Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi


Fransiya imperiyasining bosqinchilik urushlari



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

Fransiya imperiyasining bosqinchilik urushlari
Fransiyaning Yevropa kontinentidagi harbiy jihatdan ustunligi dastlab 
inqilob urushlari davrida sezildi. Bu konsullik va imperiya davrida yanada yaqqol 
ko'rindi. Fransiya bu davrda G'arbiy Yevropaning eng yirik va markazlashgan 
davlati edi. Inqilob Fransiyada ilg'or burjua tuzumini o'rnalib, uning iqtisodiy 
taraqqiyoti uchun kuchli turtki berdi.Ko'p sonli fransuz armiyasi asosan 
dehqonlardan iborat bo'Iib, u eng zamonaviy quroi-yarog'lar bilan ta'minlangan 
edi. Inqilobiy urushlar va Napoleon urushlari qobiliyatli general va ofitserlarni 
yetishtirdi. Kavaleriya va otliq artilleriya juda tez harakat qilish taktikasiga ega edi. 
Napoleon ayg'oqchilik ma'lumotlaridan, xalqaro shartnoma va huquqlarni buzish 
kabi manevrlardan,uning diplomatiyasi esa raqiblarni orasidagi kelishmovchilik va 
nifoqlardan ham juda unumli foydalandi.Fransiya armiyasi Yevropa materikining 
tuzum hukmron bo'Igan qoloq geodal monarxiyalari armiyasidan nihoyatda ustun 
edi. Bi davlatlar iqtisodiy zaif bo'lib, kam sonli qo'shinga ega va doimiy ravishda 
Angliyaning 
moliyaviy 
yordamiga 
muhloj 
edilar.Fransiyaning 
harbiy 
muvaffaqiyatlariga Germaniya va Italiyaning siyosiy tarqoqligi ham qo'l keldi. 
Uning sharqiy chegaralaridan kuchli, markazlashgan davlatlar yo'q edi. Mayda, 
tarqoq italyan va nemis davlatlari Fransiyaga jiddiy qarshilik ko'rsata olmadilar. 
Napoleon ularning o'rtasidagi kelishmovchiliklar va nizolardan foydalanib, 
ularning bir qismini o'zi tomoniga og'dirib, boshqalariga qarshi kurashda ulardan 
foydalandi. Bosib olingan hududlarni kontributsiya va konfiskatsiya vositasida 
xazina va oziq-ovqat mahsulotlarim talash, bo'ysundirilgan mamlakatlarni Fransiya 
uchun foydali bojxona tariflari bilan ekspluatatsiya qilish, vassal davlatlar 
tomonidan harbiy qismlarning etkazib berilishi evaziga Fransiyaning harbiy 
qudrati tez oshdi. Fransiyaga tobe bo'lgan davlatlarni tuzishda, u o'sha 
mamakatlarning burjuacha yangilanishlar tarafdori bo'lgan kuchlaridan ham 
foydalandi.Italiyada, Germaniyaning Reyn viloyatlarida va shuningdek, Belgiyada 
fransuzlar ayrim burjua islohotlarini o'lkazib mahalliy feodal aslzodalarini 
hokimiyatdan mahrum qildilar.Xalqaro munosabatlar sohasida Fransiyaning qo'lga 
kiritgan eng katta muvaffaqiyatlari bu -- unung asosiy raqiblari o'rtasidagi nizo va 
nifoqlardan foydalanib ularni ittifoqchiligiga qo'ymaganligi va hatto bir-biriga 
qarshi qo'yishga erisha olganligidir. Fransiyaning harbiy jihatdan katta ustunlikka 


54 
ega ekanligi sababli, boshqa davlatlar koalitsiyalarga birlashsagina unga qarshi tura 
olishlari mumkin edi. Ammo koalitsiya a'zolari o'zaro kelisha olmadilar. Rossiya 
va Angliya manfaatlari Yaqin Sharqda va betaraf dengiz savdosining daxlsizligi 
borasida to'qnash kelmoqda edi. Avstriya va Fransiya o'zaro raqib davlatlar bo'lib, 
ular Germaniyada gegemonlik qilish uchun va Polsha yerlarini egallash uchun 
raqobatda edilar. 1895 yildan to 1896 yilgacha bo'lgan muddatda Prussiya 
Fransiyaga qarshi urushda qatnashmadi. Fransuz qo'shinlari ham Germaniyaning 
shimoliy hududlariga hujum qilishdan cheklandilar. Prussiya Fransiyaning madadi 
bilan Angliya qirolining mulki bo'lgan Gannoverni va boshqa nemis davlatlarining 
hududlarini bosib olishni mo'ljallagan edi. Angliya va Ispaniya ham mustamlakalar 
borasida ziddiyatda edilar.Konsullik va imperiya davrida Fransiya olib borayolgan 
inqilobiy urush bosqlnchilik urushiga aylandi. Napoleon Fransiyasi bilan urush 
olib borayotgan koalitsiya uchun inqilob bilan kurashish masalasi 2-darajali vazifa 
bo'lib qoldi. Aksariyat Yevropa davlatlari XIX asr boshlariga kelib Fransiyadagi 
burjua tartiblarini tugatish ilinjidan voz kechib, bu tartiblarni boshqa davlatlarga 
tarqalmasligiga va Fransiyaning Yevropa yoki dunyo miqyosidagi hukmronligini 
o'rnatishiga yo'l qo'ymaslikka harakat qildilar. Fransiyaning eng kuchli raqiblari bu 
Angliya va Rossiya edi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish