Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi


Avstriyada 1848-1849 yillar inqilobi va uning umumiy xususiyatlari



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

Avstriyada 1848-1849 yillar inqilobi va uning umumiy xususiyatlari 
Germaniya davlatlarida inqilobning bosh masalasi german davlatlarini milliy 
jihatdan birlashtirish bo’lgan bo’lsa, ko'p millatli Avstriya imperiyasida burjua-
demokratik inqilobning bosh masalasi Gabsburglarning feodal-absolyutistik 
monarxiyasini tugatish,feodal tartiblarini bekor qilish va mustaqil burjua 
davlatlarini tashkil qilish edi. Germaniya davlatlaridagi kabi Avstriyada ham 
xalqning inqilobiy harakatlarini ommaviy tus olishiga Fransiyadagi inqilobning 
ta'siri katta bo'ldi.13 martda Venada inqilob boshlandi. Xalq ommasi seym binosini 
qurshovga olib konstitutsuyani qabul qilinishini va Metternixni iste'foga 
chiqishini talab qildi. Hukumatning xalq harakatini qurol kuchi bilan bostirishga 
bo'Igan urinishi uni yanada kuchaytirdi. Saroyning hukmron doiralari yon berishga 
majbur bo'ldilar. Metternix iste'foga chiqarilib, senzura bekor qilindi, 
byurgerlarga qurollangan milliy gvardiya otryadlarini tuzishga ruxsat etildi, 
shuningdek, talabalarning qurolli otryadlari - "Akademik legionlar" tuzildi. 
Imperator konstitutsuya ishlab chiqish uchun Venada provinsiyalar seymi (landtag) 
majlisini chaqirishga va'da berdi.Milliy ozodlik harakatlarining eng katta 
o'choqlaridan biri bu - markazi Praga bo’lgan Chexiyadagi milliy ozodlik harakati 
edi. Svetovaslav komiteti Chexiya, Moraviya va Sileziyani markazi Praga 
bo'lgan avtonom davlatga birlashtirib, yangi vakillik organini tuzish haqida 
imperatorga talabnoma yubordi. Chexiyadagi Avstriya hukumatining vakillari 
Svetovaslav komitetining a'zolarini islohotlar tayyorlashga va ushbu komitetni 
Miiliy komitetga aylantirishga rozi bo'ldilar.Xorvatiyaning xalq majlisi ham 25 
martda imperatorga xalq nomidan talabnoma yuborib, Xorvatiyada milliy 
hukumat va armiya tuzishga ruxsat so'radi. Ferdinand I ning ruxsati bilan 
Gabsburglar hokimiyati ostida yangi "Xorvat-Sloven-Dalmatsiya qirolligi'' 
tuzildi.Imperator inqilobni bostirishga qaror qildi. U Markaziy komitetni tarqatib 
yuborish haqida farmon chiqardi. Bunga javoban Venada xalq harakati ko'tarildi. 
Xalqning qurolli qarshiligiga duch kelgan hukumat Markaziy komitetni tarqatish 
haqidagi 
farmonni 
bekor 
qilib, 
kontitutsiya 
loyihasini 
tayyorlashga 
kirishganligini e'lon qildi. Shundan so'ng hukumat demokratlarga qarshi o'ziga 
tayanch qidira boshladi va buni katolik ruhoniylaming ta'siri kuchli bo'lgan qo'shni 
Tirolda ko'rdi. Imperator Venadan Tirolga qochdi. Avstriya hukumati Venadan 
harbiy qo'shinlarni chiqarish va umumiy saylov huquqini joriy qilishga majbur 
bo'ldi.Pragada 1848 yilning 2 iyunida Slavyanlar kongressi chaqirildi. 
Kongressning asosiy maqsadi agressiv nemis millatchiligiga qarshi butun slavyan 
xalqlarini birlashtirish edi. Unga qarshi Pragaga imperiya qo'shinlari keltirila 
boshlandi. Bunga javoban Praga aholisi 12-17 iyun kunlari qurolli qo'zg'olon 
ko'tardi, biroq imperiya qo'shini qo'zg'olonni shafqatsiz ravishda bostirdi.Vena 


78 
ishchilari fransuz ishchilari kabi mehnat huquqini talab qilib 23 avgustda 
namoyish uyushtirdilar. Namoyishni tarqatish uchun burjuaziyaning milliy 
gvardiyasi qurolsiz ishchilarni o'qqa tutdi. 18 kishi halok bo'ldi, 200 ga yaqin 
kishi yaralandi. 1848 yilning oktyabr-noyabr oylarida Venadagi xalq harakati
bostirildi, kurash davomida qo'zg'olonchilardan 5000 kishi qurbon bo'ldi.1849 
yilning yanvarida imperiya qo'shini Budapeshtni egalladi. Vengriya poytaxtida 
inqilobiy harakatlar bostirildi.1849 yilning 4 martida Venada yangi konstitutsiya 
qabul 
qilindi. 
Konstitutsiya 
mart 
inqilobi 
qo'lga 
kiritgan 
barcha 
muvaffaqiyatlarni bekor qildi. Vengriya avtonomiyasi tugatilib, butun imperiya 
hududida yagona markazlashgan davlat boshqaruvi ornatildi. Venadagi mart 
inqilobining muvaffaqivatlari Avstriya imperiyasining boshqa viloyatlarida ham 
inqilobiy harakatlaming jonlanishiga sabab bo'ldi. 15 mart kuni Pesht 
shahrining ishchilar, hunarmandlar, talabalar va ziyolilarning vakillaridan 
iborat xalq ommasi demokrat shoir Shandor Petyofi rahbarligida tipografiyani 
egallab, avvaldan tayyorlangan 12 talabdan iborat siyosiy dastur chop qildi. 
Unda senzurani bekor qilish, seym oidida mas'ul bo'lgan hukumat tuzish, 
barshchinani bekor qilish va boshqa talablar aks etgan edi. Bratislav shahrida 
majlisga yig'ilgan Vengriya seymi xalq harakatining keng quloch yoyishdan 
vahimaga tushib Vengriyada burjua yangilanishlari haqida bir qator qonunlar 
qabul qildi, masalan, dvoryanlarning soliq imtiyozlarini va krepostnoylik huquqini 
bekor qilish, Vengriya qirolining moliya va harbiy sohalarda mustaqilligi 
haqida parlamenttizimini joriy qilish va boshqalar shular jumlasidandir.Venadagi 
imperator hukumati ham Vengriyada mustaqil hukumat tuzishga rozilik berdi. 
Bu hukumatni graf Batian boshqarib, u Avstriyadan ajralib chiqib, mustaqil 
Vengriya davlatini tuzishga harakat qildi.Budapeshtga Avstriya qo'shini 
kiritilgach Batian hukumati iste'foga chiqdi. Hokimiyat Layosh Koshut 
boshchiligidagi Mudofaa komiteti qo'liga o'tdi. Asosiy e'tiborni ko'p sonli milliy 
armiya tuzishga qaralgan Layosh Koshut 1849 yilning bahoriga kelib 170 ming 
kishiiik 
armiya 
tuzdi.Debretsenga 
ko'chgan 
Vengriya 
seymi 
Avstriya 
imperiyasining yangi konstitutsiyasi qabul qilingan kun - 1849 yil 14 aprelda, unga 
javob tariqasida, Vengriyaning mustaqillik deklaratsiyasini qabul qildi. Tezda 
milliy gvardiya Budapeshtni egalladi. 1848 yilning 28 iyulida Koshut hukumati 
"Vengriyadagi barcha millatlarni teng huquqliligi haqida" qonun chiqardi.1848 
yilning 9 iyunida Rossiya va Avstriya qo'shinlari Vengriya qo'shinlariga qarshi 
urushga kirishdi. Vengriya respublikasining Fransiya va Angliyadan yordam 
olish umidi puchga chiqdi. 13 avgust kuni Vilogash ostonasida Vengriya 
qo'shinining so'nggi qismlari tor-mor etildi. Vengriya inqilobi mag'lubiyatga 
uchradi.Avstriyada inqilob natijasiz bo'lmadi, dehqonlar to'lov yo'li bilan feodal 
tobeligidan ozod bo'ldilar, pomeshchik sudlari bekor qilindi, dvoryanlarning 
soliq, sud va harbiy sohadagi imtiyozlari tugatildi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish