Umumiy tayyorgarlik -bola maktab ta'limiga o'tish davriga kelib erishadigan psixik rivojlanishning muayyan darajasi bilan ifodalanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan Davlat talablari- Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishi "Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan Davlat talablari" orqali nazorat qilinadi. Davlat talablaridan maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta'lim-tarbiya mazmunining asosiy yo'nalishlari hamda ularning maktabga tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo'lib u davlat hujjati sifatida e'tirof etiladi.
Maktabgacha ta'lim- bola shaxsini sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Bu ta'lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog'chasida va mulk shaklidan qat'iy nazar, boshqa ta'lim muassasalarida olib boriladi.
"Maktabgacha ta'lim" jurnali - ilmiy-metodik oylik jurnal, "Sog'lom avlod uchun" jurnali ilovasi. Jurnalda maktabgacha ta'lim nazariyasi, metodikasi, amaliyoti masalalariga bag'ishlangan maqolalar, mashg'ulotlar, manbalar yoritiladi. "Maktabgacha tarbiya" jurnali 1991-yili O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi muassisligida ta'sis etilib, 1992-yil yanvardan chiqa boshlagan. 1995 yilda Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan "Maktabgacha tarbiya" jurnal negizida "Sog'lom avlod uchun" jurnali tashkil etilgan. 1999 yildan boshlab "Sog'lom avlod uchun" jurnal muassisligida "Maktabgacha ta'lim" nomi bilan "Sog'lom avlod uchun" jurnalining ilova nashri sifatida chiqmoqda.
Maqsad va vazifalari: maktabgacha ta'lim va tarbiyaga doir barcha masalalarni - oila, davlat va jamiyat, jamoatchilik muassasalari darajasida o'rganish, kun tartibiga qo'yish, muhokama etish, ularning ilmiy, metodik yechimlarini topishda ko'maklashish, maktabgacha ta'lim pedagogikasi nazariyasi, ilmi, amaliyoti muammolarini keng va har taraflama yoritish, pedagog va psixolog mahorati masalalarini tahlil etish, maktabgacha ta'lim mazmuni, shakllari va metodlarini takomillashtirish uchun ijodiy sa'y-harakat ko'rsatish, mulk shaklidan qat'iy nazar barcha maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini, oliy va o'rta maxsus ta'lim sohasidagi maktabgacha ta'lim mutaxassislari tayyorlash tajribasini ommalashtirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g'oya targ'iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishga ko'maklashishdan iborat.
"Maktabgacha ta'lim" ilmiy-metodik, oylik jurnal har oyda 1 marta, yiliga 12 marta chiqadi.
Maktabgacha ta'lim bo'yicha asosiy ish hujjatlari:
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
Maktabgacha ta'lim to'g'risidagi Konsepsiya.
Maktabgacha ta'lim to'g'risidagi Nizom.
O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun.
O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi.
Maktabgacha ta'lim sohasida chiqarilgan farmon buyruq, farmoyishlar, ko'rsatmalar, yo'riqnomalar, direktiv va me'yoriy hujjatlardir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan Davlat talablarida belgilangan ko'rsatkichlarga erishish 6-7 yoshdagi bolalarni maktabga to'la-to'kis tayyorlashga, maktabda beriladigan ta'limni mukammal o'zlashtirishga, mustaqil O'zbekistonning ravnaqi uchun xizmat qiladigan barkamol inson bo'lib yetishishlariga zamin xozirlaydi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni uch bosqichda amalga oshiriladi:
Bolalarni jismonan rivojlantirish.
Bolalarning nutqi va tafakkurini rivojlantirish.
Bolalarni ma'nan rivojlantirish.
Maktabgacha ta'lim muassasasi - davlat tomonidan belgilab berilgan huquqiy me'yoriy hujjatlar va maktabgacha ta'lim muassasasiga qo'yiladigan talablarga muvofiq bolalarga ta'lim-tarbiya berish, ularga qarab turish va ularni parvarishlash hamda sog'lomlashtirishga yo'naltirilgan ta'lim muassasalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |