metodikasi fani bo`yicha O.Mo`minov, M.Nabixonov, P.G`ulomov, P. Musayev,
R.Qurbonniyozov, A.Hayitov, O`.Safarov kabi olimllarning ilmiy tadqiqot
gegrafiya fani oldida turgan dolzarb muamolar,gegografiya fanini o`qitilishida
qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar,fanni ishlab chiqarish bilan bog’liq
6
BMI ning maqsadi. Mеn ushbu bitiruv malakaviy ishimda umumta'lim
maktablarining 9- sinfida Jahon mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy
gеografiyasi fanida bеrilgan “Jahon tabiiy resuslari” mavzusini o`qitishda
gеografiya ta'limida qo`llaniladigan mеtodlardan foydalanilgan holda yozishga
harakat qildim. Bundan tashqari Navoiy shahridagi 12-son umumta’lim maktabida
pedagogik amaliyoti davomida o`zlashtirilgan ko`nikma va tajribalarimga tayangan
holda mavzuni o`qitishda qo`llaniladigan ko`rgazmali qurollar, kartalar, jadvallar,
grafiklardan foydalanish yo`llarini yoritishga harakat qildim. Mavzuni o`qitishda
yangi pеdagogik tеxnologiyalaridan, yangi axborotlarni to`plash, intеrnеt tizimi,
gazеta-jurnallardan foydalangan holda ularni tahlil qilishga harakat qildim.
BMI ning vazifasi. Jahon mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy
gеografiyasi kursi Mamlakatimiz umumta’lim maktablarida geografiya fanini
mukammal o`rganishda muhim o`rin tutadi. O`z mazmuni va mohiyatiga ko`ra
ilmiy-nazariy, amaliy va ta’limiy ahamiyatga ega bo`lgan bu kursning
o`rganilishidan maqsad o`quvchilarga jahon mamlakatlarining tabiiy sharoiti va
resurslari haqida keng ma’lumot berish, ulardan oqilona foydalanish yo`llarini
ko`rsatish, tabiiy resurslarni jahon bozoridagi o`rnini ko`rsatishdan iborat. Jahon
tabiiy resurslari geografiyasi mavzusi o’quvchilarga ushbu mavzu haqida umumiy
bilimlar beradi. O’quvchilar mavzuni o’rganish jarayonida jamiyat tabiatning
o’zaro aloqasi, jahon tabiiy resurslari, regionlarning resurslar bilan ta’minlanganlik
darajasi, atrof-muhitning ifloslanishi kabi bilimlar tizimini egallaydilar. Mavzuning
asosiy maqsadlaridan biri, o’quvchilarni tabiiy resurslar tiplari va atrof-muhitni
antropogen ifloslanishi, ekologik siyosat, tabiatdan foydalanish masalalarini hal
etish yo’llari kabi bilimlarni egallaydilar. Bu vazifalarni amalga oshirishda
quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
- Jahon tabiiy resurslarni geografik joylashuvi, bu resurslardan ishlab chiqarish
jarayonida foydalanish masalalari;
7
-Tabiiy resurslardan foydalanishni ekologik jihatlarini hududiy tahlil
qilish;
-O`rganilayotgan kursga oid qo`shimcha adabiyot va kartalar bilan ishlash
usullarini o`rgatish.
- O`quvchilarda nazariy bilimlarni shakllanishga alohida e’tibor qaratish;
-O`quvchilarning
geografik
bilimlarni
oson,
tez
va
mustahkam
o`zlashtirishlariga imkon beradigan o`qitish usullaridan foydalanish;
-O`qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan, ayniqsa interaktiv usullardan
keng foydalanishga e’tibor qaratildi.
Malakaviy bitiruv ishini yozishda mеnga yaqindan yordam bеrgan
Gеografiya va uni o`qitish metodikasi kafеdrasi profеssor-o`qituvchilariga o`zimni
minnatdorchiligimni
bildiraman.
Bitiruv
ishini
kеlgusida
umumta'lim
maktablarining 8-sinfida O`zbеkiston iqtisodiy va ijtimoiy gеografiyasi fanidan
o`tiladigan mavzularida foydalanishga harakat qilaman.
Do'stlaringiz bilan baham: