarixchi olimlar va unib-o’sib kelaYotgan Yoshlarga qilgan murojaati o’z samarasini bermay qolmadi. Har tomonlama fikrlab ko’rgan muhtaram Prezidentimiz tarixning siYosat darajasida ekanligini biz Yoshlarga o’zining “Tarixiy xotirasiz kelajak Yo’q” asarida (suhbatida) Yoritib berdi.

Bu boradagi izlanishlarga o’zbek tarixchi olimi Karim shoniYozov ham salmoqli hissa qo’shgan. U o’zining “O’zbek xalqining shakllanishi” deb nomlangan kitobida, manbalar asosida o’zbek xalqining kelib chiqishi va uning muayyan xalq bo’lib rivojlanishi Yo’lidagi bosqichlarini to’la va haqqoniy Yondoshgan holda talqin etadi

Yana bir olim Ahmadali Asqarov ham “O’zbek xalqining etnogenezi” deb ataluvchi kitobida bu boradagi fikrlarini o’rganadi.

Karim shoniYozov “O’zbek xalqining shakllanishi” nomli asarni Yozishdan oldin 40 yildan ko’proq izlanishlar va tadqiqotlar asosida o’zbek xalqining kelib chiqish tarixini o’rgangan va ungacha ham ko’plab maqolalar bilan bu mavzuni Yoritishga harakat qilgan. 200 dan ortiq maqolalar chop etgan.

Mazkur etnografik kitobning boshqalaridan farqi kitobda ortiqcha jumlalarning Yo’qligi va O’rta Osiyo va Qozog’iston mintaqasida Yozilgan ilk jiddiy tadqiqot hisoblanadi.

Muallif ko’dan ko’p manbalar asosida xolisona tarzda o’zbek xalqining shakllanishini gavdalantirishga uringan.

Mazkur kitobda o’zbek xalqining kelib chiqishini xunlardan va Yoki VI-VII asrlarda kelib o’rnashgan turkiy qabilalardan boshlash noto’g’ri bo’lishi agar shunday bo’lgan taqdirda o’zbek xalqi mahalliy etnoslardan emas kelgindi qabilalar asosida shakllangan deb qaraladi.

O’zbeklarning alohida etnos bo’lib shakllanishida so’g’diylar, baqtriyaliklar, sak-massaget qabilalarining o’troqlashib qolgan aholisi va qadimda yurtimiz hududida yashagan turkiy qabilalarning ular bilan qo’shilib ketishidan hosil bo’lgan etnoslar va Qang’ davlati (mil.avv III-mil IIIasrlar) ham muhim ahamiyat kasb etgan.¹

Yurtimiz hududiga IV-V asrlarda kelgan ko’chmanchi qabilalar(xioniylar, kidariylar, eftaliylar) ham o’zbek xalqi shakllanishiga ta’sir o’tkazgan.

Xulosa qilib aytganda Karim shoniYozov X-XI asrlarda alohida elat bo’lib shakllangan o’zbeklarning o’zagini turkiy etnoslarning fors-tojik tilli aholi bilan qo’shilishi va qorishib ketishi natijasida hosil bo’lgan deb qaraydi va buni isbotlab berishga harakat qiladi.

O’zbek xalqining keyingi rivojlanishi A.Temur- temuriylar davlati, shayboniylar va o’zbek xonliklari davrida ham davom etdi. Ayniqsa, shayboniylar davrida kelgan ko’chmanchi qabilalarning o’zlarini o’zbek deb atashi katta ahamiyat kasb etdi.

Ahmadali Asqarovning “O’zbek xalqi etnogenezi” nomli asari haqida. Bu o’quv qo’llanma o’zbek xalqining kelib chiqishi, uning uzoq etnogenezi va etnik tarixi haqida;

Kitobda o’zbeklarning urug’-qabila holatidan asta-sekin elat - xalq bo’lib shakllanib borishi, shakllangan xalq darajasidan millat bo’lib o’sib chiqishi boy moddiy madaniyat va Yozma manbaalarning tarixiy tahlili asosida baYon etilgan;

Qo’llanmada o’zbek xalqining eng qadimgi davrdan hozirgacha bo’lgan etnik tarixi Yoritilgan.

Asardagi tanqidiy fikrlr:


  1. “Panturkizm”, “panironizm”, “panislomizm” atamasining haqiqatga to’g’ri kelmasligi, bu kabi fikrlarni noto’g’ri ekanligini madaniy Yozma manbaalar asosida talqin etadi.

  2. O’zbek xalqining kelib chiqishida noto’g’ri fikrlarni ilgari suraYotgan olimlar “avtoxtonizm” nazariyasiga amal qilmaganligini qattiq tanqid ostiga oladi.

  3. A.Asqarov o’zbek xalqi boshlang’ich nuqtasini Yakubovskiy, Tolstov va Karim shoniYozovlardan farqli ravishda bronza davriga qadar qadimiylashtiradi va xitoy, yunon tarixchilari asarlari , moddiy manbaalar asosida qarashlarini tasdiqlaydi.

Asardagi xulosa fa fikrlar:

1. Qo’llanmada o’zbek xalqi, hozirda mustaqil davlat sifatida egallab turgan tarixiy ona zamin hamda uning tevarak-atrof hududlari bilan juda qadim zamonlardan bevosita bog’liq tubjoy xalq ekanligi, uning etnik tarkibining asosini yerli sug’diy va turkiy ajdodlarimiz tashkil etganligi, ana shu ikki yirik, ikki tillik etnik qatlamlarning uzoq asrlar davomida bir-birlari bilan aralashib-qorishishi natijasida o’troq turkiygo’y o’zbek xalqi tarkib topganligito’g’risida ilmiy xolislik va obyektiv tarixiy tahlillar asosida batafsil ma’lumot berish ko’zda tutiladi.



  1. Oriylar muammosiga ham to’xtalib o’tadi.

“O’zbek” atamasining kelib chiqishi haqidagi qarashlar va muammolar:

  • Hammamizga ma’lumki “o’zbek” atamasining kelib chiqishi borasidagi fikrlar haligacha aniq isbotini topmay kelyapti.

  • shayboniyxon boshchiligida Dashti Qipchoqdagi o'zlariga "o'zbek" degan nomni qabul qilgan qabilalar ikki darYo oralig'idagi yerlarga ko'chib kelgach, Movarounnahrning qadimiy xalqi ham "o'zbek" atamasini qabul qildi. Hozircha shu ma’lumot aniq asosga ega.

Bu borada 4 xil qarash mavjud:

  • Dashti Qipchoqda ko'chib yurgan turk-mo'g'il qabilalarining bir qismi o'zlarini erkin tutganliklari sababli "o'zbek", ya'ni "o'z-o'ziga bek, xo'jayin" deb atagan

  • "o'zbek" etnonimi Oltin O'rda xoni O'zbekxon (XIV asr) nomi bilan bog’liq

  • Oq O'rda (Dashti Qipchoqning sharqiy qismi)da yashagan turk-mo’g’il qabilalariga "o'zbeklar" degan nom berilgan

  • "O'zbek" atamasi o'g'iz qabilalari tarkibidagi "o'z" urug'i nomidan olingan.


Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish