Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti



Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana18.12.2019
Hajmi1,28 Mb.
#30996
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
fizik kimyoviy tahlil usullari mavzusini oqitishda axborot va kompyuter t


 



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 



NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 

TABIIY FANLAR FAKULTETI 

KIMYO O’QITISH METODIKASI KAFEDRASI 

 

 

Qo’l yozma huquqida 

UDK 541.64:547.458.82 

Karimova Zarifa   

Fizik – kimyoviy   tahlil  usullari   mavzusini  o’qitishda   axborot  va   kompyuter 

texnologiyalaridan    foydalanish metodikasi   

5A110301- Kimyo o’qitish metodikasi 

 

Magistr 



akademik darajasini olish uchun yozilgan  dissertatsiya 

 

 



                                         

 

 

 Ilmiy rahbar: k.f.n., dots. Karimova D.A. 



 

 

 

 

 

 

 

Navoiy -2015 

 

 



M U N D A R I J A

 

Kirish………………………………………………………………………….……3 



I  Bob. Fizik – kimyoviy  tahlil   usullari……..……………………………………8 

1.Fizik – kimyoviy   tahlilning  optik  usullari…………………….……………….8 

2.Fizik – kimyoviy  tahlil  bo’yicha   olib  borilgan  ishlar  izohi………………...13 

3.Fizik – kimyoviy  tahlilning  zamonaviy  usullari…………………...………….18 

I  Bob  bo’yicha   xulosa…………………………………………………………..24 

II  Bob. Fizik – kimyoviy  tahlil  va  kimyoviy  moddalar  ishlab  chiqarish…….26 

1. I.Q- spektroskopiya   usuli……………………………………………………...26 

2. EPR  spektroskopiya ………………………………………………………..….28 

3. Yangi  moddalar  olishda  fizik – kimyoviy  tahlilning  ahamiyati……...……..30 

II  Bob  bo’yicha  xulosa……………………...…………………………………..36 

III  Bob.  Fizik  -  kimyoviy  tahlil  mavzusini  o’qitish  metodikasi…………..…39 

1. Mavzuni  o’qitishda  ta’lim  texnologiyasi  va  ta’lim  vositasini  tanlash……..39 

2. Mavzuni  o’qitishda  innovatsion  texnologiyalardan  foydalanish…………….39 

3. Ta’lim  tizimida  information  texnika  va  texnologiyalarning  o’rni  va  

ahamiyati………………………………………………………………………….53 

III  Bob  bo’yicha  xulosa ....................................…………………….………….54 

Xulosa………………………………………………………………….…………55 

Adabiyotlar  ro’yxati…………………………………...…………………………57 

Ilova ………………………...…………………………………………………….60 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 



KIRISH 



Dissertatsiya  mavzusining  dolzarbligi: 

Ta’limning  bugungi  vazifasi 

o’quvchilarni  kun-sayin  oshib  borayotgan  axborot  ta’lim  muhiti  sharoitida 

mustaqil  faoliyat  ko’rsata  olishga,  axborot  oqimidan  oqilona  foydalanishga 

o’rgatishdan  iboratdir.  Pedagogik  texnologiyaning  metodologik  asoslari  umumiy 

metodologiyaning  asosiy  tamoyillari  tizimida  yangi  hodisa  sifatida  uni  dialektik 

mantiq  va  bilish  nazariyasining  kategoriya  va  tamoyillari  tizimidagi  evristik 

imkoniyatlar darajasiga olib chiqadi. 

Tamoyillar  tizimi  nazariy  metodologik  bazis  sifatida  namoyon  bo’lib, 

mazkur  bazis  asosida  pedagogik  texnologiyaning  konseptual  modelini  qurish 

imkoniyatlari  aniqlanadi.  Ta’lim  majmuining  konseptual  tahlili  quyidagi 

xulosalarni  chiqarish  imkonini  beradi.  Har  qanday  texnologiya  negizida  mehnat 

faoliyati  ko’rinishidagi  o’zaro  jamoaviy  ta’sir  yotadi.  Texnologiya  mehnat 

jarayonining  o’ziga  singdiriladi.  Pedagogik  texnologiyaning  pedagogik  jarayonni 

amalga  oshirish  shakli  sifatidagi  mohiyati  pedagogik  faoliyat  sohasida  namoyon 

bo’ladi.  Insonning  ongi  jamoaviy  o’zaro  ta’sir  in’ikosining  ideal  shakli  hamda 

dialektik  qarama-qarshiligini  ifoda  etib,  o’zgartirilgan  mehnat  sifatida  namoyon 

bo’ladi. Pedagogik texnologiya pedagogik amaliyotda namoyon bo’ladi. 

Pedagogik  texnologiya  ijtimoiy  texnologiyadan  ajralib  chiqib,  o’z 

taraqqiyotida  shartli  jamoaviy  repetitsiyaviy  (mashqlantiruvchi)  refleks  bosqichini 

bosib o’tgan holda, asosiy texnologik o’zaro ta’sirlarni maqsadga muvofiq tarzda 

takrorlovchi  harakat  va  operasiyalar  tizimiga  ajratadi.  Bundan  kuzatilgan  maqsad 

ijtimoiy  ongni  mustahkamlash  va  to’plangan  tajribanin  yangi  avlodlarga 

yetkazishdan iborat bo’lib, uning predmeti esa ideallashtirilgan tavsifga ega. 

Pedagogik  texnologiya  mohiyatining  umumiy  jihatlari,  shakl  va  mazmuni, 

qarama-qarshiliklar  tizimi,  miqdoriy  va  sifat  o’zgarishlari  dialektikasi,  qurilishi, 

amal  qilishi  va  rivojlanishining  umumiy  qonun  va  qonuniyatlari  texnologiyaning 

umumfalsafiy  konsepsiyasi  doirasida  muvaffaqiyatli  ravishda  ko’rib  chiqilishi 

mumkin.  Uning  harakat  mantiqi  moddiy  ishlab  chiqarish  sohasidagi  yuqorida 

ko’rib  chiqilgan  qonuniyatlar,  uning  dialektik  qarama-qarshi  jihati  bo’lgan- 



 

ma’naviy  ishlab  chiqarish,  shuningdek,  ta’lim  sohasi  qonuniyatlarini  ko’chirish 



jarayonini aks ettirishdan iborat. 

Pedagogik  texnologiya  nazariy  negizga  ega,  zero  asl  texnologiya  o’zining 

mustahkam  ilmiy-nazariy  poydevoriga  asoslanadi.  Buning  uchun  ularga  uzluksiz 

ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur. Shu sababli, 

ta’lim  jarayonini  texnologiyalashtirish,  aniq  vazifalarni  qo’ygan  holda,  dars 

mashg’ulotlarinining  usul  va  vositalarini  to’g’ri  tanlash  orqali  shaxsning 

intellektual  salohiyati  va  ijodiy  qobiliyatini  rivojlantirish,  jamiyatdagi  har  bir 

fuqaroning bilim va malakasini oshirish, tezkor ta’lim uchun shart-sharoit yaratish 

mumkin. 

Yurtimiz  Istiqlolga  erishgan  dastlabki  kunlardan  boshlab  ta’lim  sohasiga 

yyetarlicha  davlat  e’tibori  qaratildi.  Istiqlolni  mustahkamlashda  ta’lim  sohasining 

xizmatlari  albatta,  kattadir.  Hozirgi  kunda  Mustaqil  O’zbekistonimizning  jahon 

hamjamiyatining  teng  huquqli  suveren  davlati  sifatidagi  yutuqlari  qit’alar  osha 

dunyoning  turli  mintaqalariga  yetib  bormoqda.  Hozirgi  paytda  xalqimiz  oldida 

turgan 

eng 


muhim 

vazifa 


Mustaqilligimizning 

iqtisodiy 

poydevorini 

mustahkamlab,  mamlakatimizni  jahonning  eng  ilg’or,  rivojlangan  demokratik 

davlatlari  qatoridan  joy  olishdir.  Bunday  vazifalarni  bajarish  “Kadrlar  tayyorlash 

milliy  modeli”  ni  amalga  oshirishning  bosqichlarida  belgilangan,  kelajakdagi 

istiqboli esa Prezidentimiz tomonidan ilmiy asoslab berilgan. Oldimizga qo’yilgan 

bunday  vazifalarni  amalga  oshirishda  uzluksiz  ta’lim  sistemasining  Oliy  ta’lim 

bosqichining ahamiyati keskin ortishi shubhasizdir. 

Ta’lim kishining butun hayot yo’li davomida zarur bo’ladigan ko’nikma va 

madaniy  saviyasini  yuksaltirib  boradi,  bilimga  intilish  va  ilmiy  dunyoqarashni 

shakllantirishga  olib  keladi.  Shunday  ekan,  bizning  asosiy  vazifa  yoshlarning 

intellektual  salohiyatga  ega  bo’lishlarini  ta’minlash,  ularni  har  tomonlama 

dunyoviy  va  ilmiy  bilimlar  bilan  qurollantirish  hamda  ajdodlarga  munosib 

bo’lishlarini  ta’minlashdan  iboratdir.  Yoshlarning  intellektual  salohiyatini  yuqori 

darajaga  ko’tarishda  ta’lim  berayotgan  o’qituvchilarning  dunyoviy  va  zamonaviy 

bilim,  ko’nikma  va  yuqori  malakalarga  ega  bo’lishlarini  bugungi  kun  taqozo 


 

etmoqda. Bu esa ta’lim sohasiga zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni 



o’tgan etishni, o’quv jarayonining metodik ta’minotini yanada rivojlantirishni talab 

etadi. Bu vazifani amalga oshirish esa, ta’lim tizimida talabalarni kasbiy faoliyatga 

mukammal tayyorlash talablarini bajarilishiga bog’liq. 

Demak,  Ilmiy  texnikaviy  taraqqiyot  ishlab  chiqarishning  ko’p  sonli 

tarmoqlari bilan bir qatorda ta’lim sohasiga ham zamonaviy ilg’or texnologiyalarni 

qo’llash zarurati “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ham e’tirof etildi. 

Ta’lim  texnologiyalarni  qo’llash  natijasida  milliy  g’oyaga  sodiq,  yyetarli 

intellektual salohiyatga ega, ilm-fanning zamonaviy yutuqlari asosida mustaqil fikr 

yurita  oladigan  yuqori  malakali  talabalarni  tayyorlash  bilan  birga  ularning 

faolligini  oshirish,  bilish  faoliyatini  va  ijodiy  izlanishlarini  rivojlantirish  asosida 

fanni mukammal o’zlashtirib olish samaradorligiga erishish mumkin bo’ladi.   

Kimyo fani ushbu kunda kishilik jamiyatiga chuqur kirib borayotganligidan 

dalolat beribgina qolmay, balki fanni keng ommaga targ’ib etish, o’rganishni ham 

taqozo  etmoqda.  Bu  albatta,  keyingi  vaqtlarda  fanning  jadal  rivoji  va  tobora 

ijtimoiy hayotga kirib kelishidan hamda ommaviylashib borayotganligidan dalolat 

beradi.  Bunga  hech  shubha  yo’q.  albatta.  Shunday  ekan,  asosiy  vazifa  – 

yoshlarning  intellektual  salohiyatga  ega  bo’lishlarini  ta’minlash,  ularni  har 

tomonlama  dunyoviy  va  ilmiy  bilimlar  bilan  qurollantirish  hamda  ajdodlarga 

munosib bo’lishlarini ta’minlashdan iboratdir. Yoshlarning intellektual salohiyatini 

yuqori  darajaga  ko’tarishda  ta’lim  berayotgan  o’qituvchilarning  dunyoviy  va 

zamonaviy  bilim,  ko’nikma  va  yuqori  malakalarga  ega  bo’lishlarini  bugungi  kun 

taqozo  etmoqda.  Bu  vazifani  amalga  oshirishda  ta’lim  tizimida  o’tgan  etilayotgan 

islohotlarning  natijasida  ta’lim  jarayonini  ilg’or  pedagogik  va  axborot 

texnologiyalari  asosida  tashkil  etishda  alohida  ahamiyat  berilmog’i  kerak.  Ta’lim 

texnologiyalarni qo’llash natijasida talabaning faolligini oshirish, bilish faoliyatini 

rivojlantirish, ijodiy izlanishlarni rivojlanishi asosida fanni mukammal o’zlashtirib 

olish samaradorligiga erishish mumkin bo’ladi. 

Ayni  paytda  mamlakatimiz  ta’lim  tizimida  “Kadrlar  tayyorlash  milliy 

dasturi”  ning  rivojlanish  bosqichi  davom  etmoqda.  Ushbu  bosqichdagi  asosiy 


 

vazifa  –  to’plagan  tajribalarni  tahlil  etish  va  umumlashtirish  asosida  mamlakatni 



ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  istiqbollariga  muvofiq  kadrlar  tayyorlash  tizimini 

takomillashtirish  va  rivojlantirish,  ta’lim  muassasalarining  resurs,  kadrlar  va 

axborot  bazalarini  yanada  mustahkamlash,  o’quv  tarbiya  jarayonini  yangi  o’quv 

uslubiy  majmualar,  ilg’or  pedagogik  texnologiyalar  bilan  to’liq  ta’minlashdan 

iboratdir, bu esa bugungi kun uchun zarur va dolzarb vazifa hisoblanadi.  

Tadqiqot ob’yekti va predmetining belgilanishi:

  Yuqoridagi  dolzarblikni 

yechishda, biz tadqiqot ob’yekti sifatida  Fizik-kimyoviy tahlil usullari   mavzusini 

tanladi, mavzusni o’qitishda axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish 

usuli  tadqiqot  predmeti qilib olindi. 

        Tadqiqot  maqsadi  va  vazifalari:  Tadqiqotni  amalga  oshirish  uchun       

quyidagicha maqsad qo’yildi, dastlab Fizik-kimyoviy tahlil usullari haqida chuqur 

ma’lumot  to’plash  va  uni  o’qitishda  axborot  va  kompyuter  texnologiyalarini 

qo’llash usullarini tanlash. Qo’yilgan maqsadni amalga oshirishda qator vazifalar 

belgilandi: 

  Fizik-kimyoviy tahlil usullari haqida ma’lumot to’plash.  



  Fizik-kimyoviy  tahlil  usullari  va  ularning  sanoatdagi,  fandagi 

ahamiyatini o’rganish. 

 



Mavzuni o’qitishda ta’lim usuli va vositalarini tanlash. 

 



Mavzu  bo’yicha  axborot  va  kompyuter  texnologiyalaridan 

foydalanilgandars ishlanmasini tuzish. 



Tadqiqotning  asosiy  masalalari  va  farazlari:    Tadqiqotning  asosiy 

masalasi  Fizik-kimyoviy  tahlil  usullari  mavzusini  o’qitishda  zamonaviy  axborot 

va kompyuter texnologiyalarini  tadbiq etish, agar ushbu usul ta’lim jarayonlariga  

keng qo’llanilsa o’quvchilarning fanga qiziqishlari yanada ortishi mumkin. 



Mavzu  bo’yicha  qisqacha  adabiyotlar  tahlili: 

Ushbu    sohada  bajarilgan 

ishlar  bilan  (dissertatsiyalar,  adabiyotlar)  tanishish  borasida  quyidagi  xulosaga 

keldim, hozirga qadar zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o’qitish usullari 

va  vositalarini  tanlash  borasida  ko’p  ishlar  amalga  oshirilgan  va  bu  ishlar  davom 

etmoqda,  ammo  aynan  kompyuter  texnologiyasidan  foydalanilgan  ishlar  bilan 



 

tanisha  olmadim,    mening  tadqiqot  ishim    shu  sohada  bajarilgan  yangi  ish 



hisoblanadi. 

Tadqiqotda  qo’llanilgan  uslublarning  qisqacha  tavsifi:    Tadqiqot  ishimda 

axborot va kompyuter texnologiyalarni qo’llab, zamonaviy pedagogik  usullardan 

foydalandim. 

Tadqiqot  natijalarining  nazariy  va  amaliy  ahamiyati:    Agar

  tadqiqot 

natijalari amalda joriy qilinsa, ushbu mavzu o’rganiladigan kasb-hunar kollejlarida, 

oliy  o’quv  yurtlarida    kimyo  fanini  o’qitishda  qulaylik  tug’diradi,  ta’lim  sohasida 

ijobiy o’zgarishlar bo’ladi, o’quvchilarni kasbga qiziqishi ortadi. 

  

Tadqiqoqtning  ilmiy  yangiligi:  Tadqiqotda  axborot  va  kompyuter 

texnologiyalaridan  foydalanilgan  innovatsion  pedagogik  texnologiyalar  asosida 

yangi  dars  ishlanmasi  taklif  etildi.  Fizik-kimyoviy  tahlil  usullari  haqida  kerakli 

ma’lumotlar berildi, shu mavzuni  o’rganishda  yangi axborot  texnologiyalari joriy 

qilingan dars taqdimoti berildi. 

Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi. Dissertatsiya  kirish, uchta bob, 

adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat bo’lib,     

betdan iborat

.  


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



I  Bob. Fizik – kimyoviy  tahlil   usullari 



1. Fizik – kimyoviy   tahlilning  optik  usullari 

Moddalarning  tuzilishi  va  ularning  reaksuyaga  kirishish  qobiliyatini 

o’rganish  bilan  bog’liq  muhim  masalalar  kimyo  fanining  rivojlanishidagi  asosiy 

omillardan  hisoblanadi.  Ma’lumki,  moddalarning  tuzilishi  va  ularning  fazoviy 

holatlari  bir  qancha  klassik  usullar:  oksidlanish-qaytarilish,  degidrogenlash 

reaksiyalari va turli xil hosilalarini olish orqali o’rganilib kelingan va shuning bilan 

bir  qatordaa  ularning  fizikaviy  doimiyliklari  ham  aniqlanib,  ma’lum  kerakli 

ma’lumotlar  olinishiga erishilgan, ammo bu usullar  yordamida masalani hal etish 

uzoq vaqtni va moddani yetarli miqdorda bo’lishligini talab etadi. Adabiyotlardan 

olingan  ma’lumotlarga  binoan,  sinxona  daraxti  po’stlog’idan  ajratib  olingan 

biologik  faol  modda-xinin  alkaloidining  tuzilishini  aniqlashga  100  yildan  ortiq 

vaqt  sarf  bo’lgan,  aynan  shunday  misollarni  kimyo  fanidan  bir  qanchsini  keltirish 

mumkin.  Kimyo  fanining  juda  ko’p  nazariy  masalalarini  aniq,  tezkorlik  bilan  hal 

etishda fizikaviy usullar o’zining o’rni bilan ajralib turadi.  

Fizik-kimyoviy usullarni quyidagi masalalarni hal etishda ishlatish mumkin: 

  Reaksiya  mahsulotlari  va  reaksion  aralshmaning  tarkibini  sifat  va 



miqdoriy tahlil qilish; 

 



Tajribada  olingan  moddalarning  molekulyar  tuzilishining  to’g’riligi 

haqida xulosa qilish; 

  Molekulalarning  geometrik  parametrlarini  miqdoriy  baholash  va 



molekulada atomlarning fazoviy joylanishini aniqlash; 

  Molekulaning 



dinamik 

xossalarini 

tekshirish, 

atomlarning 

harakatchanligini  o’rganish  va  bunga  to’siq  bo’ladigan  holatlarni 

bilish; 


  Molekuladagi 

atomlarning 

va 


atom 

guruhlarining 

o’zaro 

ta’sirlanishlarini baholash; 



  Reaksiyalar  kinetikasi  va  mexanizmini,  hamda  oraliq  moddalarning 

tuzilishini o’rganish. 


 

Fizik-kimyoviy  usullarning  rivojlanishi  va  ular  yordamida  moddalarning 



tuzilishi  bilan  bog’liq  bo’lgan  masalalarni  hal  etishdagi  muammolar  asosan  XX 

asrga  to’g’ri  kelib,  keng  miqyosda  amaliyotga  ishlatilishi  esa  1950  yillardan 

boshlanadi. 

Fizik-kimyoviy  usullarning  rivojlanishida  rus  olimlaridan  akademiklar: 

V.I.Goldanskiy, Yu.N.Molin, E.T.Lipmaa, akademiya muxbir a’zosi V.L.Tolpoze 

va professorlar T. Aleksanyan, Yu.D. Buchachenko, Yu.Ustinyuk va boshqa  yirik 

olimlar o’z hissalarini qo’shganlar.  

Respublikamizda fizik-kimyoviy usullar yordamida moddalarning tuzilishini 

o’rganish  bilan  bo’g’liq  bo’lgan  muhim  masalalarni  o’rganishda  akademiklar: 

O.S.Sodiqov, 

T.F.Oripov, 

professorlar: 

X.A.Aslonov, 

V.B.Leontyev, 

Yu.T.Toshpo’lativ,  M.R.Yagudayev    va  bir  qancha  olimlar  hissa  qo’shganlar 

hamda ilmiy maqolalar chop etganlar.  

Hozirgi  vaqtda  kimyoning  turli  sohalarida  sifat  va  miqdoriy  tahlillarni 

o`tkazishda  optik  tahlil  usullarining  ahamiyati  ortib  bormoqda.  Chunki  bu  usullar 

o`zining  umumiyligi,  sеzgirligi,  ayrim  moddalarning  to`g`ridan-to`g`ri    aniqlash 

imkoniyatiga 

egaligi 

eksprеsligi 

(tahlil 

o`tkazish 

vaqtining 

qisqaligi), 

avtomatlashtirilganligi bilan ajralib turadi. 

Optik  tahlil  usullari  fizik–kimyoviy  usullarning  bir  qismi  bo`lib,  nur 

enеrgiyasining  tahlil  qilinadigan  modda  bilan  o`zaro  ta'sirini  o`rganishga 

asoslangan. Optik tahlil usullari quyidagi qismlarga bo`linadi: 

1.  Nurni yutilishiga asoslangan usullar. 

2.  Nurning chiqarilishiga asoslangan usullar. 

Birinchi qismga kiradigan usullar bu:  

   Fotomеtrik 



   Kinеtik  

   Emission spеktral tahlil  



   Atom- absorbsion  

   Aktivatsion  



   Mass-spеktral tahlil usullari. 



 

10 


Ikkinchi qismga kiradigan usullar bu: 

   Fluorimеtrik 



   Rеntgеno–fluorеstsеnt  

   Emission-spеktral tahlil usullari. 



Nurning  yutilishi  yoki  chiqarilishiga  asoslangan  tahlil  usullari  optik  tahlil 

usullari  dеyiladi.  Tahlilning  optik  usullari,fizik-kimyoviy  usullarning  bir  qismi 

bo`lib,  nur  enеrgiyasining  tahlil  qilinadigan  modda  bilan  o`zaro  ta'sirini 

o`rganishga asoslangan.  

Ma'lumki 

mikrozarrachalarning 

ichki 

enеrgiyasi 



asosan 

ularning 

(atom,molеkula)  yaxlit  butun  holdagi  aylanma  enеrgiyasi,  yadrolarning  tеbranma 

enеrgiyasi  va  elеktronlarning  atom  yadrolari  va  boshqa  elеktronlar  ta'sirida 

yaratilgan elеktrostatik maydondagi harakat enеrgiyasi yig`indisidan iborat.  

Shuning uchun ma'lum bir enеrgеtik sathda molеkulaning umumiy enеrgiyasi,  

Еel>>Еtеbr>Еayl  dan  iborat  bo`ladi.  Miqdor  jihatdan  bu  enеrgеtik  sathlar 

quyidagicha joylashgan bo`ladi: 

 

 

Molеkulaning enеrgеtik sathlari. 



Еel>>Еtеbr>Еayl

 

Molеkulaning  enеrgеtik  sathlarining  rasmdagidеk  ifodalash  mumkin. 



Molеkulaning  eng  pastki  Е

elеktron  holati-asosiy  holat  dеyiladi.  Е



1

,  Е


2

,  holatlar 

esa  I,  II,  III  qo`zg`algan  holatlar  dеyiladi.  Bitta  mikrozarrachaga  1-asosiy  va  bir 

nеcha qo`zg`algan elеktron -enеrgеtik sathlar to`g`ri kеladi.  



 

11 


Bitta elеktron enеrgеtik sathga bir asosiy va bir nеcha qo`zg`algan tеbranma 

enеrgеtik sathlar to`g`ri kеladi. Bitta tеbranma enеrgеtik sathga bitta asosiy  va bir 

nеcha  qo`zg`algan  aylanma  enеrgеtik  sathlar  to`g`ri  kеladi.  Mikrozarrachalar 

(atom, molеkula) tashqaridan biror enеrgеtik ta'sir bo`lmasa, ular eng pastki asosiy 

enеrgеtik  holatga  joylashadi.  Molеkulalar  ma'lum  bir  nurlarni  yutadigan  bo`lsa 

ularning enеrgiyasi ortadi va pastki enеrgеtik sath [E

0

] dan yuqori enеrgеtik sathlar 



1

)  ga  o`tadi.  Mikrozarrachalarning  ichki  enеrgiyasining  qiymati  uzluksiz 



o`zgarmasdan,  ular  ma'lum  bir  diskrеt  kvantlangan  enеrgеtik  holatlarnigina  qabul 

qila  oladi.  Nur  enеrgiyasining  yutilishi  uchun  shu  nur  kvantining  enеrgiyasi 

kvantlangan holatlar enеrgiyasining farqiga tеng bo`lishi kеrak: 

Е=Е



1

0



< hv= 

Elеktronning enеrgеtik o`tishi yuz bеrganda (10-8-10-13 sеk) enеrgеtik jihatdan bu 

holat  eng  katta  bo`lgani  uchun  ,  birgalikda  tеbranma  va  aylanma  o`tishlar  ham 

sodir bo`ladi. Asosan shu sababdan, molеkulalar yutilish spеktirida chiziqlar emas 

yo`laklarni  (polasa)  kuzatish  mumkin.  Nurning  yutilish  intеnsivligi,  pastki 

enеrgеtik  holatda  joylashgan  molеkulalar  soniga,  o`tish  ehtimolligiga  va 

molеkulaning  o`lchamiga  (katta-kichikligi)ga  bog`liq.  Har  qanday  elеktromagnit 

nur quyidagi qiymatlar bilan xaraktеrlanadi. 

Е



h



 - foton enеrgiyasi, e.v 

    



 - to`lqin uzunligi, nm, A



   




с





-chastota, bir sеkundda sodir bo`ladigan tеbranishlar soni sеk-1 

   




1





-to`lqin soni, 1 sm masofaga to`g`ri kеladigan tеbranishlar soni sm-1. 

To`lqin  uzunligi  qarab,  elеktromagnit  nurlar  spеktral  sohalarga  bo`linadi. 

Mikrozarrachalar (atom, molеkula) tashqaridan biror enеrgеtik ta'sir bo`lmasa, ular 

eng  pastki  asosiy  enеrgеtik  holatga  joylashadi.  Molеkulalar  ma'lum  bir  nurlarni 

yutadigan bo`lsa ularning enеrgiyasi ortadi va pastki enеrgеtik sath (E

0

) dan yuqori 



enеrgеtik sathlar (Е

1

) ga o`tadi. 



Optik  spеktroskopiya  asoslari:  Optik  tahlil  usullari  kimyoviy  tadqiqotlarda  kеng 

tarqalgan  va  amaliy  jihatdan  katta  ahamiyatga  ega.  Hozirgi  zamon  optik  tahlil 

usullarida aniqlanayotgan moddani fizik yoki fizik–kimyoviy xossalari (matеmatik 


 

12 


yoki  grafik  bog`liqligi)  o`rganiladi.  Eng  asosiysi  kimyoviy  tahlilda  bu  to`g`ri 

usulni  tanlash,  analitikning  malakasiga  bog`liq.  Har  bir  usulni  ishlatish  uchun 

usulning afzalligini, kamchiligini va mеtrologik xususiyatlarini bilish kеrak (bu 1-

jadvalda keltirilgan).  

Elеktromagnit  nurlarning  yutilishi  molеkulalarning  umumiy  xossasi 

hisoblanadi,  ammo  yutilish  hodisasi  tanlash  xususiyatiga  egadir,  ya'ni  ma'lum 

to`lqin  uzunligidagi  nurlar  molеkula  tomonidan  kuchli  yutilishi  mumkin,  boshqa 

to`lqin  uzunligidagi  nurlar  esa  kuchsiz  yoki  butunlay  yutilmasligi  mumkin. 

Yutilish  doirasi  spеktr  chizig`i  dеyiladi.  Spеktr  chiziqlarining  umumiy  yig`indisi 

yutilish spеktri dеyiladi . 

1-jadval 


Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish