123
bu talablarni rad etdi, biroq, Qrim urushi (1853-1856y.y.) davom etayotgan bir
vaqtda mazkur davlatlar Xitoyga qarshi urush harakatlarini boshlashga jazm
qilmadilar. Xitoyga qarshi urushni 1856 yilda Angliya boshladi, biroq keyinroq
urushga Fransiya ham qo'shildi. Bu urush Xitoy tarixida «ikkinchi afyun urushi»
nomi bilan ma'lum. Harbiy jihatdan ustunlikka ega bo'lgan ittifoqchilarning
qo'shini 1858 yil iyunida Sin hukumatini sulh shartnomasini imzolashga majbur
bo'ldi. Tyantszinda imzolangan anglo-xitoy, franko-xitoy shartnomalariga ko'ra
har ikkala davlat poytaxt Pekinda o'zlarining doimiy vakolatxonalariga ega
bo'lish, ingliz va Fransuz fuqarolari Xitoyda erkin faoliyat yuritish, Yansizi
daryosi bo'ylab savdo qilish huquqlarini qo'lga kiritdi. Soliq va to’lovlar miqdori
yanada pasaytirildi, afyun savdosiga rasmiy ravishda ruxsat byerildi. Xitoy
Angliya va Fransiyaga tovon to’lash majburiyatini oldi.1858 yili Rossiya va Xitoy
o'rtasida Aygun shartnomasi imzolandi. Bu shartnomaga muvofiq Amur o'lkasi
masalasi bo'yicha bu 2 davlat kelishib oldi. Amur daryosining so'l qirg'og'i
Rossiya ixtiyoriga o'tdi. Garchand, Rossiya va AQSh afyun urushlarida
qatnashmagan bo'lsalarda Tyantszinda rus-xitoy, Amerika-xitoy shartnomalari
imzolanib, bar ikkala davlat ham Xitoyda o'z huquqlarini kengaytirishga erishdilar.
Shunday qilib, Tyantszin shartnomalari Xitoyni yarim mustamlakaga aylantirishda
navbatdagi qadam bo'ldi. Sin hukumati bu bitimlarni ratifikatsiya qilishni paysalga
sola boshladi. Bunga javoban Angliya va Fransiya 1860 yilning iyunida Xitoy
shimolida yangidan harbiy harakatlarini boshladi. Tyantszin egallanib, uning
aholisi qirg'in qilindi, u yerda zo'rlik va talonchilik hukmron bo'ldi. Hashamati
bilan mashhur bo'lgan Xiloy impyeratorining yozgi saroyi anglo-fransuz askarlari
tomonidan vaxshiylarcha talandi va keyin yoqib yuborildi.1860 yil Sin
xonadonining vaqti knyaz Gunn anglo-fransuz vakillari bilan Tyantszin
shartnomasining shartlarini takrorlovchi Pekin konventsiyasini imzoladi. Bundan,
tashqari Xitoyga 16.7 mln. yan tovon to'lash majburiyati yuklandi. Bu ikki davlat
Xitoydan
qullarni
olib
sotish
uchun
rasmiy
ravishda
ruxsatnomaga
erishdilar.Ikkinchi afyun urushining asosiy natijasi bu Xitoyni asoratga solinishini
kuchayishi bo'ldi. Urush natijasida kapitalistik davlatlar Xitoyning ichki
tumanlariga kirish va Pekin hukumatiga o'z ta'sirini o’tkazish kabi imkoniyatlarga
ega bo'ldiiar. Biroq, Tyantszin va Pekin shartnomalarining bajarilishiga taypinlar
harakati to'siq bo'lmoqda edi.
Do'stlaringiz bilan baham: