244
Mazkur Qo`mita zimmasiga jamiyatda millatlararo totuvlik va bag`rikenglikni ta`minlash,
tinchliksevar siyosatni, mamlakat hayotining barcha sohalarida erishilgan yutuq va
muvaffaqiyatlarni keng targ`ib qilish, xalqaro hamjamiyat, shu jumladan, chet eldagi
hamyurtlarimiz diasporasi bilan, do`stlikni mustahkamlashga doir davlat siyosatini amalga
oshirishvazifasi yuklangan.
Yoshlarni bag`rikenglik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, tarix, madaniyat,
milliy an`ana va urf-odatlarni asrab-avaylash ruhida tarbiyalashga alohida e`tibor
qaratilmoqda. Bu millatchilik va ekstremizm aqidalariga qarshi mafkuraviy immunitetga ega,
mustaqillik g`oyalariga sodiq, O`zbekiston milliy manfaatlarini himoya qiladigan va ilgari
suradigan ma`naviy barkamol avlodni shakllantirish imkonini beradi.
Jumladan, qonunlarda bagʻrikenglik tushunchasidan foydalanishga eʼtibor qaratilsa, ushbu
amaliyot muayyan ijtimoiy guruhlarga nisbatan qaratilganiga diqqatni tortadi. Yoshlar
siyosati, bola huquqi kafolati, nogironligi boʻlgan shaxslarga munosabat, vijdon erkinligi kabi
muhim masalalarda bagʻrikenglik tamoyilidan foydalanilgan.
“Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonunda oʻsib kelayotgan avlodni
bagʻrikenglikka hurmat ruhida, zararli taʼsirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga
boʻlgan qatʼiy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash yoshlarga oid davlat siyosatining
asosiy yoʻnalishi deb koʻrsatilgan. “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunning
4-moddasida bolalarda bagʻrikenglik tuygʻusini tarbiyalash bola huquqlarini himoya qilish
boʻyicha davlat siyosatining asosiy yoʻnalishi sifatida qayd etilgan
227
.
Qayd etilganidek, bagʻrikenglik tushunchasi aholining deyarli har bir qatlamiga aloqador
tushunchadir. Bagʻrikenglik tamoyili har bir jabhaga, har bir qalbga aloqador tuygʻu
hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, bagʻrikenglik va millatlararo totuvlik har birimizning qalbimizda
tugʻyon urmogʻi lozim. Bagʻrikenglik tamoyili har kunimiz uchun neʼmatga aylanmogʻi, har
kunimiz uchun tayanch nuqta boʻlib shakllanmogʻi lozim.
O’zbekistonda yashayotgan millatlar o’rtasidagi do’stlik va o’zaro hamjihatlik rishtalari
mustaqillik yillarida yangicha mazmun bilаn boyidi. O’zbekiston Respublikasi fuqarolari
o’rtasidagi tinchlik-totuvlik hamda millatlararo hamjihatlikning ta’minlanishi, ularning huquq
va erkinliklarining, qonuniy manfaatlarining kafolatlanishi, qiziqish va layoqati bo’yicha
ayniqsa yoshlarning kasb-hunar egallashi, ta’lim olishi, an’ana hamda qadriyatlarining
saqlashi mamlakat barqarorligining asosiga xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: