III. Maktabgacha ta’lim tizimining tuzilish tavsifi
Maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish – bu eng avvalo, maktabgacha muassasaga to’g’ri keladigan tartib yaratishdir. Bundan kelib chiqqan holda, maktabgacha tarbiya muassasasiga bolalar tarbiya va ta’limiga davlat qo’ygan talablarga javob beradigan muassasa deb qarash kerak.
Ota-onalar ehtiyojlariga mos holda ularga maktabgacha tarbiya muassasasini - turi, xili va sohasiga qarab tanlash huquqiga egaligini ta’minlash.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasida turli maktabgacha tarbiya muassasalar tizimi tashkil etilgan: turlari bo’yicha – maktabgacha muassasalar, “maktabgacha ta’lim muassasasi – boshlang’ich maktab” komplekslari, “Mehribonlik” uylari, “bolalar qishlog’i”; xususiylik shakli bo’yicha – davlat va nodavlat; bolalar bilan ishlash yo’nalishi bo’yicha: umumiy, maxsus va sanator.
Maktabgacha ta’lim tizimi murakkab tuzilishga ega. Maktabgacha ta’lim tuzilishi 2 tarkibga ega – maktabgacha ta’lim muassasalari va maktabgacha ta’limni ishlashi va rivojlanishini ta’minlovchi xizmatlar.
Maktabgacha ta’lim muammolariga qaratilgan asosiy halqa maktabgacha tarbiya muassasasi bo’lib hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda hududning asosiy muammolaridan biri guruhlarning to’lish normalarini, aholining turli maktabgacha muassasalarga bo’lgan ehtiyojlarini, ekologik sharoitni hisobga olgan holda qishloq, hudud va shaharlarda loyihalar bo’yicha maktabgacha muassasalar qurish. Loyihalar musiqa va jismoniy tarbiya zallari, tasviriy san’at studiyalari, basseynlar, o’yin xonalari, har bir guruh uchun alohida yotoqxona va o’yin xonalari, o’g’il va qiz bolalar uchun alohida xojatxonalar, tarbiyachilarga psixologik yordam xonalari qurishni ko’zda tutishi lozim. Ma’muriy xo’jalik xonalari rejalashtirilganda, xodimlar ishlashi uchun qulay shart-sharoit yaratish kerak.
Yangi binolar qurish va eski binolarni ta’mirlash individual loyihalar bo’yicha amalga oshirilganda maqsadga muvofiqdir. Bu binolarda 6ta guruhdan ko’proq guruhlarni joylashtirish mumkin emas. Bolalar uchun mo’ljallangan xonalarda ularni turli faoliyati uchun qulaylik yaratish kerak. Guruh xonalarini funksional o’zgaruvchan jihozlar bilan jihozlash. Ular joylashishini o’zgartirish oson bo’lib, guruh xonasini turli variantlar bo’yicha fazoviy bezatish mumkin.
Maktabgacha ta’lim muassasalari rivojlanuvchi predmetlar muhitini tashkil qilishga, ya’ni bolaning ma’naviy, jismoniy va psixik ko’rinishi rivojlanish mazmunini funksional modellashtiruvchi, bola faoliyatini material ob’ekti tizimiga alohida e’tibor qaratishi kerak.
Bolalikni rivojlantiruvchi predmet muhiti – bola shaxsi va faoliyati to’liq rivojlanishini ta’minlovchi sharoitlar tizimidir. U bolaning to’laqonli jismoniy, estetik, bilish va ijtimoiy rivojlanishi uchun zarur bir qator tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi. Ularga: tabiat muhiti va ob’ektlari, madaniy landshaftlar (ko’rinishlar), jismoniy o’yinlar va sog’lomlashtiruvchi inshootlar, predmet-o’yin muhiti, bolalar kutubxonasi, o’yingoh, videoteka, dizayn studiyasi, muzey, musiqa-teatr muhiti, mashg’ulotlarni predmet-rivojlantiruvchi muhiti, kompyuter o’yingohlari kiradi.
Predmetli muhitga boshlang’ich talab – uni rivojlantiruvchi xarakteridir. U o’zining mazmun va jihatlari orqali ob’ektiv holda har bir bolaning ijodiy faoliyati uchun sharoit yaratishi kerak; dolzarb, jismoniy, psixik rivojlanishi va takomillashish maqsadiga xizmat qilishi, yaqin rivojlanish zonasini ta’minlashi kerak.
Bola shaxsi rivojlanishining turli bosqichlarida ma’lumot olish muhitini kerakli turli mavzular majmui, materiallar xilma-xilligini ta’minlash kerak. Maktabgacha muassasalarni predmet-o’yin muhitini zamonaviy, arxaik (qadimgi) va etnik (O’zbekistonda yashovchi turli etnik guruhlarga tegishli) o’yinchoqlar bilan ta’minlashni ko’zda tutish kerak. Birinchisi bola psixikasini umuminsoniy sifatlarini saqlash va qayta tiklash uchun kerak, ikkinchisi esa madaniy-ahloqiy va estetik qadriyatlarni avloddan-avlodga saqlash uchun kuchli vosita bo’lib xizmat qiladi.
Bolani ijodiy rivojlanishi uchun katta zahira yangi axborot texnologiyalarini qo’llash bo’lib, bular maktabgacha yosh davriga o’yin orqali va ramziy-modellashtirish faoliyatining boshqa turlari orqali kirishi mumkin. Yangi axborot texnologiyalari bolada informatsion jamiyatdagi hayotga motivatsion, intellektual va operatsional (oldinlab boruvchi) tayyorlikni shakllantiradi.
Ta’lim tizimining tuzilish birligi bo’lib, psixologik va ijtimoiylar xizmatlar hisoblanadi.
Psixologik xizmatning asosiy maqsadi – bolani to’laqonli psixik va shaxsiy rivojlanishiga yordam beruvchi muhit bilan ta’minlash.
Ijtimoiy xizmat tevarak-atrofdagi muhit doirasida – ta’lim muassasasida, oilada, bolalar uyushmalarida va boshqalarda bola shaxsini to’laqonli ijtimoiylashuvi, rivojlanishi va tarbiyalash uchun xizmat qiladi.
Bolalar psixologi faoliyatining asosiy turlari: psixologik maorif, psixoprofilaktika faoliyati, psixologik tashxis, psixologik maslahat berish, rivojlantiruvchi va korreksion faoliyat.
Ijtimoiy pedagog faoliyatining asosiy turlari – ijtimoiy ta’lim bo’yicha regional dasturlar tuzish va ularni amalga oshirishda ishtirok etish, bolalar haq-huquqlarini himoya qilish, bola rivojlanishi va tarbiyasida oilaga ijtimoiy-pedagogik qo’llashni ta’minlash, buni amalga oshirish uchun boshqa mutaxassislarni jalb etish, ijtimoiy xavf-xatarga moyil oilalar bilan ishlash, ijtimoiylashuvda qiyinchilik sezgan bolalarni, vasiylikka muhtojlarni hisobga olish, ekstremal vaziyatdagilarga ijtimoiy-pedagogik yordam berish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish va uni bolalar, ularning oilalarida qo’llash, ijtimoiy-psixologik muammolarni yechishda boshqaruv organlari, ijtimoiy muassasalar bilan birgalikda harakat qilish.
Maktabgacha ta’limni isloh qilish (o’zgartirish), boshqarish tizimida o’zgartirish kiritishni talab qiladi. Qishloq, viloyat, shaharda region xususiyatlarini hisobga olgan holda haqiqiy vaziyatdan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’lim muassasalarini boshqarishning turli o’zgaruvchan shakllarini yaratish maqadga muvofiq.
Maktabgacha muassasalar ishini qayta qurish muassasadagi o’zgarishlar va ish mazmuni bilan bir qatorda yuqori turuvchi muassasalar bilan munosabatlardagi o’zgarishlarni ham o’z ichiga olishi kerak.
Maktabgacha muassasa mudir va pedagogik kengash bilan hamkorlikda boshqariladi. Bu kengash doimiy faoliyat ko’rsatuvchi, pedagogik xodimlarni o’z-o’zini boshqaruvchi kollegial organ bo’lib hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim tizimini isloh etish pedagogik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda o’zgartirishlar kiritishni talab qiladi. Maktabgacha tarbiya muassasalarda maxsus pedagogik ma’lumotga ega bo’lgan yoki pedagogik ma’lumotga ega bo’lib, qayta tayyorlashni o’taganlar ishlashlari zarur.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi mehnatining ijtimoiy ahamiyati, samaraliligi va obro’si uning tayyorgarlik darajasiga bog’liq. Bu jarayonda kasbiy tayyorgarlikni differensiatsiya tamoyilini tatbiq etish alohida ahamiyatga ega.
O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim muassasalar tarbiyachisini tayyorlash huquqi pedagogik kollej va oliy o’quv yurtlariga berilgan.
Kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirish abituriyentlarni o’quv ta’lim muassasalariga kirishda kasbiy yaroqlilikni aniqlash muhim omil bo’lishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun malakali kadrlar tayyorlashni differensiatsiyalashtirish ular malakasini oshirish va qayta tayyorlashni differensiatsiya jarayoniga imkon yaratadi.
Malaka oshirish kurslari o’z ishini shunday tuzishi kerakki, tinglovchilar faqat ta’lim jarayonining zamonaviy usul va uslublari bilangina tanishmay, balki ularni qobiliyat va qiziqishlariga qarab qo’shimcha mutaxassislik bo’yicha bilim olishlari lozim. O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim Konsepsiyasining asosiy qoidalarini tatbiq etish maktabgacha ta’lim muammolarini hal qiluvchi barcha muassasalar harakatlarining o’zaro muvofiqligi va ular orasida bog’lanish va hamkorlik zarurligini ko’zda tutadi.
Qo’yilgan vazifalarni hal etish Respublika maktabgacha ta’lim ilmiy-uslubiy markazi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Markaz faoliyatiga quyidagi xizmatlar kirishi lozim: ilmiy, uslubiy, psixologik-pedagogik, shuningdek, ilg’or ta’lim texnologiyasi va o’quv-ko’rgazmali qurollar laboratoriyasi, tajriba-eksperimental maktabgacha ta’lim muassasalari. Markaz faoliyat doirasida O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim yo’nalishlarini rivojlantirish, istiqbolli dasturlar tuzish uchun vaqtinchalik ijodiy ilmiy-uslubiy jamoalar tuzish ko’zda tutilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |