Trigonometrik nivelirlash.
Nivelirlashning bu turida ikki nuqta orasidagi qiyalik burchagi va masofa
o‘lchanadi, hamda o‘lchash natijalaridan nuqtalarning bir-biriga nisbatan
balandligi trigonometrik formulalar yordamida hisoblab chiqariladi. Teodolit-
taxometr bilan qiyalik burchagi o‘lchanadi. Trigonometrik nivelirlash topografik
plan olishda, balandliklardagi farq katta bo‘lgan nuqtalarni, masalan, tog‘, tepalik
va boshqa rel’yef shakllarini, turli buyum va inshootlarning balandligini
aniqlashda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |