Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti geografiya o



Download 8,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/199
Sana01.01.2022
Hajmi8,48 Mb.
#299601
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   199
Bog'liq
topografiya va kartografiya asoslari

O`quv atlaslari 
Kartografik  asarlar  ichida  o`quv  atlaslari  alohida  o`rin  egallaydi.  O`quv 
atlaslari  2  xil  bo`ladi:  o`rta  maktablarda  geografiya  fanini  o`qitish  uchun 
mo`ljallangan o`quv atalslari va o`quv-o`lkashunoslik atlaslari. 
4-sinflar  uchun  “Tabiatshunoslik”  faniga  mo`ljallangan  atlas  bo`lib, 
geografiya  to`g`risida  dastlabki  ma’lumotlar  tasvirlangan.  Unda  shartli  belgi, 
plan, karta, atlas to`g`risida tushunchalar berilgan. 
5-sinf  atlasida,  geografyani  asosi  bo`lgan  umumgeografik  manbalar, 
kartada  maxsus  belgi-modellar  yordamida  tasvirlangan.  Atlasda  qisqacha  plan 
olishni  bajarish,  meridian  va  parallellar,  ularni  globusda  tasvirlanishi,  geografik 
globus bilan geografik kartaning farqlari haqida ma’lumot berilgan. O`quvchilar 
globus bilan yarim sharlar kartasi orasidagi o`xshashlik va farqlarni atlasdan bilib 
olishlari mumkin. 
6-sinfda  ishlatiladigan  atlas  materiklar  va  okeanlar  atlasi  bo`lib,  u  asosan 
materiklar va okeanlarning tabiiy geografiyasini o`rganishga mo`ljallangan. 6-sinf 
atlasi Yer sharini bir butun shaklda va materik hamda okeanlarga bo`lib o`rganish 
mumkinligini  va  ularning  rel’yefi,  geologiyasini,  tuproqlari,  o`simliklari,  iqlimi, 
hayvonot dunyosi va aholisi to`g`risida ko`rgazmali shaklda ma’lumot beradi. 


7-sinfda  O`rta  Osiyo  va  O`zbekistonning  tabiiy  geografiyasini  o`rganishga 
bag`ishlangan  atlas  yaratilishi  zarur.  Bu  atlasda  geografik  kartalar  bilan  birga 
topografik  karta,  uning  elementlari  va  shartli  belgilari  berilishi,  yquvchilar  bu 
atlasga qarab amaliy mashg`ulotlar bajarishlari kerak.  
Atlasda O`rta Osiyo tabiiy geografiyasiga tegishli, tabiiy geografik kartalar 
hamda 
O`zbekiston 
hududining 
tabiiy 
geografik, 
geologik, 
tektonik, 
geomorfologik,  iqlim,  tuproq,  o`simlik,  hayvonot    dunyosi  va  tabiatni  muhofaza 
qilish  kartalari  berilib,  unda  qazilma  boyliklar  ham  o`z  ifodasini  topgan.  Bu 
atlasda mamlakatimizdagi tabiiy-geografik rayonlar alohida tasvirlangan. 
8-sinf  uchun  “O`zbekistonni  iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografik  atlasi”  da 
(Toshkent,  2000)  40  ga  yaqin  karta  berilgan.  Atlasda  sanoat  va  qishloq 
xo`jaligiga  tegishli  orginal  kartalar  ham  mavjud.  Lekin  umumiqtisodiy  kartasini 
yo`qligi  uning  asosiy  kamchiligidir.  Atlasda  iqtisodiy  geografik  rayonlar  kartasi 
ham o`z ifodasini topgan. 
9-sinf  uchun  mo`ljallangan  Dunyoning  ijtimoiy  va  iqitisodiy  geografik 
atlasi  (Toshkent,  2000),  jahon  iqtisodiy  geogrfiyasini  o`rganishda  asosiy 
qo`llanma bo`lib xizmat qilishi mumkin. 
Xorijiy  mamlakatlarning  yirik  kartograflar  fikricha  O`zbekistonda  milliy 
regional  atlas  kartografiyasi  maktabi  yaratilgan.  1963  yilda  yaratilgan 
O`zbekistonning  tabiiy  atlasi,  1980  yildagi  chop  etilgan  O`zbekiston  o`quv-
o`lkashunoslik  atlasi,  1983  va  1985  yillarda  nashr  qilingan  respublikamizning  2 
jildli  geografik  atlasi,  hamda  Toshkent  shahrining  2000  yillik  yubleyiga 
bag`ishlab chop etilgan  Toshkentning geografik atlaslari buning tastig`idir. 
Respublikamiz 
mustaqillikka 
erishgandan 
so`ng 
1999 
yilda 
“O`zbekistonning  geografik  atlasi”  chop  etildi.  Atlasda  56  karta  bor,  ularning 
juda  ko`plari  original  kartalardir.  Masalan,  unda  landshaftlar,  atrof  muhitni 
muhofaza  qilish,  Orol  dengizi,  mehnat  resurslari,  yoqilg`i  energetika  va  neft-
kimyo  sanoati  kartasi,  g`allachilik,  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  va  boshqa  kartalar. 
Shu bilan birga 8 ta tabiiy geografik rayonlar va 8 ta iqtisodiy geografik hududlar 
kartalari  berilgan.  Kartadagi  ochiq  joylar  karta  mazmunini  boyituvchi  tabiiy 
manzaralar va iqtisodiyotiga tegishli suratlar bilan bezatilgan. 
 

Download 8,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish