Navoiy davlat pedagogika instituti O’zbek tili va adabiyoti fakulteti



Download 19,55 Mb.
Sana22.07.2022
Hajmi19,55 Mb.
#836175
Bog'liq
Raxmatillayev Ilyos


Navoiy davlat pedagogika instituti O’zbek tili va adabiyoti fakulteti
3 - “A” guruh talabasi Raxmatillayev Ilyosning “Matnshunoslik va manbashunoslik” malakaviy amaliyotidan Tayyorlagan hisobot

iMatnshunoslik, tekstologiya — yordamchi tarixiyfilologik fan soxasi, adabiyot va folislorga oid qo‘lyozma asarlami, tarixiy hujjatlarni, ulaming aniq matnlarini aniqlash va tanqidiy o‘rganish, sharhlab e’lon qilish maqsadida ular ustida tadqiqotlar olib boradi. M.ning vazifasi matnni har tomonlama tadrijiytanqidiy (matn tari-xiga chuqur kirib borish, matnni yaratishda foydalanilgan manbalarni, muallif taxrirlari, variantlari va boshqalar) o‘rganib, nashrga tayyorlashdan iborat. M.ning kuy-idagi asosiy xillari farqlanadi: antik, o‘rta asr va yangi adabiyot. Mas, kad. yunon olimi Aristarx (miloddan avvalgi 2-asr) Gomer asarlari matnini tanqidiy o‘rgangan. Sharq islom olamida 7-asrdan hozirgacha bir harfi o‘zgarmay, mashhur xattotlar tomonidan minglab nodir nusxalarda ko‘chirilgan qo‘lyozmalardan biri muqaddas Qur’oni Karim matnidir. Ular dunyoning turli joylaridagi kutubxonalarda saqlanadi. Uyg‘onish davrida antik adabiyot yodgorliklarining dastlabki ko‘rinishlarini, asliy matnlarini tiklashga qiziqish kuchaygan.
O‘zbekistonda M. o‘z tarixiga ega. 1400-yil davomida O‘zbekiston olimlarining arab, fors va o‘zbek tilida yaratgan ko‘plab yirik durdona asarlari o‘z davrida, undan keyingi davrlarda o‘rganilib, xattotlar tomonidan ko‘chirilib, xatonuqsonlari boshqa nusxalar orqali to‘g‘rilanib, hozirgi kunimizga qadar yetkazib kelingan. Bu ishga rus olimlari V. V. Bartold, I. Yu. Krach-kovskiy, A. K. Borovkov, A. N. Kononov va boshqa ham munosib hissa qo‘shishdi. Respublikamizda M. bo‘yicha ishlar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot, Sharqshu-noslik institutlarida olib borilmoqda. Alisher Navoiy asarlarining ilmiytanqidiy matnlarini tayyorlash va nashr ettirishni S. Ayniy ("Hamsa"ning qisqartirilgan nashri), O. Sharafiddinov, I. Sultonov ("Mezon ul-avzon"), A. N. Kononov ("Mahbub ul- qulub") va boshqa amalga oshirdilar. Matn-shunos olim P. Shamsiyev Navoiy "Hamsa"sining to‘la va yaxlit bir kitob holida nashrga tayyorlash borasida murakkab matnchiliktadqiqiy ishlar olib bordi. Natijada "Hamsa"ga kirgan besh doston: "Hayrat ul-abror", "Farhod va Shirin", "Layli va Maj-nun", "Sab’ai sayyor", "Saddi Iskandariy"larning barcha nashrlarini Sultonali Mashhadiy, Abdujamil Kotib va boshqa kotiblar tomonidan ko‘chirilgan nusxalari bilan qiyoslab, "Hamsa"ning asl matniga yaqin keladigan ilmiytanqidiy matnini tayyorladi va 1960-yil nashr ettirdi. Hamid Sulaymonov Navoiyning "Xazoyin ulmaoniy" asari tanqidiy matnini tayyorlab nashr ettirdi (1958—61). S. G‘aniyeva "Majolis unnafois" asari tanqidiy matnini tayyorladi. O‘zbek olimlardan S. Mirzayev, G‘. Karimov, S. Mutallibov, S. Dolimov, R. Majidiylarning matnchilikdagi xizmatlari natijasida bir qator o‘zbek mumtoz shoirlarining asarlari nashr etildi. Yozuvchi va shoirlardan Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Hamza, Oybek, Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom, Usmon Nosir asarlari matnini nashr etishda ham M. ishlari amalga oshirildi. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi asarlari matnini tayyorlash, nashr etish sohasida B. Karimov, H. Zarifov, 3. Karimova, M. Afzalov, T. Mirzayev, M. Murodov va boshqa xizmatini ta’kidlash mumkin.
2 haftalik amaliyot davrim mobaynida olimlar va tadqiqotlar tomonidan izlab topilgan qator manbalar bilan tanishib chiqdim. Manbalarning qaysi davrga tegishligi, tili, muallifi haqida ma’lumotlarga ega bo’ldim. Eski o’zbek yozuvi, Arab tili, O’zbek tili tarixi kabi fanlarni o’rganganim anchagina qo’l keldi. Eski o’zbek tili Arab tilida yozilgan manbalarni o’qiy oldim, til jihatdan qaysi davrga tegishli manbaligini anglay oldim.










M anbashunoslik - tarixiy manbalarni [q. Manbalar (tarixiy)] izlab topish, qayd etish, to‘plash, o‘rganish va qo‘llanish nazariyasi va amaliy usullari haqidagi fan. M. tarixshunoslikda yordamchi fan sohalari (arxeografiya, arxivshunoslik, genealogiya — nasabshunoslik, metrologiya — o‘lchovshunoslik, epigrafika, tekstologiya — matnshunoslik, xronologiya — davrshunoslik, geraldika — gerbshunoslik, numizmatika — tangashunoslik va sfragistika — muhrshunoslik) qatorida yetakchi o‘rinda turuvchi alohida ilmiy soha. M.ning bevosita tadqiqoti yozma manbalar ustida bo‘lsada, ammo, uning asosiy ilmiy va amaliy uslubiyati tarixiy qadriyatlarning barcha turlarini o‘rganishda va tanqidiy tahlil etishda qo‘llaniladi.




10—12-asrlarda Movarounnahrda tarix va geogr.ga qiziqish va mahalliy aholi tilida yozilgan asarlarga bo‘lgan ehti-yojning ortishi bilan tarixiy kitoblar arab tilidan fors tiliga tarjima qilina boshladi. Ayni shu davrda Gardiziynij "Zayn ul-axbor" ("Xabarlar ko‘rki"), Bayhaqiyinng 30 jildli "Tarixi oli Mahmud" ("Mahmud xonadoni tarixi") tarixiy asari, Maji- duddin Adnoning "Tarixi muluki Turkiston" ("Turkiston mamlakati tarixi"), Abu Bakr Muhammad Narshaxiyning "Tarixi Buxoro" kabi asarlari arabchadan fors tiliga tarjima qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik institutining Sharq qo‘lyozmalar fondida 150 mingdan ortiq, shu jumladan, 26 ming jild qo‘lyozma, 28 ming jild bosma asarlar saqlanadi (2003). 1952—2000-yillar mobaynida "Sharq qo‘lyozmalari to‘plami"ning 11 jildi nashr etildi. Mazkur to‘plamlarda fanning turli sohalari bo‘yicha 8 mingdan ortiq arab, fors, o‘zbek va boshqa tillarda yozilgan qo‘lyozmalar sharhlab berilgan.





Shular bilan bir qatorda bu davrda o‘rta asrlarning mashhur mutafakkirlari Abu Ali ibn Sinoning "Tib qonunlari"; Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar", "Hindiston", "Geodeziya", "Mas’ud qonuni", "Ma’danshunoslik", "Farmakognoziya", "Munajjimlik san’ati boshlang‘ich tushunchalar"; Abu Bakr Roziyning "Sirlar siri kitobi"; Ali Qushchining "Astronomiyaga oid risola"; Mirzo Ulug‘bekning "Ko‘ragoniyning yangi jadvali", "To‘rt ulus tari-xi"; Abu Bakr Narshaxiyning "Buxoro tarixi"; Abul Fazl Bayhaqiyning "Mas’ud tarixi"; Ibn Arabshohning "Amir Temur tarixi"; Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma", Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma"; Mirzo Muhammad Hay darning "Tarixi Rashidiy"; Hofiz Tanish alBuxoriyning "Abdullanoma"; Muhammad Yusuf Munshiyning "Muqimxon tarixi"; Mir Muhammad Amin Buxoriyning "Ubaydullanoma"; Mirzo Bade’ Devonning "Raqamlar yig‘indisi"; Mirzo Abdulazim Somiyning "Mang‘-it xonlari tarixi" va boshqa ko‘pgina qo‘lyozma manbalar o‘zbek va rus tillarida nashr etildi. Shuningdek, O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tarixiga doir muhim rasmiy hujjatlar (vaqfnoma, vasiqa, garovnoma, tilxat va boshqalar)ni kataloglashtirish va tadqiq qilish borasida muhim ishlar amalga oshirildi. 14— 16-asrlar va 20-asr rasmiy hujjatlari (P. P. Ivanov, O. D. Chexovich, R. G. Mukminova) chop qilindi. Xiva, Ko‘qon xonliklari va Buxoro amirligi arxiv materiallarini tadqiq etishga kirishildi. A. L. Troitskaya tomonidan "Qo‘qon xonligi arxiv hujjatlari" katalogi, A. R. Muhammadjonov tahriri ostida "Buxoro amirligi joy nomlari" (hujjatlar foto faksimili bilan) kitobi nashr etildi.



Download 19,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish