Kartografik proyeksiyalarning tasnifi
Kartografik proyeksiyalar bir-birlariga bog`liq bo`lmagan xatoliklar va
kartografik to`rlarga qarab farq qiladi. Kartografik proyeksiyalar xatoliklariga
ko`ra teng burchakli, teng maydonli va ixtiyoriy proyeksiyalarga bo`linadi.
Ixtiyoriy
proyeksiyalarda
teng
oraliqlik
proyeksiyalar
ko`proq
qo`llaniladi.
а
б
Globus sirtidagi bitta meridianda yotgan
doiraning 2 xil ko`rinishi (
a
) va bitta
parallelda yotgan doiraning 2 xil ko`rinishi
(
b
), bunda ellipslarning o`zgarishi 2 xil
bo`lishi ko`rsatilgan.
Teng burchakli proyeksiyalarda
burchak xatoligi bo`lmaydi. Bunday
proyeksiyada tuzilgan
geografik kartalarning hamma joyidagi barcha
yo`nalishlarida burchaklar qiymati saqlanib qoladi. Kartada maydon va masofa
o`zgaradi. Ushbu rasmda tasvirlangan teng burchakli stereografik azimutal
proyeksiyada ekvatorda tasvirlangan xatosiz aylana ekvatordan uzoqlashgan sari
kattalashib, maydoni oshib boradi, lekin shakli o`zgarmaydi. Teng burchakli
proyeksiyalarda burchak aniqligi talab qilinadigan dengiz va aeronavigatsiya
kartalari tuziladi.
Teng maydonli proyeksiyalarda kartadagi maydon bilan yer yuzasidagi maydon
o`rtasidagi proporsionallik saqlanadi. Kartaning markazida tasvirlangan aylana
ramka chekkalariga borib ellipsga aylansa ham maydoni o`zgarmaydi.
Karta markazidagi aylana ramkaga borib
ellipsga aylanadi, maydon o`zgarmaydi
Xatoliklarni iloji boricha kamaytirish
maqsadida ixtiyoriy proyeksiyalardan
foydalaniladi.
Teng
burchakli
proyeksiyada burchak xatosi kamayadi,
maydon xatosi ortadi yoki aksincha
bo`ladi, ya’ni karta teng maydonli
proyeksiyada tuzilsa maydon xatoligi
kamayib burchak xatoligi ortadi. Ya’ni
teng maydonli proyeksiyada tuzilsa
maydon
xatoligi
kamayib
burchak
xatoligi ko`payadi. Har ikkala xatolik bir
xil miqdorda bo`lishi uchun teng oraliqli proyeksiyalardan foydalaniladi.
Teng
oraliqli
proyeksiyalarda
meridianlar
va
parallellar
bo`yicha
masshtabning doimiyligi saqlanadi, shakl, burchak va maydon xatoliklari ro`y
beradi. Yuqoridagi rasmda ekvatorda olingan aylanadan uzoqlashgan sari shakli
va maydoni o`zgarganligi ko`rsatilgan. Teng oraliqli proyeksiyalar ixtiyoriy
proyeksiyalar ichida eng ko`p qo`llaniladi.
Kartalarda xatolik bo`lmaydigan, nuqtalarni
xatoligi yo`q nuqtalar
, agar
chiziq bo`lsa,
xatoligi yo`q chiziqlar
deb ataladi
Kartografiyada ellipsoid yuzasini tekis yuzada tasvirlash uchun geometrik
shakllar (tekislik, silindr, konus) dan foydalaniladi. Foydalanilgan geometrik
shakllar proyeksiya nomi bilan ataladi. Masalan: azimutal (tekislik) silindrik,
konusli, ko`p konusli, psevdotsilindrik, psevdokonusli va shartli proyeksiyalar.
Azimutal proyeksiya tuzish
uchun geometrik shakl- tekislikdan foydalaniladi.
Yer sharini tekislikka yoyib biror nuqtasiga tekislikning urinma bo`lishi natijasida
azimutal proyeksiyalar hosil bo`ladi. Agar tekislik Yer sharining qutblariga
urinma bo`lsa, qutbiy azimutal, ekvator chizig`iga urinma bo`lsa, ekvatorial
azimutal, Yer yuzining boshqa biror nuqtasiga urinma bo`lsa, gorizontal yoki
qiyshiq azimutal proyeksiyalar hosil bo`ladi.
Ekvatordagi aylana ramkaga borgan
sari kattalashib borishi ko`rsatilgan
а
b
v
Do'stlaringiz bilan baham: |