Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti geografiya o


Geografik atlaslar va ularning tasnifi



Download 8,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/199
Sana01.01.2022
Hajmi8,48 Mb.
#299601
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   199
Bog'liq
topografiya va kartografiya asoslari

Geografik atlaslar va ularning tasnifi 
 
Geografik atlaslar deb umumiy dastur asosida tuzilgan turli xil  mazmunga 
ega  bo`lgan  kartalarning  bir  butun  asar  tarzidagi  sistematik  to`plamiga  aytiladi. 
Atlas,  geografik  kartalarning  oddiy  to`plami  emas,  balki  bir-biriga  bog`liq 
bo`lgan,  bir-birini  to`ldiradigan  kartalarning  ma’lum  bir  maqsadga  hamda 
foydalanish  hususiyatiga  ko`ra  sistemaga  solingan  to`plamidir.  Qadimgi  yunon 
olimi Klavdiy Ptolomeyni (II asr) hozirgi zamon atlasining asoschisi desa bo`ladi. 
 
Merkator  tomonidan  tuzilgan  (1595  yil)  kartalar  yig`indisi-  atlas  tuzilgan. 
Birinchi  marta  “atlas”  so`zi  Liviyaning  afsonaviy  podshosi  Atlas  nomidan 
olingan  degan  fikrlar  bor.  Ba’zi  manbalarga  ko`ra  Atlas  birinchi  bo`lib  osmon 
globusini  yasagan emish. Hozirgi vaqtda har yili dunyoning turli mamlakatlarida 
turli  mazmundagi  va  xilma-xil  maqsadlar  uchun  ishlatiladigan  ko`plab  atlaslar 
nashr qilinmoqda. 
 
Atlaslarda  geografik  kartalar,  matnlar,  diagrammalar,  sxemalar,  grafiklar, 
profillar,  rasmlar  ham  berilishi  mumkin.  Undan  tashqari  geografik  nomlar 
ko`rsatkichi, shartli belgilar jadvali ham beriladi.  
Atlaslar  ham  kartalar  kabi  bir  qancha  turlarga  tasniflanadi.  Atlaslar 
tasvirlangan hududiga ko`ra quyidagilarga bo`linadi: 
 
1.  Dunyo  atlaslari  –  bunday  atlaslarda  butun  dunyo  tasvirlanadi.  BSAM, 
Dunyo atlasi. FGAM va boshqalar; 
   
2. Materik va okean atlaslari (Yevropa, Osiyo, Afrika, Amerika, Avstraliya, 
Tinch okeani, Hind okeani, Atlantika okeani va Antarktida atlaslari); 
 
3.  Mamlakatlar  atlaslari  (Rossiya  Federatsiyasi,  O`zbekiston  Respublikasi, 
Chexiya Respublikasi, AQSh atlaslari va boshqalar). 
 
4.  Mamlakatlarning  biror  qismlarini  tasvirlaydigan  atlaslar  (Baykalorti, 
Irkutsk oblasti, Oltoy o`lkasi) va boshqalar. 
 
Mazmuni bo`yicha: 
 
1.  Umumgeografik  atlaslar  (Dunyo  atlasi,  Dunyoni  tabiiy  geografik  atlasi, 
Dengiz atlaslari 1967 yil). Bu atlaslarga umumgeografik kartalar ham kiritilgan. 
 
2.  Tabiiy-geografik  atlaslar  (O`rta  Osiyo  respublikalarining  tabiiy 
geografik atlasi, 1984 yil). 
 
3. Ijtimoiy-iqtisodiy atlaslar, Sobiq Ittifoq iqtisodiy atlasi, O`zbekistonning 
kompleks atlasi (2 jildli, 1985). BSAMni (2 jildli, 1940).  


4.  Umumiy  kompleks  atlaslar.  Bunday  atlaslarda  ham  tabiiy  ham  ijtimoiy-
iqtisodiy  ba’zan  tarixiy  kartalar  beriladi  (AQSh  va  Kanada  atlaslari,  Komi 
Respublikasi atlasi, Ozarbayjonni atlasi va b.). 
Qaysi sohada ishlatilishiga ko`ra: 
 
1. O`quv atlaslari. 2. Ilmiy ma’lumotnomali atlaslar. 3. Turistik atlaslar. 4. 
Harbiy atlaslar. 
 
Umuman,  atlaslar  mazmun  jihatdan  to`liq  va  oldiga  qo`yilgan  maqsadga 
to`liq  javob  beradigan  bo`lishi  kerak.  Masalan,  sobiq  Sobiq  Ittifoq  qishloq 
xo`jalik  atlasi  (1960)  mamlakatning  qishloq  xo`jaligi  deyarli  to`liq  aks  etilgan, 
hatto qishloq xo`jaligining dinamikasi ham diagrammalarda berilgan.  
O`quvchilar  uchun  nashr  qilinayotgan  geografik  atlaslar  o`rta  maktab 
programmasiga  moslashtirilgan  bo`lib,  maktab  geografiyasini  o`z  ichiga  olgan. 
Karta  va  atlaslar  o`quvchilar  uchun  mo`ljallanganda  ularning  yoshi  va  bilim 
darajasi ham e’tiborga olinadi. Undan tashqari atlaslarda o`quvchilarga shu davr 
yangiliklari  ham  berib  boriladi.  Masalan:  Dunyoning  o`quv  atlasi  (1970)  da 
uchirilgan  kosmik  apparatlar  va  ularning  orbitalari  tasvirlangan,  bu  esa  atlas 
mazmunini yanada boyitadi. 
 
Atlaslarning  oxirida  beriladigan  geografik  nomlar  ko`rsatkichidan 
maksimal  foydalanish  kerak.  Masalan,  sizga  kerak  bo`lgan  ob’ektning  nomini 
bilsangiz, uning qayerda joylashganligini geografik nomlar ko`rsatkichidan topib 
olishingiz  mumkin  (buning  uchun  kartalarni  har  bir  va  sxemalar  bilan  chizilib 
harflar va raqamlar bilan belgilanadi).    
 
O`zbekiston  Respublikasida  bir  qancha  atlaslar  chop  etilgan  bo`lib,  ular 
mazmuni va maqsadi bo`yicha bir-birlaridan farq qiladi. 
 
Respublikamizning  dastlabki  atlasi  1963  yilda  chop  etilgan,  unda 
o`lkamizning faqat tabiiy geografiyasi o`z aksini topgan. 
 

Download 8,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish