Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti geografiya o


-mavzu: Topografik karta va uning elementlari



Download 8,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/199
Sana01.01.2022
Hajmi8,48 Mb.
#299601
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   199
Bog'liq
topografiya va kartografiya asoslari

7-mavzu: Topografik karta va uning elementlari 
Reja: 
1.
 
Topografik kartaning matematik, geografik va yordamchi elementlari. 
2. Topografik kartaning shartli belgilari. 
3. Topografik kartaning proyeksiyasi. 
 
  Maxsus  o’lchov  asboblari  yordamida,  aerofotos’yomka  va  kartografik  usulda 
tuzilgan  yirik  masshtabli  kartalarga 
topografik  kartalar 
deyiladi.  Topografik 
kartalar geografik kartalardan ob’yekt va voqeilikni tasvirlash usullari, egallagan 
maydoni, masshtablari bilan farqlanadi. Topografik kartalarda masofalar hamma 
joyda bir xilda kichraytirilib tushiriladi va har bir ob’yekt maxsus shartli belgilar 
bilan  tasvirlanadi.  Topografik  kartalar  xalq  xo’jaligining  turli  tarmoqlarida 
qo’llaniladi  hamda  mayda  masshtabli  geografik  kartalarni  tuzish  uchun  asos 
bo’ladi. Topografik kartalar tuzish asosan ishlatiladigan shartli belgilarga bog`liq, 
chunki  ushbu  belgilar  joydagi  ob’yektga  ma’lum  darajada  o’xshagan  bo’lishi, 
ob’ektning  shakliga  hamda  uni  o’z  o’rnida  ko’rsatilishi  lozim.  Shartli  belgilar 
ishlatilganda  ular  karta  masshtabiga  mos  qilib  ko’rsatiladi,  agar  karta 
masshtabiga mos kelmaydigan ob’ektlar bo’lsa, ular masshtabsiz shartli belgilar 
bilan  ko’rsatiladi.  Topografik  kartalarni  ko’rgazmaliligini  oshirish  va  o’qishni 
osonlashtirish  uchun  har  xil  ranglar  ishlatiladi,  ularning  sifatini  oshirish  uchun 
topografik  chizmalar  qo’llaniladi.  Topografik  kartalar  turli  masshtablarda 
tuziladi.  Topografik  kartalar  1:10000,  1:25000,  1:50000,  1:100000,  1:200  000, 
1:300  000,  1:500  000  masshtablarda  tuziladi.  Masshtabi  1:10000,  1:25000 
bo’lgan kartalar to’g`ridan-to’g`ri joyda s’yomka qilinsa, qolganlari shu kartalar 
asosida  tuziladi.  Topografik  kartalar  masshtabiga  qarab  yirik  masshtabli 
(1:10000,  1:200  000)  va  umumiy  topografik  kartalarga  bo’linadi.  Topografik 
kartalar  har  xil  masshtabli  bo’lganligidan  hududlari  ham  turli  xil  kattalikda 
bo’ladi  va  ular  alohida-alohida  varaqlarda  tasvirlanadi.  Ushbu  kartalardan 
foydalanishni  osonlashtirish  uchun 
matematik,  geografik  va  yordamchi 
elementlarga
  bo’lib  o’rganiladi.  Matematik  elementlarga  nomenklatura, 
masshtab,  daraja  to’ri  va  kartaning  ramkasi,  geografik  elementlarga  kartaning 
mazmuni,  yordamchi  elementlarga  esa  ramkadan  tashqari  turli  chizmalar  va 
tushintirish xatlari kiritiladi. 
   
Topografik  kartalardan  foydalanishni  osonlashtirish  uchun  ularni  ma’lum 
tartibga  solib  belgilanadi,  ya’ni  kartalarning  varaqlari  ma’lum  bir  meredian  va 
parallellar  bilan  chegaralanadi  va  shu  kartalar  varaqlarini  belgilash  tizimiga 
nomenklatura
  deyiladi.  Topografik  kartalarning  nomenklaturasi  har  bir  varaq 
kartaning  kattaligini  va  shu  varaqning  yer  yuzasidagi  o’rnini  belgilaydi. 
Kartalarning  nomenklaturasi  xalqaro  1:1  000 000  masshtabli  nomenklaturaga 
asoslanadi.  Ushbu  1:1  000 000  lik  kartaning  nomenklaturasi  uchun  ekvatordan 
qutblarga  tomon  har  4
0
  dan  parallellar  o’tkazilib,  bularni  lotin  alfavitining  bosh 
harflari bilan belgilanadi va ular qatorlar deyiladi. Meredianlar oralig`i har 6
0
 dan 
bo’linadi va 60 ta bo’lak hosil bo’ladi va ular zonalar deyiladi.  


   
Topografik  kartalarda  yer  yuzasi  xilma-xil  chiziqli,  maydonli  belgilar, 
harflar,  raqamlar,  geografik  ob’yektlarning  nomlari  va  tushintirish  xatlari  bilan 
tasvirlanib ular topografik 
shartli belgilar
 deyiladi.  
   
Shartli  belgilar  yordamida  kartada  voqea  va  hodisalarning  geografik 
joylanishi,  bir-biri  bilan  o’zaro  bog`liqligi,  miqdor  va  sifat  ko’rsatgichlari 
tasvirlanadi.  Topografik  kartalarning  shartli  belgilari  masshtabli,  masshtabsiz  va 
tushuntiruvchi belgilarga bo’linadi. Kartadagi tafsilotlarning shakli va kattaligini 
tasvirlashda masshtabli shartli belgilardan foydalaniladi.  
   
Masshtabli  shartli  belgilar  maydonli  va  chiziqli  bo’ladi.  Maydonli  shartli 
belgilar  bilan  o’rmonlar  shudgorlar,  ekin  dalalari,  ko’llar,  botqoqliklar,  aholi 
punktlari,  tog`lar  tasvirlanadi  va  ularning  maydonini  aniq  tasvirlasa  bo’ladi. 
Dengizlar va ko’llarning qirg`oqlari, daryolar, ko’llar, chegaralar, aloqa vositalari 
chiziqli  shartli  belgilar  bilan  tasvirlanadi.  Ayrim  tafsilotlar  masshtabsiz  shartli 
belgilar  bilan  tasvirlanganda  masshtab  hisobga  olinmaydi.  Masalan,  yo’l 
belgilari, kilometr ko’rsatgichlari, alohida turgan daraxt va boshqalar masshtabsiz 
shartli  belgilar  bilan  tasvirlanadi.  Ob’ektlarga  qo’shimcha  ta’rif  berish  uchun 
tushintiruvchi  belgilar  ishlatiladi.  Masalan,  suvning  oqimi  strelka  bilan,  oqim 
tezligi raqam bilan ko’rsatiladi. Topografik kartalarda raqamli tushintirish xatlari 
ya’ni ko’l suvining sifati, ko’prikning uzunligi, kengligi va yuk ko’tara olishlari 
raqamlar bilan ko’rsatiladi.  
   
Topografik  kartalar  teng  burchakli  ko’ndalang  silindrik  proyeksiyada 
tuziladi, bu proyeksiyani nemis olimi Gauss (1777-1855) taklif etgan va u 
Gauss 
proyeksiyasi 
deyiladi. Bu proyeksiyada daraja to’rini hosil qilish uchun Yer shari 
ekvatori bo’ylab har 6
0
 dan meridianlar o’tkaziladi va 60 ta zonaga bo’linadi. Har 
bir zonaning o’rtasidan o’tuvchi meredian o’q meredian deyiladi. O’q meredian 
zonani  teng  ikki  qismga  bo’ladi.  Zonalar  Grinvich  meredianidan  boshlab 
g`arbdan  –  sharqqa  tomon  tartib  sonlar  bilan  belgilanadi.  Mas.,  1-zona  0
0
-6
0
,  2-
zona 6
0
-12
0
, 3-zona 12
0
-18
0
 va hakazo. 

Download 8,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish