Umumgeografik karta elementlari.
Geografik
elementlar
hamma
kartalarda
bir
xilda
mukammal
tasvirlanmaydi. Masalan, biron mavzuga bag`ishlangan kartada uning mazmuniga
mos holda georgafik elementlar tanlanadi. Misol uchun tuproqlar kartasiga aloqa
yo`llari va aholi vositalari, rel’yef kartalari uchun esa aloqa yo`llari va aholi
yashaydigan joylarning hammasi tasvirlanishi shart emas. Lekin, kartaning
mazmuni va maqsadiga, tasvirlanayotgan elementlarning ahamiyatiga qarab ba’zi
bir geografik elementlarning hamma mavzuli kartalarda bo`lishi shart. Masalan,
O`rta Osiyoga tegishli mavzuli kartalarda gidrografik ob’ektlarni ahamiyati katta
bo`lgani uchun imkoni boricha to`laroq ko`rsatiladi. Chunki, suv ob’ektlari
(gidrografiya) mavzuli kartalarning boshqa elementlarini bir-biriga bog`lovchi
zarur elementdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |