Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi


Napoleon Bonapartning hokimiyat tepasiga kelishi



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

Napoleon Bonapartning hokimiyat tepasiga kelishi
Napoleon Bonapart 1769 yilda Korsika orolida kambag'allashgan dvoryan 
oilasida dunyoga keldi. Bonapart oilasida 8 farzand bo'lib, ular 5 o'gil va 3 qiz - 
Jozef, Napoleon, Lyusen, Eliza, Lui, Polina, Karolina va Jeromdan iborat edi. 
Napoleon oilada ikkinchi farzand bo'lib, otasi uni harbiy bilim yurtiga o'qishga 
berdi. Napoleon bilim yurtini tugatib, 24 yoshidanoq general unvonini 
oldi.Napoleon Avstriya qo'shinlari egallab turgan Shimoliy Italiyaga yurushga 
tayyorlanayotgan armiyaga qo'mondon etib tayinlandi. Bonapart armiyasi 
Shimoliy Italiyaga bostirib kirib, Avstriya qo'shinlarini tor-mor etdi. 1797 yilda 
Napoleon Bonaparl Avstriyani taslim bo'lish sulhini imzolashga va Fransiyaning 
g'alabasini tan olishga majbur etdi. Shundan so'ng Italiya Fransiyaga qaram 
bo'lgan bir necha kichik respublikalarga bo'linib ketdi.1798 yilning may oyida 
Napoleon 30 mingdan ortiq kishilik armiya bilan 350 ta kemada Misrga yo'l oldi. 
Quruqlikda fransuz qo'shinlari Misr otliq armiyasi ustidan g'alaba qozondilar. 


52 
Ammo, tezda ingliz floti Misr sohillariga yetib kelib, fransuz kemalarini yondirib 
yubordi. Napoleon qo'shinlari Fransiyadan ajratib qo'yilib, halokatga mahkum 
etildi. Suriyaga qilingan hujum arablar bilan turk qo'sinlarining qattiq qarshiligiga 
duch keldi. Shu paytning o'zida Suvorov qo'mondonligidagi rus armiyasi Shimoliy 
Italiyada fransuz qo'shinlarini mag'lubiyatga uchratdi. Napoleon Bonapart o'z 
armiyasini tashlab, poytaxt Parijga shoshildi u hokimiyat uchun kurashda asosiy 
da'vogarlardan biri edi. Napoleon Fransiyaga qaytgan paytda mamlakatda vaziyat 
og'ir edi. Direktoriya o'z obro'sini yo'qotib, ko'pchilik Napoleon Bonapart 
shaxsida o'z najotkorini izlayotgan edi. U armiya va xalq o'rtasida katta obro'ga 
ega edi.Napoleon Fransiyaga qaytib kelgach, oradan bir oy o'tar-o'tmas, 1799 
yilning 9 noyabrida Direktoriya a'zolarining iste'fo berishlariga erishdi. Ertasi kuni 
o'z ukasi, deputat Lyusen Bonapart yordamida sadoqatli qo'shinlar bilan qonun 
chiqaruvchi korpusini qurshab oldi. Deputatlarga hokimiyatni Napoleon 
boshchilidagi uch konsulga topshirish to'g'risidagi talab taqdim etildi. Tez orada 
yangi Konstitutsiya loyihasi ishlab chiqildi va konsullar ichida Napoleon keng 
vakolatlarga ega bo'lib, u 10 yillik muddat davomida shu lavozimni egallab turishi 
kerak edi.Konstitutsiya va Napoleonning birinchi konsullikka tayinlanishi 
umumxalq ovoziga qo'yildi va deyarli ko'pchilik, ya'ni 3,5 mln. kishi uni yoqlab 
ovoz berdi.Konsullik davrida davlat tizimi ancha mustahkamlandi, harbiy 
diktatura siyosati davom ettirildi.1804 yilda Senat Napoleon Bonapartni Napoleon 
1 nomi bilan Fransiya imperatori deb e'lon qildi. Mamlakatda monarxiya tuzumi 
qaytadan tiklandi. Biroq mazkur monarxiya feodallar, dvoryanlar, ruhoniylar 
manfaatini emas, balki yangidan rivojlanib kelayotgano'rta tabaqalar, bankirlar
zodagonlar, armiya va amaldorlarga tayanuvchi hariy-byurokratik monarxiya edi. 
Mulk, oila, savdo to'g'risidagi qonunlarning majmualari, jinoyat kodeksi tuzib 
chiqildi. "Napoleon kodeksi" deb nom olgan "Fuqarolar kodeksi" ularning eng 
muhimi edi. Har qanday miqdordagi xususiy mulkka ega bo'lish huquqini 
mustahkamlab berish bu kodeksning asosiy vazifasi bo'ldi. Xususiy mulkka 
ozgina bo'lsa ham, tajovuz qiluvchilargajuda qattiq jazojoriy qilindi.Napoleon 
tezda yangi armiya tashkil qilib, yashirin ravishda Alp orqali Italiyaga yurish qildi 
va 1800 yil 14 iyunda Avstriya qo'shinlarini tor-mor etdi. General Mero 
qo'mondonligidagi fransuz armiyasi shu yili 3-noyabrda Bavariya va Avstriya 
qo'shinlarini tor-mor etdi. 1801 yil 9 fevralda Avstriya-Fransiya o'rtasida Lyunevil 
shahrida shartnoma imzolandi. Unga ko'ra Reynning so'l qirg'og'i va Belgiya 
Fransiyaga qo'shib olindi. Italiyada Bonapart Fransiyaga tobe bo'lgan qo'g'irchoq 
Italiya respublikasini tuzdi.Angliya va Rossiya o'rtasidagi ziddiyatlardan xabar 
topgan Bonapart Pavel I bilan ittifoq tuzish to'g'risida muzokaralar boshladi. 
Bonapart Turkiyani bo'Iib olishini va Angliyaga qarshi Hindistonga yurish qilishni 
taklif qildi. Hatto rus imperatorining buyrug'i bilan kazaklardan iborat harbiy 
otryad Hindistondan inglizlarni haydash uchun O'rta Osiyoga yurish qildi.Bir 
vaqtda Pavel 1 Prussiya,Daniya va Shveisiya bilan Angliyaga qarshi qaratilgan 
"Qurolli betaraflik ligasi"ni tuzish haqida bitim imzolandi.Angliya bilan savdo 
aloqalarining to'xtatilishi dvoryanlar va gvardiyaning noroziligiga sabab bo'ldi. 
Natijada 1801 yil 12 martda Pavel I fitnachilar tomonidan o'ldirildi. Taxtga uning 
o'g'li Aleksandr o'tirdi.1801-yil 14-martda Aleksandr Angliya bilan diplomatik 
munosabatlarni tiklab,O'rta Osiyoga jo'natilgan kazak otryadini ortga qaytardi. 
1801-yil oktabrda Fransiya bilan Rossiya o'rtasida sulh shartnomasi 
imzolandi.Shu bilan birga bu ikki davlat Germaniya va Italiya davlatlarining 


53 
taqdiriga daxli maxfiy bitim ham imzoladllar.Yakkalanib qolgan Angliya 1802-yil 
27-martda Fransiya bilan sulh shartnomasi imzolashga majbur bo'ldi.Unga ko'ra 
Angliya qo'shinlari Misr va Maltadan chiqariladigan,Yevropada mavjud tartibni 
saqlab qolish majburiyatini olgan edi, Fransiya esa Angliya bilan savdo 
shartnomasini tuzadigan bo'ldi.Ammo, Amen sulh shartnomasidan har ikki davlat 
nafasni 
rosllab 
olish 
uchun 
foydalandi,undagi 
shartlarni 
amalda 
bajarmadilar.Bonapart qo'shni davlatlar hududini bosib olish siyosatini davom 
etlirdi.1803 yil Fransiya bilan Angliya o'rtasida urush boshlandi. Ispaniya 
Fransiyaga ittifoqchilik qildi. Napoleon fransuz va ispan flotlarini yordami bilan 
Angliya qirqoqlariga30 ming kishilik korpusni desant qilib tushirishni 
rejalashtirdi. Buning uchun 1,5 mingdanko'proq kemalar tayyorlandi. Bulonda 
Angliyaga quruqlikdan hujum qilish uchun kata harbiy lager tuzildi. Bonapart 
avval Angliyani tor-mor qilib, uni mustamlakalarini egallashiva keyin Italiya va 
Germaniyani zabt elishni rejalashtirgan edi. 1803 yil fevralida N.Bonapartga 
uyushtirilayotgan suiqasd fosh qilingach, Napoleono'zining hokimiyatini nasldan-
naslga meros o'tadigan deb, o'zini esa Fransiya imperatorideb e'lon qildi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish