Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti geografiya o



Download 8,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/199
Sana01.01.2022
Hajmi8,48 Mb.
#299601
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   199
Bog'liq
topografiya va kartografiya asoslari

Geografik globus
 
Globus  yer  yuzasining  sharda  kichraytirilib  tasvirlangan  modelidir.  Yer 
ellipsoidi  mayda  masshtabdagi  tasvirida  globusdan  juda  kam  farq  qilib,  bu  farq 
amalda  sezilmaydi.  Globuslar  har  xil  mazmunga  ega:  geografik  globus,  siyosiy-
ma’muriy globus, induksion globus (qora rangda) va amaliy ishlar bajarish uchun 
mo`ljallangan  proyeksion  globuslar  bo`ladi.  Odatdagi  globuslarimizning  sirti 
silliq  bo`ladi.  Lekin  hozirgi  vaqtda  rel’efli  globuslar  ham  mavjud  bo`lib,  Yer 
sharining rel’efini o`rganishda katta ahamiyatga ega. Globusda qutblar, meridian 
va parallellar, ekvator chizig`i to`g`ri shaklda tasvirlangan. 
Shimoliy  hamda  janubiy  geografik  qutblarni  birlashtiradigan  va  muayyan 
nuqtadan o`tgan, parallellar bilan tutashib 90
0
 li burchak hosil qiladigan chiziqlar 
meridianlar 
deyiladi (meridianlarni har bir minutdan, har bir  gradusdan o`tkazsa 
ham  bo`ladi).  Meridianlar  globusda  har  10
0
  yoki  15
0
  dan  o`tkazilib,  qiymatlari 
ekvator  chizig`iga  yozilib  qo`yiladi.  Ekvatordan  bir  xil  uzoqlikda  joylashgan 
nuqtalarni  birlashtiruvchi  chiziqlarga 
parallellar
  deyiladi.  Eng  katta  parallel 
ekvator,  u  yer  sharini  teng  ikkiga,  ya’ni  shimoliy  va  janubiy  yarim  sharlarga 


bo`lib  turadi.  Parallelar har 10
0
 dan o`tkazilib, ularning qiymatlari 0
0
 yoki 180
0
 li 
meridianda yozilgan bo`ladi. 
 
Globusni yasash uchun yer yuzasi 12 ta meridional bo`laklarga (tilimlarga) 
bo`linib, so`ng tayyor sharga yopishtiriladi. 
 
Globus  geografiya  darslarida  (ayniqsa  5  sinfda)  juda  zarur  ko`rgazmali 
qurol  bo`lib,  Yerning  quyidagi  xususiyatlarini  aks  ettiradi:  I)  Yer  shar  shaklda 
(o`ziga  o`xshash  geometrik  shaklda) 
tasvirlanadi;  2)  Yer  yuzasining  geografik 
jihatdan 
o`zaro 
joylanish 
holatlari 
to`g`risida 
tasavvur 
beriladi. 
Yer 
yuzasining  ayrim  bo`laklari  (materiklar, 
okeanlar,  dengiz  va  ko`llar)ning  bir-biriga 
nisbatan  joylashishi  haqida  ham  aniq 
tasavvur beradi. 3) Yer yuzasining hamma 
joyi maydon  va shakllar o`zgartirilmasdan 
tasvirlanadi; 4)  Globus  yuzasining hamma 
joyida  masshtab  bir  xilda  bo`ladi;  5)  Yer 
yuzasidagi  hamma  burchaklar  aynan 
tasvirlanadi, meridian va parallellar o`zaro 
kesishib to`g`ri burchak hosil qiladi. 
 
Globusdan  quyidagi  ma’lumotlar 
olinadi,  ya’ni  javob  topishda  foydalanish 
mumkin;  1)  Yer  sharining  umumiy 
ko`rinishi 
haqida; 
2) 
Yerning 
sharsimonligi;  3)  Yerning  kattaligi  va 
shakli  haqida  tasavvur  hosil  qilishda;  4) 
Yerning  kattaligiga  nisbatan  tizma  tog`lar 
balandligini  taqqoslashda;  5)  Qutblar, 
ekvator,  meridian  va  parallellarning  ko`rinishi  to`g`risida;  6)  Graduslar  to`ri 
to`g`risida;  7)  Yarim  sharlarning  shimoliy  va  janubiy  ko`rinishini  aniqlashda;  8. 
Globusdagi  nuqtalarning  kenglik  va  uzoqliklarini  topishda,  ya’ni  geografik 
koordinatalarni  aniqlashda;  9)  Qutblarda  yo`nalishlarni  aniqlashda;  10)  Gorizont 
tushunchasi  va  yer  yuzasidan  ko`tarilgan  sari  gorizont  chizig`ining  kengayishi 
to`g`risida;  11)  Har  xil  kengliklarda  quyosh  nurlarining  tushish  burchagini 
aniqlashda;  12)  Tropiklar  va  qutbiy  doiralarini  ko`rsatishda;  13)  Yer  sharining 
issiqlik  poyaslarini  ko`rsatishda;  14)  Yerning  sutkalik  aylanishini  ko`rsatishda; 
15) Yerning quyosh atrofida aylanishi to`g`risida tasavvur hosil qilishda; 16) Yer 
o`qining  orbita  tekisligiga  nisbatan  qiyaligini  ko`rsatishda;  17)  Yil  fasllarining 
hosil  bo`lishi  haqida  tasavvur  hosil  qilishda;  18)  Joyda  gorizont  tomonlarini 
aniqlash, oriyentir olish va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin. 
 
Globus  okeanlar,  materiklar,  orollar,  dengizlar,  ko`llar  va  daryolarning 
katta-kichikliklari, ularning shakllarini taqqoslashda juda zarur ko`rgazmali qurol 
hisoblanadi.  Globus  dunyo  aylanasida  qilingan  sayohatlarni  ko`rsatishda, 
mamlakatlarning  yer  yuzasidagi  o`rnini,  ularning  maydonini  taqqoslashda  ham 
muhim ahamiyatga egadir. 
 
Geografik globus



 
Globusga  qarab  yer  yuzasidagi  ikki  nuqta  orasidagi  eng  yaqin  masofa 
bo`lgan 
ortodromiyani
,  globusdagi  hamma  meridianlarni  bir  xil  burchak  bilan 
kesib  o`tadigan 
loksodromiyani
  aniqlash  mumkin.  Ekvator  va  parallellar 
loksodromiya hisoblanadi va hamma meridianlarni 90
0
 burchak bilan kesadi.  
 
Globusdagi  va kartadagi  ortodromiyani kesib  o`tgan  geografik  ob’ektlarni 
taqqoslasak  ular  boshqa-boshqa  joylardan  o`tganligini  ko`rasiz.  Bu  esa  kartada 
yo`l  qo`yilgan  xatolik  natijasidir.  Odatda,  samolyotlar  ortodromiya  chizig`i 
bo`yicha harakat qiladi. 
 
 

Download 8,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish