102
milliy ozodlik va mamlakatni birlashtirish uchun kurash usullari haqida, unda
cherkov, monarxiya va xalq ommasining o'rni to'g'risida, milliy va ijtimoiy
vazifalarning o'zaro munosabati haqida qizg'in munozaralar bordi. J.Madzini
qo'zg'olonlar asosida yangi inqilobni keltirib chiqarishga harakat qildi.
J.Madzinining ishtirokida 1853 yil Milanda ko'tarilgan qo'zg'olon, 1857 yil esa,
Madzini
boshchiligida
Sitsiliyaga
yuborilgan
qurolli
ekspeditsiya
ham
muvaffaqqiyatsiz bo'ldi. Shundan so'ng Madzini Italiyada endi paydo bo'lgan
ishchilar harakatidan demokratiya va milliy mustaqillik uchun kurashda
foydalanishga harakat qildi. Demokratlarning bir qismi "Madzinidan
voz kechib,
Italiyadagi inqilobning istiqbollari va imkoniyatlarini turlicha tahlil qilib,anarxizm
va federalizmni yoqladilar. J.Garbaldi va boshqa bir guruh demokratlar
J.Madzinining tarafdorlaridan farqli holda milliy mustaqillik va mamlakatni
birlashtirish uchun demokratlarning liberal doiralar
va Savoyi sulolasi bilan
jips ittifoqchiligi zarur, degan xulosaga keldilar. 1857 yilda Garibaldi
Pemont liberallarining tashabbusi bilan tashkil qitingan "Milliy jamiyat" ning
vitse-prezidenti
qilib
tayinlandi.Benzo
Kamillo
Kavurning
Italiyani
birlashtirishdagi xizmatlari
XIX asrning o'rtalarida Italiyada liberalizmning asosiy markazi Pemont bo'lib qoldi.
Qirol Viktor Emmanuil ommaviy inqilobiy harakatlarning takrorlanish
ehtimolidan tashvishga tushib liberallar bilan hamkorlik qildi.1852-1861
yillarda
Pemontning premer-ministri graf Benzo Kamillo Kavur liberal doiralarning
mashhur vakili edi. Ajoyib siyosatchi va parlament kelishuvlarining
tashabbuskori bo'lgan Kavur qirolga turli reaktsion kuchlarning bosimi va ta'sirini
neytrallashga muvaffaq bo'ldi. Boshqa arboblardan farqli ravishda Kavur Italiya,
vatanparvarlari oldida turli asosiy maqsadga erishish ya'ni, Italiyani birlashtirish
uchun mamlakatga kuchli iqtisodiy rivojlanish zarur ekanligini tushunib yetdi. 50-
yillarda Pemontda temir yo'llar,
irrigatsiya kanallari, ko'priklar qurilishi jadal
bordi. Natijada savdo floti, qishloq xojaligi, to'qimachilik
sanoatining rivoji uchun
qulay sharoitlar yaratilib, Pemontning tashqi savdosi ancha kengaydi.Kavur
Savoyya sulolasining manfaatlarini milliy ozodlik kurashi va Italiyani
birlashtirish vazifasi bilan muvofiqlashtirishga harakat qildi. Tashqi siyosat bobida
Kavur Avstriyaga qarshi kurashish uchun buyuk
davlatlarning yordamidan
foydalanishga intildi. Shu maqsadda Pemontning 15 ming kishilik harbiy korpusi
1853-1856 yillardagi Qrim urushi davomida Rossiyaga qarshi Angliya,Fransiya va
Turkiya tomonidan turib urush qildi. Shu davrdan Pemontning Fransiya bilan
yaqinlashishi davri boshlandi. 1858 yilning iyulida Plomber shahrida Lui Napoleon
III va Kavurning maxfiy uchrashuvi uyushtirildi. Napoleon III kelgusida
Pemontning Fransiya bilan birgalikda Avstriyaga
qarshi urushda qatnashishga
rozilik bildirib, Italiyaning shimoliy qismini Pemont boshchiligida birlashtirish va
butun Italiya hududida papa boshchiligida Italiya konfederatsiyasini tuzish harakatini
qo'llab-quvvatlashini ma'lum qildi. Shunday iltifot uchun Kavur Napoleon III ga
Italiyaning Fransiyaga chegaradosh bo'lgan Nitstsa va Savoyya viloyatlarini (bu
viloyatlarning aholisi asosan fransuzlardan iborat edi) tuhfa qilishga va'da berdi.
Fransiyaimperatori O'rta Yer dengizi havzasida markazlashgan
yagona Italiya
davlatini tashkil topishi uchun emas balki Italiya hisobidan Fransiya hududini
kerigaytirish va Italiyada Avstriyaning mavqeini oshirish maqsadida Avstriyaga
qarshi urushda Pemont bilan ittifoqchilik qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: