muvaffaqiyatga erishishga qiziqish qobiliyatiga egadirlar va muvaffaqiyatsizlik
muvaffaqiyatga erishish, yo muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivlarini idora
qilishda ustunlik qiluvchi an’analariga egadir. Bir so’z bilan aytganda,
o’rtacha qiyinchilikdagi yoki yuzaki, sayozroq maqsadlarni tanlaydilar. Ular har
43
bir ishni o’ylab qiladilar, bekorga tavakkalchilik qilmaydilar. Muvaffaqiyatsizlik
motiviga moyil kishilar esa qiyinchiliklarni tezkorlik bilan tanlashga shoshiladilar.
Ular o’z oldilariga qo’ygan maqsadlarini ba’zan nohaq yerga uradilar, ba’zan
nohaq ravishda ko’kka ko’taradilar.
Qo’yilgan vazifalarning bir qismi bajarilgan va ularning yakunlari haqida
axborotga ega bo’lgach, muvaffaqiyatga erishishga ehtiyoji bo’lganlar,
muvaffaqiyatga past baho beradilar, muvaffaqiyatsizlikka motivlashganlar esa
aksincha, o’z muvaffaqiyatlarini yuqori qo’yadilar.
Muvaffaqiyatsizlik motivlariga moslashgan kishilar juda oddiy yoki
bilimlarni yaxshi egallagan holatlarda tezroq ishlaydilar va ularning natijalari
muvaffaqiyatga erishishga ehtiyoji bor kishilarnikiga nisbatan sekinroq sustlashadi.
Sermahsul fikrlashni talab qiladigan muammoli xarakterdagi masalalarda xuddi
shu odamlar vaqt tig’izligi uchun ishlarini qiyinlashtirib yuboradilar,
muvaffaqiyatga erishishga ehtiyoji bo’lgan kishilarda esa bu narsa yana ham
yaxshilanadi.
Insonning o’z qobiliyatlarini bila olishi qanday muvaffaqiyat kutilayotganiga
ta’sir etadi. Agar sinfda yuqori darajadagi qobiliyatlar egalik qilsa, faqat o’rtacha
qobiliyatli bolalargina ehtiyojga erishishi yoki muvaffaqiyatsizlikdan qochish
motivlariga qattiq beriladilar. Na o’ta yuqori fikrlovchi, na past qobiliyatli
talabalarda muvaffaqiyatga erishish ehtiyoji bilan bog’liq bo’lgan kuchli
motivatsiyalar bo’lmaydi. CHunki bunda musobaqa vaziyati yo haddan tashqari
yengil, yo haddan tashqari og’irdek tuyuladi.
Agar teng darajadagi qobiliyatli bolalar bir sinfga yig’ilsa, nima hodisa ro’y
berarkin? Agar o’rtacha bir xil qobiliyatdagi bolalar bir sinfga jamlansa, ularning
qiziqishlari va muvaffaqiyatga bo’lgan ehtiyojlari ortadi. Bunday sinflarda kuchli
talabalarning ham sermahsul faoliyati ortadi. Mana shunday talabalar iqtidorlilar
sinfiga ko’chirilganda, ularning o’qishga bo’lgan juda yuqori qiziqishlari namoyon
bo’ladi.
44
SHu bilan bir qatorda, muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivlariga ko’proq
moyil bo’lgan talabalar qobiliyat darajalari bir xil bo’lgan sinfdagi katta
musobaqalar havasidan kamroq qoniqadilar.
YUqorida ko’rsatilgan nazariy va metodologik g’oyalar biz tekshirayotgan
mavzuni yanada chuqquroq o’rganishga imkoniyat yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: