Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Evolyusionizmning asosiy g‘oyalari



Download 0,92 Mb.
bet13/148
Sana01.01.2022
Hajmi0,92 Mb.
#285478
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   148
Bog'liq
2 5350734501477617770

Evolyusionizmning asosiy g‘oyalari


  • Klassik evolyusionistik nazariya tarafdorlari avvalo insoniyat madaniyatining taraqqiYoti bilan bog‘liq universal manbalar va universal qonuniyatlarni yaratishga harakat qilganlar.

  • Evolyusionizm tarafdorlari zamonaviy jamiyatda yashashlariga qaramay o‘z Yozuvlariga ega bo‘lmagan xalqlarni qadimiyat qoldig‘i tarzida talqin kilishgan. Ularning madaniyatlarini o‘rganish «ibtidoiy jamoa» madaniyatini yaxlit tarzda rekonstruksiya qilish imkonini beradi deb hisoblaydilar.

  •  Tabiatda umumiy insonlar jamoasi mavjud. shu bois barcha odamlar taxminan bir xil aqliy qobiliyatga ega. Ko‘pincha insonlar o‘xshash vaziyatlarda taxminan bir-biriga yaqin qarorlar qabul qiladilar. Bu vaziyat dunyoning barcha qismlarida insoniyat madaniyatining rivojlanishi umumiyligi va bir xil ekanligini aniqlaydi. Bu o‘rinda turli madaniyatlar o‘rtasidagi aloqalarning mavjudligi Yoki mavjud emasligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi.

  • Kishilik jamiyatida uzluksiz taraqqiYotning o‘rni bor, ya’ni soddalikdan murakkablikka o‘tish kabi madaniyatda ham huddi jamiyat singari asta-sekin o‘zgarishlar, miqdoriy o‘sish Yoki kamayish Yo‘lida pastdan yuqoriga karab doimo uzluksiz rivojlanib boradi.

  • Madaniyatning har qanday ko‘rinishi ilk davridan ma’lumdir: Uning keyingi shakllari qayta paydo bo‘ladi va oldingi ko‘rinishlar asosida shakllanadi. Bunda madaniyat rivojlanishi ko‘p pog‘onali va dunyodagi barcha xalqlar uchun yagona bo‘lgan bosqichlar asosida bo‘ladi. Insoniyat madaniyatining har tomonlama qonunlari bilan birga turli xalqlar va ularning madaniyatlarining bir xil rivojlanish, bosqichi bir xil natijasi bo‘ladi.

  • Xalqlarning madaniy farqi ularning rivojlanish darajasi bilan bevosita bog‘liqdir.

Evolyusionizmning yuqoridagi asosiy tamoyillarini etnolog-sharhlovchilar muhim g‘oyaviy va amaliy xulosalarga aylantirganlar: agar hamma xalqlar bir xil taraqqiYot Yo‘lidan borsa, uning yuqori nuqtasida Evropa madaniyati hamda sivilizatsiyasi turgan. shu bois sayYoramizdagi barcha xalqlar va elatlar oxir oqibatda evropa madaniyati bilan umumlashishi lozim. Qolaversa, evropaliklar kolonial imperiyalarini barpo etishlari orqali mustamlaka xalqlarni madaniy taraqqiYotga erishishlariga ko‘maklashadilar, degan g‘ayriilmiy xulosani ham paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

XIX asr oxirlarida etnografiya Yo‘nalishida to‘plangan ilmiy materiallar evolyusionizmning haqiqiy haYotga to‘g‘ri kelmasligini va kamchiliklarini ko‘rsata boshlagan. Jumladan, evolyusionizm tarafdorlari madaniyatdagi miqdoriy o‘zgarishlardangina kelib chiqib madaniyat va uning tarkibiy qismlarini qayta tug‘ilishi kelajakdagi paydo bo‘ladigan barcha madaniyatlarni insoniyat tarixining bosqichlari bilan bog‘lanishini taxmin qilgan holda tushuntirib bera olmadi. Ular hatto bunga harakat ham qilib ko‘rmaganlar. YAngi etnografik ekspeditsiyalar materiallari ko‘pincha evolyusionistik qarashlarni rad etgan va bu borada boshqacha qarashlarga zarurat sezar edi. shu bois yangi antievolyusionistik nazariyalar va maktablar paydo bo‘lgan. Evolyusionizmdan hafsalasi pir bo‘lgan ayrim etnolog va antropologlar hatto o‘zlarining nazariy xulosalaridan ham voz kechib, faqat eprik tadqiqotlargina olib borganlar.




Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish