XIX asr oxirida Hindiston
Hindistonning bu davr tarixi jahonda mustamlakachilik harakatining yangi
bosqichi, Angliya tomonidan hind xalqini ekspluatatsiya qilishning kuchayishi
va milliy-ozodlik harakatining Umumhindiston miqyosida keng tarqalishi bilan
bog'liq kechdi.Hindiston buyuk Britaniyaning mustamlakasiga aylangan edi.
Inglizlar Hindistonni vitse-qirol boshchiligidagi amaldorlar va politsiya apparati
yordamida boshqarar edilar.Ingliz mustamlakachilik istibdodi sharoitiga
qaramay, Hindistonda ham sarmoyadorlikka asoslangan mahalliy ishlab
chiqarish tizimi yuzaga kela boshladi. Yirik sanoat korxonalari qurishga
kirishildi. 1886 yilda to'qimachilikning 95 ta fabrikasi bor edi, konlar soni
1880-1900 yillarda 56 tadan 286 taga yetdi. Temir yo'l tarmoqlari 1900 yilda
salkam 40.000 kmni tashkil qildi. Bu xom-ashyo tayyorlash va tashishda ham
muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Hindistonda sanoatni Angliya o'ziga qulay
qilib joylashtirishga harakat qildi. Asosiy sanoat korxonalari dengiz bo'yi port
shaharlari yaqinida edi, maqsad Hindiston boyliklarini arzon va oson olib
chiqib ketish edi. 1873 yildan 1883 yilgacha Hindiston bilan Angliya savdosi
60 foizga o'sdi. Hindiston ingliz burjuaziyasining kapital kiritish zonasiga
aylanib qoldi. Ingliz banklaridan Hindistondagi boshqaruv apparati katta
miqdorda zayomlar olib turadi. Bu summa 1856 yildagi 4 mln. funt sterlingdan
1900 yilga kelib 133 mln. funt sterlingga ko'tarildi. Britaniya banklari juda katta
foiz olardilar. Sanoatga biryoqlama zo'r berilishi qishloq xo'jaligini qiyin ahvolga
solib qo'ydi. Dehqonchilikda agrotexnika madaniyati past edi. Mustamlakachilik
harakati bilan ochilgan sug'orish inshootlari bor-yo'g'i 20 foiz yerni sug'orishga
yetar edi. Bu daraja Boburiylar (1526-1858) davrdagidan ham kam edi. Qishloqda
eski feodal mulkchiligi, yarim qaram dehqonlarni ekspluatatsiya qilish davom etdi.
Yerni 60-70 foiz hosilni to'lash sharti bilan dehqonlarga ijaraga berildi. Qarz
hisobiga ishlab berishga majbur qilish odamlar toifasi tobora ko’paya
bordi.Qishloq xo'jaligining eng serdaromad tarmoqlariga (choy, kanop, paxta)
140
sarmoya solish katta foyda keltirar edi. Bu sohada ingliz ishbilarmonlari ishchilar
yollar va ular qul deb atalar edi. Ularni ezishning barcha usullaridan foydalanilardi.
Shunday qilib Hindiston XIX asr oxirida dunyo bozoriga katta miqdorda sanoat
va qishloq xo'jaligi mollari chiqara boshladi. Lekin olingan daromad ingliz
mustamlakachilarini boyitdi xolos. Mehnatkashlar ahvoli esa tobora yomonlashdi,
qishloq xo'jaligida monokultura vujudga keldi. Bengaliya kanop, Assom choy,
Bombay va Markaziy Hindiston paxta, Panjob bug'doy yetishtirishga ixtisoslashdi.
Lekin texnik ta'minotda hech narsa o'zgarmadi. Dehqon yanada qattiq ezildi.
Zamindorlar, bank egalari, sudxo'rlar dehqonlarni qarzga botirib, oxirgi parcha
nonini ham qoldirmas edi. 1870-1890 yillar davomida Hindistonda 20 martadan
ko'p ocharchilik bo'lib, unda 18 million odam ochlikdan qirildi.Sunday ahvol
Hindislonda milliy ozodlik va ijtimoiy harkatlarga olib keldi. Dastlab Kalkutta,
Bombay, Madras kabi shaharlarda bu harakat uch oqim bo'lib shakllandi.
Jumladan,
Bombeyda
burjua-zamindorlarining
konservativ «Britaniya-
Hindiston assotsiatsiyasi» tuzildi. So'ng nisbatan ilg'or g'oyalar bilan bogliq
(liberal) «Hindiston assotsiatsiya» paydo bo'ldi. Ilg'or (radikal) oqimlar ham bor
edi lekin bu harakatlar keng ommani yetaklashda yirik zamindorlarga xizmat
qilardi.Dehqonlarning
stixiyali
harakatlari
kuchaygan
sari
Britaniya
mustamlakachilari
Hindistonda reaktsion kuchlar-knyazlar,
pomeshchiklar,
kompradorlar bilan yaqinlashib musulmonlar bilan hindlar o'rtasida dushmanlik,
nizo «urug'ini» socha boshladilar.1870-1880 yillarda ingliz mustamlakachilariga,
mahalliy zamindorlarga va sudxo'rlar zulmiga qarshi dehqonlar qo'zg'olonlari
boshlanib ketdi. Panjobda Baba Ram Singx boshliq yarim harbiy tashkilot
qo'zg'olon ko'tardi. 1872-1873 yillarda Patna, Bogra, Sharqiy Bengaliya
dehqonlari, 1875 yili Barod hokimligida, Puna, Ahmadnazar tumanlarida
qo'zg'olon boshlandi,1871 yil 1-yanvarda Angliya qirolichasi Viktoriya Hindiston
qirolichasi deb e'lon qilindi. Bu tadbir reaktsiya kuchlarini bir yerda to'plashga
qaratilgan edi. Mustamlaka ma'murlari turli soliqlarni yanada oshirish, ochlarga
yordam fondini qisqartirish, davlat xizmatchilariga beriladigan maoshlar miqdorini
kamaytirish yo'lidan bordi. Yangi-yangi qo'zg'olon va g'alayonlar boshlandi.
1871-yili Bombay, Madras, Puna, Suratda ish tashlashlar, 1879 yili Maratx
dehqonlarining
qo'zg'olonlari
bo'ldi.
Uning
boshlig'i
Vasudev
Pxadke
mustaqilMaratx davlati tuzish shiorini qo'ydi. Bir yildan so'ng 1880-yili inglizlar
bu qo'zg'olonni bostirishdi. Pxadke osib o'ldirildi, 70 kishi badarg'a qilindi.1877
yilda Dehlida qirolicha Viktoriyani Hindiston qirolichasi qilib ko'tarish
marosimi bo'lib o'tdi. Hindistonning turli burchaklaridan kelgan knyazlar
Viktoriyaga sodiqlik haqida qasamyod qildilar. Bu narsa knyazlar bilan ingliz
mustamlakachilarini yaqinlashtirish lozim edi. 1878 yilda ingliz ma'muriyati «vitse-
qirol» deb atalardi. Hindistondagi milliy tillarda chiqadigan matbuot haqida qonun
qabul qilindi va bu qonun bo'yicha barcha gazetalar inglizlar nazoratiga o'tdi.
Oradan bir yil o'tgach, o'q otar qurollarni saqlamaslik haqida akt-qabul qilindi va
barcha aholining o'q otar qurol saqlashi man qilindi. Ammo, bu narsa yovvoyi
hayvonlar ko'p bo'lgan o'rmonlar yaqinida yashovchi dehqonlarning noroziligiga
sabab bo'ldi.Inglizlar shu bilan bir vaqtda o'zlarini mahalliy burjuaziyaga «yon
berganday» qilib ko'rsatishga harakat qildilar. Shahar ma'muriyatiga boy hindlar
saylansa-da, amalga hokimiyat shahar boshlig'i-ingliz qo'lida edi.Ingliz vitse-
qiroli Kerzon Hindistonda zo'ravonlik siyosati o'tkaza boshladi. 1883 yili u
kumush rupiya pul zarb qilishni taqiqladi. Rupiyaning valyuta qiymatini sun'iy
141
ravishda ko'tarib qo'yib, yangi qiymatga «mos» keluvchi oltin rupiya chiqardi.
Shu yo'l bilan Hindistondagi tarixiy pul tizimiga barham berdi. Uning chet
mamlakatlar bilan an'anaviy savdo aloqalariga zarba berdi. Hindistonni faqat
Angliya orqali savdo qilishga majbur etdi.1885 yili Broche viloyatida Lakx
boshchiligida qo'zg'olon bo'lib o'tdi. Lakx inglizlar hukmronligiga barham berdi.
Hindiston mustaqil podsholik deb e'lon qilindi. Inglizlar kuchbilan qo'zg'olonni
bostirib, Lakx va uning ikki safdoshni osib o'ldirdi, 57 kishi surgun qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |