Navoiy davlat pedagogika instituti Maxsus sirtqi bo'lim fakulteti boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish ta'im yo'nalishi bitiruvchi kurs talabasi Haqberdiyeva Zamiraning ona tili o'qitish metodikasi fanidan l-sinf ona tili va o'qish darslarida


Dastur materiallarining o`quv yiliga taxminiy taqsimoti



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/31
Sana30.12.2021
Hajmi0,91 Mb.
#98513
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Bog'liq
2-sinf ona tili va oqish darslarida tarqatma materiallardan foydalanish metodikasi

Dastur materiallarining o`quv yiliga taxminiy taqsimoti. 

(Haftada 4 soatdan. 34 haftada 136soat) 

1 chorak (36 soat). Takrorlash. Tutiq belgisi. O`zbek alifbosi. 

2  chorak  (28  soat).  Nutq.  Matn.  Gap.  So`z  va  bo`g`in.  Bo`g`in  ko`chirish. 

Jarangli  va  jarangsiz  undosh  tovushlar.Ularni  harf  bilan  ifodalash.  Aytilishda 

tushib qoladigan undoshlar. So`z ichida ketma-ket kelgan bir xil undoshlar. 

3 chorak (40 soat). So`z ichida ketma-ket kelgan bir xil undoshlar. 

Narsa  va  shaxs  nomini  bildirgan  so`zlar.  Kishlarning  ismi  va  familiyasi, 

hayvonlarga  qo`yilgan  nom,  shahar  qishloq,  ko`cha  daryo  nomlarida  bosh  harf. 

Narsa va shaxs harakatini bildirgan so`zlar. 

4  chorak  (32  soat).  Narsa  va  shaxs  belgisini  bildirgan  so`zlar.  Sanoq  va 

tartibni bildirgan so`zlar. Gap. Bo`g`in. Bog`lanishli nutq. Yil oxirida takrorlash. 




  

 

21 



Darslarda  o`quvchilarning  til  materiallarini  oson  o`zlashtirishlarini, 

grammatik  tahlilni  sodda,  aniq  yo`llar  bilan  amalga  oshirishlari  uchun  turli 

jadvallardan foydalaniladi. 

Ona tili darslarini tashkil etishda o`quvchini fikrlashga, mulohaza yuritishga 

undovchi,  taqqoslash  va  kuzatishga  asoslangan  holda  xulosa  chiqarishga 

yo`llovchi, tahlilni muayyan izchillikda amalga oshirishni ta`minlovchi topshiriqlar 

beriladi. 

Har  bir  mavzu  bo`yicha  beriladigan  topshiriqlar  sistemasi  shunday 

tuzilganki,  ular  grammatika,  imlo  va  o`quvchilarning  bog`lanishli  nutqini  o`zaro 

bog`liqlikda, muayyan izchillikda o`rgatishni ta`minlaydi. 

Ishning  o`ziga  xos  tomoni  yana  shundaki,  har  bir  mavzudan  so`ng 

o`quvchilar bilimini mustahkamlash uchun tarqatma materiallardan foydalanishga 

oid amaliy ko`rsatmalar berildi. Bu dars uchun savol va topshiriqlar tizimi ishlab 

chiqildi.  Bular  o`quvchilar  egallashi  lozim  bo`lgan  bilimlar  hajmini  belgilashga, 

o`quvchilarning  o`z  bilimlarini  o`ziashtirish  darajalarini  aniqlash  va  tekshirishga 

yordam beradi. 

Ona  tili  darslarida  o`quvchilarni  qiziqtiradigan  borliq,  tabiat  hodisalari, 

hayvonot  va  o`simliklar  dunyosi,  vatanimiz  o`tmishi,  buyuk  ajdodlari  haqida, 

tengqurlari  haqida  ma`lumot  beruvchi  matnlar,  gaplar,  mazmunli  rasmlar  berildi. 

Bolalar  yozuvchi  va  shoirlari  ijodidan  namunalar  tanlashda  ham  matnning 

soddaligiga,  yengil  hajv  bilan  yozilganiga,  matnlarda  bola  uchun  yangi  so`zlar 

bo`lishiga,  ular  ustida  rasmlar  asosida  ishlashga  e`tibor  qaratildi.  Masalan, 

o`quvchi  qush  so`zini  yoki  kundalik  hayotida  har  kuni  ko`rib  turgan  qushlar 

nomini  biladi,  lekin  son-sanoqsiz  qushlar  mavjud,  ular  nomini  va  ularning  o`zini 

asta-sekin  taniy  borishiga  e`tibor  berilmas  edi.  Biz  shu  narsaga  alohida  diqqatni 

qaptdik. 

O`qituvchilar  o`z  tajribalari  asosida  darslarni  yanada  samaraliroq  tashkil 

etishlari  mumkin.  Lekin  barcha  darslarda  ham  quyidagi  qismlar  bo`lmog`i  lozim 

(Tekshirish darslaridan tashqari): 

1 .O`quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. 




  

 

22 



O`quvchilarning  o`tgan  darsni  o`ziashtirish  darajasini  aniqlash,  uy 

vasifalarini tekshirish. 

3.  O`quvchilarning  yozuv  malakalarini  takomillashtirish  ustida  ishlash. 

Husnixat mashqlari. 

4. 


Mavzu yuzasidan savol-javoblar o`tkazib, bilimlarni mustahkamlash. 

5. 


Quvnoq daqiqa. 

6. 


Dars mavzusi va maqsadini e`lon qilish. Uni tushuntirish. 

7. 


Lug`at ishi. 

8. 


Mashqlar orqali o`quvchilar bilimini mustahkamlash. 

9. 


Didaktik 

o`yinlardan 

foydalanish 

orqali 


o`quvchilar 

bilimini 

mustahkamlash va o`qish malakalarini o`stirish. 

10. 


Tarqatma materiallardan foydalanish orqali o`quvchilarning bilimlarini 

mustahkamlash. 

11 .Uyga vazifa berish va uni bajarish yo`llarini tushuntirish. 

12. Darsda o`rganilganlarni umumlashtirish va darsni yakunlash. 

Darsning bu qismlari dars turlariga qarab turlicha metod va usullarda tashkil 

qilinadi.  Boshlang`ich  sinflarda  ona  tili  o`qitish  metodikasi  fanining  predmeti 

o`quvchilarga o`zbek tilini o`rgatish yo`llari va vositalari, ona tilini egallash, ya`ni 

nutqni,  o`qish  va  yozishni,  grammatika  va  imloni  o`zlashtirib  olish  to`g`risidagi 

ilmdir. 

Ma`lumki, DTSida belgilab berilgan ona tili ta`limi mazmuni aniq mavzular 

va  til  materiallari  asosida  dastur  va  darslikda  o`z  ifodasini  topadi.  Ular  biri 

ikkinchisining ijrochisi bo`lib, bir-biriga muvofiq kelishi lozim. 

Xulosa qilib aytish mumkinki, 2-sinf ona tili mazmuni metodist olimlarning 

ko`p  yillik  kuzatishlari,  tajribalari,  tajriba  natijalarining  tahlili  asosida 

takomillashtirib  kelinmoqda.  Ayniqsa,  ona  tilining  ahamiyatiga  alohida  e`tibor 

qaratilmoqda. 

O`qish inson hayotida muhim ahamiyatga ega. O`qishni bilmagan odamning 

ko`zi  ojiz  kishidan  farqi  yo`q.  O`qish  faoliyati  boshlang`ich  sinflarda  barcha 

predmet  darslarida  amalga  oshiriladi,  lekin  o`qishga  o`rgatish  o`qish  darslarining 



  

 

23 



asosiy  vazifasidir.  Kichik  yoshdagi  o`quvchini  o`qishga  o`rgatishda  ularning 

umumiy  rivojlanishini,  psixologiyasini  hisobga  olish  zarur.  O`quv  materiali 

hajmini  oshirib  yuborish,  tinmay  bir  maromdagi  o`qishni  tashkil  etish  bolani 

o`qish mashg`ulotidan bezdiradi. 

O`quvchilarni  qiziqarli  topshiriqlar,  tarqatma  materiallar  asosida  o`qitish 

o`qishga  o`yin  tusini  beradi.  Bola  o`ynab  charchamagandek,  o`qib  charchaganini 

sezmaydi. 

2-sinfda  o`qish  darslari  bir  qancha  vazifalarni  bajaradi:  O`quvchilar  asar 

mazmunini  to`g`ri  idrok  etishlari,  bilimlarni  mukammal  egallashlari  uchun  hayot 

haqida ma`lum tasavvurga ega bolishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari 

o`tkaziladi. 

Tayyorgarlik ishlarining vazifalari: 

1.  O`quvchilarning  asarda  aks  ettirilgan  voqea-hodisalar  haqidagi 

tasavvurlarini  boyitish,  matnni  ongli  idrok  qilishiga  ta`sir  etadigan  yangi 

ma`lumotlar  berish,  badiiy  asarda  tasvirlangan  voqea-hodisalarni  o`quvchilar  o`z 

hayotida kuzatganlari bilan bog`lay olishlariga sharoit yaratish. 

2.  Yozuvchining  hayoti  bilan  elementar  tarzda  tanishtirish,  yozuvchiga, 

unung hayotiga, ijodiga qiziqish uyg`otish. 

3. O`quvchilarni asarni emotsional idrok etishga tayyorlash. 

4.  Asar  mazmunini  tushunishga  xalal  beradigan  so`zlarning  lug`aviy 

ma`nolarini tushuntirishdan iborat

9



Tayyorgarlik ishlarining shakllari xilma-xil bo`lib, o`qituvchi asar mazmuni 

va  sharoitga  qarab  ish  turini  tanlaydi.  Tayyorgarlik  davri  uchun  2-5  daqiqa 

ajratiladi. 

Ekskursiya.  Bu  ish  turidan  tabiat  tasviriga  bag`ishlangan  yoki  ishlab 

chiqarish, qurilish, yil fasllari, bahor, yoz, shahar, qishloq hayotiga doir mavzular 

o`rganilganda  foydalanish  mumkin.  Chunonchi,  «Bahor»,  «Navro`z  bayrami», 

«Komputer», «Yoz», Amir  Temur, Alisher Navoiyga bag`ishlangan  materiallarni 

o`rganilishidan oldin ekskursiya qilish  maqsadga muvofiq. Ekskursiya uchun reja 

beriladi  va  matn  o`rganilishidan  kamida  bir  hafla  oldin  o`quvchilarga  e`lon 



  

 

24 



qilinadi. 

Film  namoyish  qilish.  Inqilobdan  oldingi  hayot  voqealari  tasvirlangan 

matnlardan  oldin  film  namoyish  qilinsa,  o`quvchilarning  asarni  idrok  qilishlari 

faollashadi. Hozir o`quv filmlari yetarli emas. Ammo videofilmlardan foydalanish 

mumkin. 

O`qituvchi  hikoyasi.  Asar  muallifi  haqida  ma`lumot  berishi  eng  samarali 

metod  hisoblanadi.  Biror  shoirning  she`ri  o`rganilayotganda  unung  bolalar  uchun 

yozgan  asarlari  namoyish  etilib,  ular  haqida  qisqacha  ma`lumot  berilsa, 

o`quvchilarning asarni o`qishga qiziqishlari ortadi. Tayyorgarlik davridan so`ng 1-

bosqich amalga oshiriladi. Bu bosqichning asosiy vazifasi matnni yaxlit idrok etish 

jarayonida  asarning  aniq  mazmuni  bilan,  uning  syujet  chizig`i  bilan  tanishtirish, 

asarning emotsionai ta`sirini aniqlashdir. 

Matn ifodali o`qib beriladi. O`qituvchi o`quvchilarga umumiy taassurotlarini 

aytishni talab qiladigan savollar beradi. 

Hikoyaning qaysi o`rni sizga yoqdi? 

 

- Qahramonlardan qaysi biri sizga ayniqsa yoqdi? 



 

Hikoya  o`qilganda  siz  qaysi  o`rinda  juda  xursand  bo`ldingiz?  kabi  savollar 

beriladi. 

O`quvchilarning  borliq,  tabiat  va  jamiyat  haqidagi  tasavvurlari,  bilimlarini 

ma`lum bir tizimga solish va boyitish, dunyoqarashini shakllantirishdir. 

Bo`gin  tuzilishi  murakkab  bo`lmagan  so`zlarni  bo`g`inlab  to`g`ri  o`qish. 

Bolalar  hayoti  bilan  bog`liq  bir  bo`g`inli,  ikki  bo`g`inli  so`zlarni  sidirg`a 

o`qishlariga erishish. Buning uchun o`qituvchi o`qiladigan asar  matnini o`rganish 

jarayonida  o`qilishi  qiyin  o`rinlarni  :belgilashi  va  o`qishni  differensial  usulda 

tashkil  etishi,  ya`ni  o`qilishi  qiyinroq  o`rinlarni  yaxshiroq  o`qiydigan 

o`quvchilarga,  oson  o`qiladigan  o`rinlarni  o`qish  malakasi  bo`sh  o`quvchilarga 

o`qitishni mo`ljallashi lozim. 

Bo`g`in  tuzilishi  murakkab  so`zlarni  kartonga  yoki  xattaxtaga  bo`g`inlarga 

bo`lib yozish, jo`r o`qitish usuludan foydalanish, so`z ma`nosini izohlash yoli bilan 

to`g`ri o`qishni amalga oshirish kerak. 



  

 

25 



O`quvchilar  to`g`ri,  ongli  o`qishni  egallagan  taqdirdagina  ifodali  o`qiy 

oladilar.  Ifodali  o`qishga  o`rgatish  o`qishga  o`rgatish  bilan  bir  paytda  amalga 

oshiriladi.  O`quvchilari  o`qishni  bilishni  namoyish  etish  maqsadida  qichqirib 

o`qiydi.  Bu  o`quvchi  sog`lig`iga  salbiy  ta`sir  etadi,  eshituvchini  charchatadi. 

Qichqirish  tufayli  o`quvchining  nafasi  yetmay,  o`qishni  oxirigacha  davom  ettira 

olmaydi. Shuni hisobga olgan holda o`qituvchi o`quvchilarga nafasni to`g`ri olish 

va  to`g`ri  sarflash  namunasini  ko`rsatishi,  tovushlarning  to`g`ri  artikulyatsiyasini 

o`rgatishi,  adabiy  talaffuz  normalari  haqida  elementar  ma`lumot  berishi  lozim. 

Ifodali  o`qishga  o`rgatishda  avvalo  o`qituvchi  o`zi  ifodali  o`qish  namunasini 

ko`rsatishi kerak. Ifodali o`qish ko`rgazmalilikdir, deydi metodist olimlar. 

Ifodali  o`qishga  o`rgatish,  birinchidan,  asar  qahramonlarining  xatti-

harakatini  tahlil qilishni, badiiy  til  vositalari  vazifasi  va  ma`nosini tushuntirishni, 

ikkinchidan,  asar  matnidagi  pauzalarning  o`rnini,  nutq  tempini  belgilashni, 

uchinchidan,  o`qishni  mashq  qilishni  taqozo  etadi.  O`qish  darslari  shu  tarzda 

o`quvchida kitobga, kitob o`qishga muhabbat uyg`otishi zarur. 

O`qish darslarida  asarda  yozuvchi  aytmoqchi bo`lgan  fikr  - g`oyani  ochish 

o`quvchini  tarbiyalashda  muhim  ahamiyatga  ega.  Chunki  o`qish  darslarining 

asosiy  vazifalaridan  biri  o`quvchilarni  axloqiy,  estetik  va  mehnatsevarlik  ruhida 

tarbiyalashdir. 

Badiiy  asar  voqealari  til  vositasida  reallashadi.  Asar  tahlilida  asar  tilini 

o`rganish  o`quvchilar  lug`atini  boyitadi,  nutqini  o`stiradi.  Dars  ishlanmalarida 

bunga  alohida  e`tibor  berildi.  O`qituvchi  ham  sinf  o`quvchilarining  saviyasidan 

kelib chiqib, asar tili tahlilini chuqurroq, kengroq ko`lamda uyushtirishi mumkin. 

O`qish  darslarida  asar  tahlili  bilan  bog`liq  har  bir  ish  o`quvchi  shaxsini 

shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Shunday qilib, ona tili va o`qish darslarining asosiy maqsadi har tomonlama 

etuk, barkamol shaxsni tarbiyalashdir. 


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish