Talabalar mustaqil ishlarini tasniflash.
O`qituvchi topshirig’iga binoan uning nazorati ostida talabalar
tomonidan o`qituvchining bevosita ishtirokisiz maxsus ajratilgan
vaqtda bajariladigan ish talabalarning mustaqil ishi deyiladi.
Bunda talabalar ongli ravishda o`z aqliy urinishlarini qo`llab hamda
aqliy va jismoniy harakatlari natijalari u yoki bu shaklda (og’zaki
javob, testlar, topshiriqlarni tavsiflash va h.k.) ifodalaydilar.
Mustaqil ish talablarning o`qituvchi bergan topshiriqlarni
bajarishning yanada racional usullarini izlash, ish natijalarini tahlil
qilish bilan bog’liq aqliy faoliyatini ko`zda tutadi.
O`qitish jarayonida talabalarga bilim, malaka va ko`nikmalarni
egallashlariga yordam beruvchi mustaqil ishlarning har xil
turlaridan foydalaniladi. O`z ish jarayonida qo`llanadigan mustaqil
ishlar har xil belgilari, didaktik maqsadi, talabalarning o`quv
faoliyati xususiyati, mazmuni, mustaqillik darajasi, ijodkorlik
elementi va h.k.ga qarab guruhlarga ajraladi.
Mustaqil ishlarning barcha turlarini didaktik maqsadiga qarab besh
guruhga ajratish mumkin:
1) yangi bilimlarni olish, mustaqil bilim olish malakasini egallash;
2) bilimlarni mustahkamlash va aniqlashtirish;
3) o`quv va amaliy masalalarni echishda mavjud bilimlarni
qo`llash malakasini egallash;
4) amaliy xususiyatga ega malaka va ko`nikmalarni shakllantirish;
5) murakkab hollarda ijodiy xususiyatga ega bilimlarni qo`llash
malakasini shakllantirish.
Har bir guruh mustaqil ishlarning bir necha turini o`z ichiga oladi,
chunki bitta didaktik vazifani bir necha usulda bajarish mumkin.
Ko`rsatilgan guruhlar bir-biri bilan uzviy bog’liq. Bir xil ishdagi har
xil didaktik vazifani hal qilish mumkin. Masalan, ekmperimental,
Amaliy ishlar yordamida nafaqat malaka va ko`nikmalar
egallanadi, balki yangi bilimlar egallanadi va avval olingan
bilimlarni qo`llash malakasi o`rganiladi.
Mustaqil ishlarni asosiy didaktik maqsadi bo`yicha tasniflashda
ishlar mazmunini qarab chiqamiz.
1. Yangi bilimlarni o`rganish va mustaqil bilim olish malakasini
egallash, darslik bilan ishlash, kuzatish, mashqlarni, tahliliy-amaliy
xususiyatga ega ishlarni bajarish (topshiriqlarni tahlil qilish,
mashqlar orasidagi funkcional bog’liqlikni aniqlash, topshiriqlarni
tahlil qilishga asoslangan ishlarga ta`rif berish, topshiriqlar va
takliflar orasidagi bog’liqlikni aniqlash vah.k.) asosida amalga
oshiriladi.
2. Bilimlarni mustahkamlash va aniqlashtirishaga tushunchalar
belgilarini aniqlashtirish, ularni cheklash, asosiy belgilarni
yordamchilardan farqlay bilish, o`rganilayotgan hodisalarni hisobga
olish va solishtirish bo`yicha maxsus mashqlar tizimi yordamida
erishiladi va h.k.
3. Bilimlarni amalda qo`llash malakasini shakllantirish turli xil
topshiriq va mashqlarni, loyiha-konstruktorlik va ijodkorlik ishlarini
(topshiriqlarning sxema bo`yicha tuzilishi va ishlash principini
tushuntirish, nosozliklarni aniqlash va tuzatish, topshiriqlar
loyihasiga o`zgartirishlar kiritish, loyihaning yangisini ishlab
chiqish), eksperimental ishlarni bajarish orqali shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |