Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

 
Mustaqillik urushining sabablari
XVIII asrning so'nggi choragida ko'pchilik mustamlakalar Angliya 
qirolining boshqaruvi ostida edi. Konnektikut va Rod Aylend mustamlakalari qirol 
tomonidan tasdiqlanuvchi saylangan gubernatorlar tomonidan boshqarilar edi. 
Pensilvaniya, Delaver va Merilend alohida kishilarga tegishli edi. Barcha 
mustamlakalarda maslahat organiga ega bo'lgan saylangan vakillarning palatalari 
mavjud edi. Mustamlakalarda din katta rol o'ynar edi. Amerikada ko'plab diniy 
sektalar mavjud bo'lib, ularning ichida puritanlik cherkovi ustun mavqeiga ega 
edi.Inqilob arafasida mustamlakalarda 8 ta kollej (oliy maktablar) mavjud bo'lib, 
ularning asosiy maqsadi ruhoniylarni tayyorlash edi. XVIII asrning oxirlarida 
dunyoviy bilimga ega bo'lgan ma’lumotli kishilar Amerikada ko'pchilikni tashkil 
qila boshladi. Shunday kishilardan biri Benjamin Franklin (1706-1790) edi. 
Franklin Amerika jamiyatining hayotida katta tashabbuskorlik faoliyatini 
ko'rsatdi. U tipografiya, jamoat kutubxonasi, kasalxona va akademiyaga asos 
soldi. Mustamlakalarning ajralib chiqishi uchun kurashining muhim sabablaridan 


22 
biri mustamlakalar va metropoliya o'rtasidagi savdo va sanoat sohasidagi raqobat 
edi.Mustamlakalarda XVIII asr boshidanoq sanoat tez taraqqiy topdi. 
Mustamlakachi dehqonlar bir vaqtning o'zida temirchi-chilangar va to'quvchi 
edilar. 
Shishasozlik, 
charmgarlik, 
kemasozlik, 
temirchilik 
kabi 
yirik 
manufakturalar XVIII asr o'rtalaridan boshlab keng taraqqiy etdi.XVIII asr ingliz 
hukumatining hujjatlarida mustamlakalarda manufakturalar qurishni taqiqlovchi 
ko'plab hujjatlarni topish mumkin. Mustamlakalarda savdo cheklab qo'yildi yoki 
umuman taqiqlandi. Navigasion aktlar mustamlakalarni Angliyadan tashqari har 
qanday davlat bilan savdo va sanoatini bo'g'ib qo'yishga qaratilgan 
edi.Metropoliyaning g'arbiy hududlarga aholining ko'chib kelishini taqiqlash 
siyosati janubiy quldor plantatorlarning manfaatiga jiddiy salbiv ta'sir ko'rsatdi. 
Chunki yirtqich plantatsion xo'jalikka yangi-yangi unumdor hududlar zarur edi. 
1763 yilgi aktdan keyin Virginiya aholisi Amerika mustamlakalaridagi xalqlarni 
ingliz qiroli o'zining fuqarolari deb sanashga haqli emasligi to'g'risidagi shiorlar 
bilan chiqdi.1765 yil ingliz hukumati "Gerb solig'i to'g'risida" qonun e'lon qildi. 
Mustamlakadagi barcha savdo va sanoat korxonalarida bu soliq joriy qilindi. 
Hisob-kitoblar, shartnomalar, tilxatlar, ro'znomaning har bir soni, universitet 
diplomlari va boshqa barcha hujjatlar gerb solig'iga tortildi. Ingliz parlamenti bu 
soliqni mustamlakalarning aholisidan so'ramasdan mustamlakalarda joriy qildi. 
Bunga javoban mustamlakalarda namoyishlar bo'lib, unda Angliyaga qarshi 
norozilik chiqishlari yangradi. Shu yili Nyu-York shahrida mustamlakalarning 
vakillari ishtirokida kongress chaqirildi. Kongress mustamlakalar faqat ularning 
roziligi bilangina soliqlarga tortilishini talab qilib chiqdi va ingliz tovarlariga 
boykot e'lon qildi.Boykot natijasida metropoliyaning mustamlakalar bilan 
savdosiga katta zarar o’di. London savdogarlari umumpalatasiga savdoning 
qisqarib ketganligidan zarar ko'rayolganligini ma'lum qiluvchi va gerb solig'ini 
bekor qilishni so'rovchi talabnomalar taqdim etildi. Parlament gerb solig'i 
to'g'risidagi aktni 1766 yilda bekor qilishga majbur bo'ldi. 1767 yil iyunida 
parlament Taunsend, deb nomlanuvchi aktni e'lin qildi. Taunsend 1767 yildan 
boshlab Britaniya moliyasini boshqardi. Uning nomi bilan ataluvchi aktga ko'ra, 
Amerika mustamlakalarni soliq to'lashga majbur qilish maqsadida Amerikaga 
keltirilgan ingliz choylari katta miqdordagi boj solog'idan ozod qilinib, uncha 
katta bo'lmagan soliqqa tortildi. Ingliz parlamenti Amerika xalqi narxi 
arzonlashtirilgan choyni tez xarid qiladi, deb o'ylagan edi. Ammo Amerika 
vatanparvarlari bunday tuzoqqa tushmadilar. Ingliz choylariga boykot e'lon 
qilindi, mustamlakalarda vaqtincha choy iste'mol qilish to'xtatildi. Boston 
savdogarlari mahalliy fuqarolar orqali kemalardagi ingliz choylarini suvga 
tashlatishga muvaffaq bo'ldilar. Bu tarixda "Boston choyxo'rligi" deb ataladi.1774 
yil Ogayo va Missisipi shtatlari orasidagi hududlarni Kvebek provinsiyasiga 
berish tog'risidagi mashhur akt e'lon qilindi. Bu akt vakillik organiga ega 
bo'lmagan, katolik dini hukmron bo'lgan ushbu mustamlaka Kvebek hududining 
kengaytirilishini anglatar edi. Bu akt Virginiya, Massachusets va Konnektikut 
mustamlakalarining ular hududini shimoliy-sharqqa tomon kcngaytirish 
to'g'risidagi 
talablariga 
zid 
kelmoqda 
edi.Massachusets 
va 
Virginiya 
mustamlakalarining tashabbusi bilan mustamlakalarni birlashtirish maqsadida 
1774 yil 5 sentyabrida Filadelfiyada kongress chaqirildi. Bu 1-kontinental 
kongressda ingliz hukumati bilan qonuniy usullarda munosabatda bo'lish 
tarafdorlari - loyyalistlar ko'pchilikni tashkil qildi. Ular Angliya bilan 


23 
mustamlakalar uchun, maxsus chiqarilgan konstitusion rejim asosida aloqalarni 
saqlab qolishni taklif etdilar. Bu kongressda Virginiyalik deputat Jorj Vashington 
(1732-1799) katla rol o'ynaydi.Kongressda Virginiyalik depupatlar orasida 
advokat va publitsist Tomas Jefferson (1743-1826) o'zining o'tkir chiqishiari bilan 
ajralib turdi. Jefferson yerga mutloq egalik qilishni bekor qilishni, merosga katta 
o'g'ilning egalik huquqini bekor qilishni, negrlarning qulchiligini tugatishni talab 
qilib chiqdi.1774 yilgi kontinental kongress amerikaliklarning o'z-o'zini milliy 
anglashini shakllanishiga zamin tayyorladi. Kontinenlal kongress 5 sentyabrdan 
26 oktyabrgacha faoliyat yuritdi. U qirolga bir qator talabnomalar tayyorladi, 
mustamlakalarga 
yangi 
soliqlar 
joriy 
qilmaslik, 
ingliz 
hukumatining 
mustamlakalarda siquviga barham berish shular jumlasidan edi. Kongress 
mustamtakalar aholisidan ingliz tovarlarini boykot qilishni talab qildi, shundan 
so'ng muammolarni tinch yo'l bilan echish maqsadida kongress o'zining majlisini 
1775 yilning may oyida davom ettirishga qaror qildi. O'rtadagi bu tanaffus davrida 
mustamlakalar va metropoliya o'rtasidagi nizo quroli kurashga aylanib ketdi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish