Navoiy davlat pedagogika instituti maktabgacha ta`lim kafedrasi maktabgacha ta`limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyati fanidan



Download 1,27 Mb.
bet10/89
Sana20.04.2022
Hajmi1,27 Mb.
#565040
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIMNI TASHKIL ETISH VA RAHBARNING TASHKILOTCHILIK MADANIYATI

demokratik-xalqparvarlik asosida boshqaruv. O`zbe­kiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Xalq ta’limi tizimiga doir qonun hujjatlari asosida ishlarni tash­kil etish;

  • yakkaboshchilik tamoyili ma’lum maksadga kara- tilgan ish usuli bulib, maktabgacha ta’lim muassasalari yillik ish rejasini tulik bajarishga karatiladi;

  • hamkorlik tamoyili barcha masalalarni jamoa a’zolari bilan birgalikda hal etishni nazarda tutadi;

    4) aniqlik tamoyili pedagogiq metodik va xo`jalik ishlarini ma’lum maqsadga qaratilgan holda aniq, puxta tashkil etish va bajarilishini tahlil qilish;

    1. xo`jalikni boshqarish tamoyili ish yuritishni tug`ri tashkil qilish asosida smetadagi mablag’arni t`g’ri taqsimlash, uning bandlarini o’z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni olib borish;

    2. tanqid va o`z-o`zini tanqid rahbar va har bir xodimning o`z ishiga nisbatan talabchanlik bilan yondashish, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish, ba- jaradigan ishlarga tanqidiy munosabat;

    3. farqlash tamoyili ishdagi ijobiy va salbiy jihatlarni va ilg’or ish tajribalarni ko`ra olish;

    4. yangilikni his qila olish tamoyili o`z ustida tinimsiz ishlash asosida ta’lim sohasidagi o`zgarish va yangiliklardan xabardor bo’lish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ilgor pedagogika texnologiyalarni o`zlashtirish va ish faoliyatida qo’llay olish.

    Maktabgacha ta’limni tashkil etish va unga rahrarlik qilish sohasining metodologik asosini O`zbekistan Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta’lim to’g’risida»gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, «Maktabgacha ta’lim to’g’risida»gi konsepsiya va nizomda ko’rsatib berilgan maqsad va vazifalar tashkil etadi. Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim muassasasi mustaqil ravishda o`z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan, qonunchilikka va pedagogik tamoyillarga zid bo’lmagan har qanday qarorlar qabul qilishga haqlidir.
    Uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o`zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat tomonidan boshqarib boriladi. Barcha bo’g’in ta’lim boshqaruv organlarining huquq va vakolatlari «Ta’lim to’g’risida»gi qonunga muvofiq belgilanadi. Mazkur qonun ta’lim muassasalari faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslarini belgilab berish barobarida uning moliya-xo’jalik ishlarini to’g’ri va oqilona yuritishni, ta’lim jarayonini tashkil etishda o’quv yurtlarining mustaqil fa­oliyat ko’rsatishini ta’minlaydi.
    Ta’lim muassasalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestasiyadan o’tkaziladi hamda akkreditatsiya qilinadi. Akkre­ditatsiya yakunlariga ko’ra, ularga ta’lim soxasida faoli­yat yuritish huquqi beriladi.
    Muassis tashkilotlar, mahalliy hokimiyat organlari, tadbirkorlar doiralari, jamoat tashkilotlari, turli jamg’armalar va homiylar vakillarini o’z ichiga olgan vasiylik va kuzatuv kengashlarini tuzish orqali ta’lim muassasalarida samarali jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.
    Shunday qilib, mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim tizimi, jumladan, maktabgacha ta’lim tizimini tubdan yangilash va takomillashtirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi. Shu yillar mobaynida yurtimizda mazkur sohani rivojlantirishning mustahkam huquqiy-konstitutsional asoslari yaratildi. Jumladan, «Ta’lim tug’risida»gi Qonunning alohida moddasi maktabgacha ta’lim ga bag’ishlangani shundan dalolat beradi.
    Unga ko’ra, maktabgacha ta’lim tizimining asosiy maqsadi — bola shaxsining asoslarini shakllantirish, uning jismoniy va aqliy jihatdan sog’lom va yetuk bo’lib voyaga yetishini ta’minlash, ta’limning keyingi bosqichi — o’rta maktabda o’qishga tayyorlash, bilim olishga qiziqishini uyg’otishdan iborat. Shuningdek ushbu moddada, «maktab­gacha ta’lim olti-etti yoshgacha oilada, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladi», deya qayd etilgan.
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi ham komil inson tarbiyasiga qaratilgan. Mazkur huquqiy negizlar asosida yaratilgan maktabgacha ta’lim konsepsiyasiga tayangan holda maktabgacha ta’limning tarkibi va mazmunini qayta ko’rib chiqish, jismoniy, ma’naviy va intellektual jihatdan barkamol, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, uni milliy an’ana va qadriyatlarimiz, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ulkan ma’naviy-ma’rifiy meros, xalq pedagogikasi tajribasi, zamonaviy ilm-fan erishgan yutuqlarga tayangan holda tarbiyalash, tarbiyaviy jarayonda maktabgacha ta’lim muas­sasalari, oila va ota-onalarning o’zaro munosabatlarini uyg’unlashtirish masalalari uzluksiz va izchil hal etilmoqda.
    Shu ma’noda 1993 yilda qabul qilingan hamda farzandlarimizni yoshligidanoq jismonan, ruhan, ma’naviy jihatdan tarbiyalashni ko’zda tutgan «Sog’lom avlod uchun dasturi» ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. Unda, jumladan, quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko’zda tutilgan:

    1. maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya mazmunini takomillashtirish va boyitish;

    2. maktabgacha ta’lim muassasalarida basseyn, suv havzalari, turli sport inshootlari va to’garaklarini tash­kil etish;

    3. bu borada mamlakatimizda va xorijda to’plangan ilg’or tajribani o’rganish va ommalashtirish;

    4. mashg’ulotlarni qiziqarli o’yin tarzida, xususan, xalq milliy o’yinlari asosida tashkil etish va o’tkazish;

    5. bolalarning sog’lig’ini saqlash, muhofaza qilish va mustahkamlash, sog’lomlashtirish va chiniqtirish mash- g’ulotlarini uzluksiz olib borish.


    Download 1,27 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish