TALABALARNI BAHOLASH TARTIBI Baholash tartibi o’z ichiga nazoratlar turini (oraliq, joriy va yakuniy) qamrab oladi. Таlabaning o’zlashtirish darajasi quyidagi yo’l bilan baholanadi:
Darajasi
Ballar (foiz)
Reyting
A+
95 – 100 ball
4.0
A’LO
А
90 – 94 ball
B+
85 – 89 ball
3.5
JUDA YAXSHI
B
80 – 84 ball
3.0
C+
75 – 79 ball
2.5
YAXSHI
C
70 – 74 ball
2.0
D+
65 – 69 ball
1.5
SHARTLI O’TDI
D
60 – 64 ball
1.0
F
59 ball va undan past
0.0
O’TMADI
Ballar taqimoti:
Oraliq nazorat - 20 ball.
Joriy nazorat - 30 ball.
Yakuniy nazorat - 50 ball.
Jami: 100 ball
Nazorat turi
Nazorat shakllari
Har bir nazorat uchun belgilangan maksimal
ball
Nazoratlar soni
Nazorat shakllari bo’yicha belgilangan
maksimal
ball
Joriy
nazorat
1.Og’zaki so’rov
1
2
14
10
2.Mustaqil ish
4
5
20
Oraliq
nazorat
1 Og‘zaki
20
1
20
Yakuniy
1 Yozma
50
1
50
Jami: 100 ball
TALABALARNING O’ZLASHTIRISHINI BAHOLASH MEZONLARI. “A+”, “A”, “B+” baho: talaba materiallarni mustaqil ravishda tez o’zlashtiradi: xatolarga yo’l qo’ymaydi; mashg’ulotlarda faol ishtirok etadi; savollarga to’liq va aniq javob beradi.
“B”, “C+”, “C” baho: talaba materiallarni yaxshi o’zlashtirgan, uni mantiqiy ifoda eta oladi; mashg’ulotlarda faol ishtirok etadi; savollarga to’liq va aniq javob beradi, biroq uncha jiddiy bo’lmagan xatolarga yo’l qo’yadi.
“D+”, “D” baho:asosiy materiallarni biladi, biroq aniq ifoda etishga qiynaladi; savollarga javob berishda aniqlik va to’liqlik yetishmaydi; materiqllarni taqdim etishda ayrim xatoliklarga yo’l qo’yadi; kommunikatsiya jarayonida qiyinchilik sezadi.
“F” (o’tmadi)baho:materiallarni o’zlashtirmagan; savollarga javob bera olmaydi; mashg’ulotlarda ishtirok etmaydi.
Talabalarni baholashda quyidagilar hisobga olinadi:
- mashg’ulotlardagi ishtiroki (davomat);
- mashg’ulotlardagi faollik va ijodkorlik;
- asosiy va qo’shimcha o’quv materiallarini o’zlashtirish;
- mustaqil ta’lim bo’yicha topshiriqlarni o’z vaqtida bajarish;
- nazoratning barcha turlarinii o’z vaqtida bajarish.
AKADEMIK VA ETIK TALABLAR
Nazorat topshiriqlarini bajarishda ko’chirmakashlikka (plagiat) yo’l qo’yilmaydi.
Test, o’quv loyihalari, mustaqil ishlar, oraliq, joriy, yakuniy nazorat topshiriqlarini boshqa shaxslardan ko’chirib olinishiga yo’l qo’yilmaydi, boshqa talabaning o’rniga imtihon topshirish ta’qiqlanadi.
Kurs bo’yicha har qanday nazorat topshirig’ini soxtalashtirgan talaba “fanni o’zlashtirmagan” (“F”) hisoblanadi.
Mashg’ulotlar paytida mobil aloqa va boshqa elektron qurilmalardan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi.
Mashg’ulotlar paytida auditoriyada (virtual auditoriyada) belgilangan talablarga zid harakatlar qilish mumkin emas.
Boshqalar va turli fikrlarga tolerant munosabatda bo’lish talab etiladi.
Kontakt soatlari*: mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish, ularni taqdim etish, zarur ma’lumotlar va turli materiallar bo’yicha savollarga quyidagi grafik asosida o’qituvchiga murijaat qilishingiz mumkin:
№
Kun
Vaqt
Xona
1.
Chorshanba, payshanba
9.00.dan 12 00 gacha
207
* Eslatma: Mazkurblokharbiro’qituvchitomonidano’ziningindividual-shaxsiyishchidasturidaimkoniyatdankelibchiqibto’ldiriladi. TARQATMA MATERIALLAR I. Aholining etnik tarkibi, joylanishi, avlod-ajdodlar shajarasi, xo‘jalik faoliyati va ijtimoiy munosabatlar haqidagi qisqacha namunaviy so‘rovnoma. Qaysi millat vakilisiz?
Qaysi urug‘dansiz? (to‘p, elat, el va h.k...)
Urug‘-qabilangiz vakillari yana qaerlarda va qanday joylarda (tog‘li, tog‘ oldi va cho‘l zonalari) joylashganlar.
Siz yashaYotgan qishloqda bir urug‘ vakillari yashaganmi Yoki boshqa urug‘ vakillari ham bo‘lganmi?
Agar boshqa urug‘ vakillari ham yashagan bo‘lsa, ular bilan nikoh, qo‘shnichilik munosabatlari qanday bo‘lgan?
Qishlog‘ingiz (urug‘ingiz) ahli asosan qaysi qishloq (urug‘) ahli bilan ko‘proq nikoh munosabatlarida bo‘lgan?
Qishlog‘ingizda qon-qarindoshlik munosabatlari qanday bo‘lgan?
Siz shajarangiz haqida qanday ma’lumotga egasiz?
Ajdodlaringizni bu erga kelib qolishi haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz?
Qishloq-jamoa ahli va urug‘-qabilangiz o‘tmishda qanday xo‘jalik turlari bilan shug‘ullangan?
Dehqonchilik va suv xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlari qanday bo‘lgan?
Dehqonchilikda sug‘orma dehqonchilik birinchi o‘rinda turganmi Yoki lalmikorlik?
Xo‘jalikda dehqonchilik, Chorvachilik, hunarmandchilik qanday ahamiyat kasb etgan?
Qanday sug‘orish tarmoqlari bo‘lgan?
Sug‘orishda qanday usullardan foydalanilgan?
Dehqonchilikka oid qanday urf-odat va marosimlar bor?
Chorvachilikka oid turli marosimlar qanday o‘tkazilgan?
Chorvachilikni qaysi tarmog‘i yetakchi o‘rinda turadi?
Chorvachilik va hunarmandchilikda sulolachilik an’analari saqlanib qolganmi?
O‘tmishdagi uy-joy qurilishi bilan hozirgi qishloq sharoitidagi uy-joylar qurilishidagi tafovutlar haqida so‘zlab bering?
Hunarmandchilikning qanday turlari bo‘lgan?
YAqin o‘tmishdagi maishiy xizmat inshootlari - tegirmon, juvoz, turli to‘qimachilik dastgohlari saqlanib qolganmi?
Madrasa, masjid va turli maishiy xizmat inshootlari qurilishida urug‘ Yoki qishloq jamoalari ishtiroki qanday bo‘lgan?
YAqin o‘tmishdagi mahallachilik an’analari hozirgi vaqtda qanday davom etmoqda?
Oilada (mahallachilik) mahallaning Yoki jamoaning roli qanday bo‘lgan?
Jamoadagi, mahalladagi nikoh, sunnat to‘yi va turli urf-odatlar bilan bog‘liq marosimlar qanday bo‘lgan?