57
XULOSA
Talabalarning o’quv faoliyatini boshqarish, bunday faoliyatda talabaning
ichki psixik imkoniyatlari to’liq ro’yobga chiqarishiga erishish, o’quv faoliyatini
talaba uchun ijobiy his-tuyg’ular manbasiga aylantirish zarurati o’quv
motivatsiyasining tadqiq etilishini taqozolaydi. Bu sohadagi ilmiy tadqiqotlar
psixologiya fanini yangi, tadbiqiy salohiyati yuqori bilmlar bilan boyitishgagina
emas, balki pedagogik faoliyat amaliyoti, “o’qituvchi - talaba”, “talaba – ota-ona”
munosabat tizimlarida talabalarning o’quv faoliyati muammolari atrofida vujudga
keluvchi destruktiv nizolarning oldini olishga va bartaraf etishga xizmat qiluvchi
yondashuvlarning amaliyotda ro’yobga chiqarilishi uchun muhim ahamiyatga
egadir. Mazkur tadqiqot shunday yo’nalishdagi urinishlardan biri bo’lib, unda
o’quv motivlari ko’p o’lchamli, ko’p darajali va iyerarxiyalashgan tizim sifatida
tadqiq etilib, ularning tarkibiy tuzilishi, motivatsiya sohasida nomoyon bo’luvchi
mintaqaviy va ta’lim mazmuni bilan bog’liq differensiatsiya, o’quv motivlariga
korreksion-rivojlantiruvchi ta’sir ko’rsatishning metodik muammolari, bu sohadagi
amaliy ish samaradorligini belgilab beruvchi omillar, muammosi ilmiy tadqiqoda
ilgari surilgan bazaviy g’oya va yondashuv, ilmiy konsepsiya nuqtai nazaridan
ochib berildi.
O’tkazilgan nazariy va empirik tadqiqotlarning natijalari quyidagi umumiy
xulosalarni shakllantirish uchun asos bo’ldi:
1. O’quv faoliyatining muhim unsuri siftida motivatsion komponent
qadimdan alloma va mutafakkirlar e’tiborini o’ziga jalb etib kelgan holdi
zamonaviy psixologiya fanidagi ko’plab ilmiy tadqiqotlarning tadqiqot predmeti
bo’lgan.
2. O’quv faoliyati motivatsiyasi bilan bog’liq muammolarni ilmiy tadqiq
etishda qator metodologik qiyinchiliklar yuzaga kelib, ular orasida o’quv
motivlarini tasniflash, o’quv motivatsiyasini ta’riflashda parametrlarning bir xilligi,
ularning bir-biriga mosligi, o’quv faoliyati motivatsiyasining o’zgarishi
jarayonidagi miqdoriy sakrashlarni (keskin o’zgarishlarni) inobatga olish, sifat
58
o’zgarishlarini ta’riflashning variantlari va bosqichlari muammolari alohida o’rin
tutadi.
3.
O’quv motivlariga shakllantirish va rivojlantirish maqsadida
yo’naltirilgan maxsus rejali va tizimli ta’sir samaradorligini belgilab beruvchi
omillar odatda bir biridan ajratilgan holda tahlil etilishi ularning munosabatlariga
xos xususiyatlarning ta’sirlovchi omil sifatidagi ahamiyatining e’tiborsiz
qoldirilishiga olib kelishi xavfi mavjud.
4. O’quv faoliyati motivatsiyasiga shakllantiruvchi rivojlantiruvchi ta’sir
ko’rsatish maqsadida o’tkazilayotgan maxsus chora tadbirlar turli boshqa
sohalarida ham ijobiy o’zgarishlarni kutish uchun muhim asos paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: