Balxiy tuzgan dunyo kartasining o`zbekcha tarjimasi.
Lekin akademik V.V.Bartold va prof. H.Hasanovlar bu kartadan (951
yilda) fors olimi Istaxriy foydalanib o`z kartasini yaratgan degan fikrni
aytishadi. Ularning yozishicha, Balxiy asarining Istaxriy tahririda to`ldirilgan
nusxasigina bizgacha yetib kelgan. Keyinchalik bu asarni Abul Qosim Ibn
Xavkal (taxminan 976 yilda) to`ldirgan. Istaxriyning (X asr) «Iqlimlar
kitobida» 19 ta karta ilova qilinib, o`sha davrda sharqda ma’lum bo`lgan
davlatlar tasvirlangan.
Prof. R.Rahimbekovning yozishicha, Istaxriyning 18 va 19-kartalari
boshqa hududlar bilan birga Xorazm, Movarounnahr va Turkistonga
bag`ishlangan.
“HUDUD UL-OLAM” (983 й)
kitobida tasvirlangan
joylar hozirgi kartaga
tushirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |