Yarim sharlar kartasining ko`ndalang azimutal stereografik proyeksiyada tasvirlanishi.
Materik kartalari uchun Lambertning qiyshiq gorizontal azimutal
proyeksiyasi qo`llaniladi. Yevropa, Osiyo, Yevrosiyo, Shimoliy Amerika,
Janubiy Amerika, Avstraliya va Okeaniya kartalari shu proyeksiyada tuziladi.
O`zbekistonni geografik atlasida (1999 y.) O`zbekiston Respublikasi
joylashgan hududni tasvirlash uchun Yevrosiyo tasvirlangan azimutal
gorizontal proyeksiya ishlatilgan. Yevropa kartasi uchun ba’zan to`g`ri konusli
proyeksiya ishlatiladi. Lambert proyeksiyasida markaziy nuqtalardan o`tgan
meridiangina to`g`ri chiziq shaklida berilib, qolganlari egri chiziqlar bilan
tasvirlangan.
Yevrosiyo materigini Lambertni qiyshiq gorizontal azimutal proyeksiyada tasvirlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: