O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
JISMONIY TARBIYA FAKULTETI
TIBBIY BILIM ASOSLARI KAFEDRASI
Navoiy shahri
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
JISMONIY TARBIYA FAKULTETI
TIBBIY BILIM ASOSLARI KAFEDRASI
“HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI ”
Bilim sohasi;
|
100000 Ta’lim.
|
Ta’lim yo’nalishi.
|
140000-O’qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani
|
Bakalavriat yo’nalishi.
|
Barcha ta’lim yo’nalishlari uchun
|
NAVOIY
«Tibbiy bilim asoslari» kafedrasi
«Hayot faoliyati xavfsizligi»
fanidan
Ushbu o’quv – uslubiy majmua “Hayot faoliyati xavfsizligi»
fani bo’yicha yaratilgan bo’lib,unda maskur fanning o’quv dasturi,ishchi dasturi,ma’ruza mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi va seminar mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi jamlangan.
Mazkur o’quv-uslubiy majmua oily o’quv yurtlarining bakalavr ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan.
Tuzuvchi: t.f.n.D.E.Quvondiqova.
katta o’qit: H.Sh. Jumayeva
Taqrizchi: b.f.n.Qo’ng’irov.X.
O’quv-uslubiy majmua Navoiy Davlat Pedagogika instituti Ilmiy kengashining 2013__ yil __ ___________dagi ___- sonli qarori bilan tavsiya etilgan.
TAQRIZ
Ta`limdagi bugungi o`zgarishlar har bir pedagok oldidagi ma`sulyatli vazifalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda o`sib kelayotgan yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash va ta`lim berish jaroyonida turli xil usul va shakllardan foydalanib, yangi pedagogik texnalogiya asosida norasmiy dars shakllaridan, zamonaviy texnik vositalaridan foydalanib dars o`tish vazifasi pedagog uchun katta ma’sulyat talab etadi. Ta`lim ko`p qirrali jaroyon bo`lib, uning natijasi o`qituvchi va talaba faoliyatini to`g`ri tashkil etishga bog`liq. Talim jaroyoni o`qituvchi va talaba faoliyatini o`yg`unlashtirishni taqoza etadi. Bu jarayon bir- biriga chambarchas bog`liq bo`lgan ikki unsur–o`qitish va o`qishdan tashkil topadi.
Yangi pedagogik texnologiyada talaba ta’limning ishtirokchisi, o`qituvchi esa shu jarayonning tashkilotchisidir.
Salomatlik so`zi bu keng qamrovli, ko`p qirrali, o`z ichiga inson va uning organizmiga tegishli bo`lgan ruhiy va jismoniy holatlarini o`zaro bog`liq va bir butun juda ko`p narsalarni oladi.
Salomatlik–baxtli hayotning negizi, asosi va mezonidir.
Ushbu Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan tayyorlangan majmua yangi pedagogik texnalogiyalar asosida tayyorlangan bo`lib, unda inson mehnati jarayoni da sodir bo’ladigan baxtsiz hodisalar favqulotda hodisalar va ularni oldini olish to’liq yoritilgan.Bundan tashqari majmuada normativ hujjatlar, baholash mezonlari, test savollari, tibbiy masalalar, foydali maslahatlar va talabalar bilmini baholash uchun reyting texnologik xarita mavjud.
N.D.P.I.Tabiatshunoslik fakulteti.
Biologiya kafedrasi katta o’qituvchisi.
Biologiya fanlari nomzodi; Qo’ng’irov.X.
Navoiy Davlat Pedagogika Instituti “Jismoniy tarbiya” fakulteti “Tibbiy bilim asoslari” kafedrasi yig’ilish bayonnomasidan
KO’CHIRMA
Navoiy shahar 2013-yil
Qatnashdilar: t.f.n. Quvondiqova D.E.
katta o’qituvchilar: Eshmurodova S.T, Jumayeva X. Sh, Turdiyev Sh.B.
o’qituvchilar: Karimova M.S, Davlatova M.E, Jabborova O.G’,
RoziqovaM.O, Kazakov R.H, Ostonova S.R.Ochilov F.E
KUN TARTIBI:
Har xil masalalar
-
Kafedra-professor o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan barcha bakalavriatura uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan o’quv-uslubiy majmuani tayyorlash haqida.
ESHITILDI: Kafedra mudiri t.f.n. Quvondiqova D.E. so’zga chiqib, “Tibbiy bilim asoslari” kafedrasida hozirgi kunda o’qitilayotgan ”Hayot faoliyati xavfsizligi” fani institutning barcha bakalavriat yo’nalishlari 2-kurs talabalariga III, IV semestr davomida o’qitilishini ta’kidladi. Ta’lim-tarbiya jarayonini maqsaddan kafolatlangan natijaga erishishda yaratilayotgan ta’lim texnologiyasining o’rni va ahamiyati juda beqiyos bo’lib unga ijodiy yondashgan holda ishlab chiqish bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlashda o’ziga xos ahamiyatga ega ekanligini aytib o’tdi. Ushbu masala yuzasidan kafedra professor-o’qituvchilaridan fikr bildirishlarini so’radi.
SO’ZGA CHIQDI: katta o’qituvchi Eshmurodova S.T, Jumayeva X.Sh,
Jabborova O.G’, Ostonova S.R so’zga chiqib, yuqorida e’tirof etilgan fanlar bo’yicha ta’lim texnologiyalari o’z nihoyasiga yetganligi va belgilangan talab bo’yicha vazifalar o’z vaqtida bajarilganligi haqida aytib o’tdilar.
Shundan so’ng yig’ilish raisi Quvondiqova D.E. so’zga chiqib, kafedra professor-o’qituvchilari tamonidan tayyorlangan o’quv-uslubiy majmua tayyorlanib tugatilganligini aytib, uni ko’rib chiqishni fakultet o’quv-uslubiy kengashidan so’rash taklifini berdi.
Yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, yig’ilish
QAROR QILADI
-
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan barcha bakalavriatura uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan o’quv-uslubiy majmuani tayyorlangan darajasi yuqori, barcha talablarga javob beradi.
-
O’quv-uslubiy majmua tayyorlanib tugatilganligini ko’rib chiqish fakultet o’quv-uslubiy kengashidan so’ralsin.
Yig’ilish raisi: t.f.nQuvandiqova D.E.
Kotiba: Davlatova M.E
Navoiy Davlat Pedagogika Instituti “Jismoniy tarbiya” fakulteti “Tibbiy bilim asoslari” kafedrasi mudiri t.f.n D.E.Quvandiqova va katta o`qituvchi H.Sh.Jumayevaning “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan barcha bakalavriatura ta’lim yo’nalishi bo’yicha tayyorlagan ta’lim texnologiyalari majmuasiga
EKSPERT XULOSASI
Jamiyatning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli, Respublika mustaqilligi va bozor iqtisodiyotiga xos ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni shakllantirish-ijtimoiy faol, ijodkor, jamiyatda mustahkam,fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lgan o’zini-o’zi va o’z hatti-harakatlarini to’g’ri anglab, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib xissa qo’shuvchi mutaxassislarni tayyorlash va mazkur jarayon samaradorligini ta’minlovchi pedagogic-psixologik ta’lim integratsiyasi tuzilmasini yaratishni taqozo etmoqda.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan ta’lim texnologiyalari majmuasi zamon talablari asosida, innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo’llash texnikasi keng yoritib berilgan holda ishlab chiqilgan.
Kurs bo’yicha o’quv rejasida ma’ruza, laboratoriya, amaliy va seminar mashg’ulotlari rejalashtirilgan bo’lib, har bir mavzu bo’yicha dars mashg’ulotlarini har bir mavzu bo’yicha dars mashg’ulotlarini o’tkazish batafsil izohlab berilgan bo’lib,majmuada “Aqliy hujum”,”Klaster”,”Muammo”,”Qor uyumi”,”Tushunchalar tahlili”,”Blist so’rov” kabi interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydananilgan.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “Tibbiy bilim asoslari” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan o’quv-uslubiy majmuani tayyorlangan ta’lim texnologiyasi majmuasi qo’yilgan barcha talablarga javob beradi va ta’lim tizimida talabalarni o’qitishda qo’llash o’z samaradorligini beradi.
Navoiy Davlat Kon Metallurgiya instituti,
Hayot faoliyati kafedra mudiri dotsent: Salimov. X.V
Navoiy Davlat Pedagogika Instituti “Jismoniy tarbiya” fakulteti “Tibbiy bilim asoslari” kafedrasi mudiri t.f.n D.E.Quvandiqova va katta o`qituvchi H.Sh.Jumayevaning “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan barcha bakalavriatura ta’lim yo’nalishi bo’yicha tayyorlagan ta’lim texnologiyalari majmuasiga
EKSPERT XULOSASI
Respublikamiz o’z mustaqilligiga erishgandan so’ng,ko’pgina sohalar singari ta’lim sonasida nam tub islohatlarni amalga oshirib,ta’lim jarayonida etuk kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor qaratildi.Shu jumladan,bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlashda ham ularni nazariy bilimlarni olish bilan bir qaroqda amaliy ko’nikmalarni egallashlari muhim vazifa hisoblanadi.
Ta`limdagi bugungi o`zgarishlar har bir pedagok oldidagi ma`sulyatli vazifalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda o`sib kelayotgan yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash va ta`lim berish jaroyonida turli xil usul va shakllardan foydalanib, yangi pedagogik texnalogiya asosida norasmiy dars shakllaridan, zamonaviy texnik vositalaridan foydalanib dars o`tish vazifasi pedagog uchun katta ma’sulyat talab etadi. Ta`lim ko`p qirrali jaroyon bo`lib, uning natijasi o`qituvchi va talaba faoliyatini to`g`ri tashkil etishga bog`liq. Talim jaroyoni o`qituvchi va talaba faoliyatini o`yg`unlashtirishni taqoza etadi. Bu jarayon bir- biriga chambarchas bog`liq bo`lgan ikki unsur–o`qitish va o`qishdan tashkil topadi.
Kurs bo’yicha o’quv rejasida ma’ruza, laboratoriya, amaliy va seminar mashg’ulotlari rejalashtirilgan bo’lib, har bir mavzu bo’yicha dars mashg’ulotlarini har bir mavzu bo’yicha dars mashg’ulotlarini o’tkazish batafsil izohlab berilgan bo’lib,majmuada “Aqliy hujum”,”Klaster”,”Muammo”,”Qor uyumi”,”Tushunchalar tahlili”,”Blist so’rov” kabi interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydananilgan.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “Tibbiy bilim asoslari” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan o’quv-uslubiy majmuani tayyorlangan ta’lim texnologiyasi majmuasi qo’yilgan barcha talablarga javob beradi va ta’lim tizimida talabalarni o’qitishda qo’llash o’z samaradorligini beradi.
Kimyo-ekologiya kafedrasi mudiri,dotsent,b.f.n. G.D.Shamsidinova.
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Jismoniy tarbiya fakul’teti o’quv-uslubiy Kengashining bayonnomasidan
KO’CHIRMA
Navoiy shahri 2013-yil __26-avgust
Qatnashdilar: Jismoniy tarbiya fakul’teti o’quv-uslubiy Kengashi raisi, k.o`qit O.Q.Musayev
Jismoniy tarbiya fakul’teti o’quv-uslubiy Kengashi a’zolari,Tibbiy bilim asoslari kafedrasi professor-o’qituvchilari.
KUN TARTIBI
-
Tibbiy bilim asoslari kafedrasi mudiri D E Quvandiqova va katta o`qituvchi H.Sh. Jumayevaning “Hayot faoliyati xafsizligi” fanidan o`quv uslubiy majmuasini tayyorlanganligi haqida.
So’zga chiqdi: o’quv-uslubiy Kengashi raisi, k.o`qit O.Q.Musayev “Hayot faoliyati xafsizligi” t.f.n Quvandiqova va katta o’qituvchi Jumayeva tomonidan tayyorlangan majmua bakalavriaturaning barcha ta’lim yo’nalishlari o’quv rejasi asosida tuzilgan Ta`limdagi bugungi o`zgarishlar har bir pedagok oldidagi ma`sulyatli vazifalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda o`sib kelayotgan yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash va ta`lim berish jaroyonida turli xil usul va shakllardan foydalanib, yangi pedagogik texnalogiya asosida norasmiy dars shakillaridan, zamonaviy texnik vositalaridan foydalanib dars o`tish vazifasi pedagog uchun katta ma’suliyat talab etadi
So’zga chiqdi: tibbiy bilim asoslari kafedrasi katta o`qituvchisi S.T.Eshmurodova Hozirgi zamon tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida tashkil etishni talab etadi. Demak, shu yo’nalishda yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan uslubiy qo`llanmalar, mavzularga oid tarqatma materiallar darsning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
QAROR QILADI
-
1.Tibbiy bilim asoslari kafedrasi mudiri D E Quvandiqova va katta o`qituvchi H.Sh. Jumayevaning “Hayot faoliyat xafsizligi” fanidan o`quv uslubiy majmuasi tugallangan deb topilsin.
2. Tibbiy bilim asoslari kafedrasi mudiri D E Quvandiqova va katta o`qituvchi H.Sh. Jumayevaning “Hayot faoliyat xafsizligi” fanidan o`quv uslubiy majmuasini ko’rib chiqish institut o’quv-uslubiy kengashidan so’ralsin.
Jismoniy tarbiya fakul’teti o’quv-uslubiy
Kengashi raisi: K.o`qituvchi O.Q.Musyev
Kotiba: Shamsiyeva I
ЎЗБЕКИСTОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРTА МАXСУС TАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
Рўйхатга олинди
№_________________
«____»________201_ йил
|
|
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 201_ йил «___»_________даги
«___» - сонли буйруғи
билан тасдиқланган
|
«Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги» фанининг
ЎҚУВ ДАСTУРИ
Билим соҳалари:
|
100 000
300 000
600 000
|
-
|
Гуманитар
Ишлаб чиқариш техник
Xизматлар
|
Tаълим соҳалари:
|
110 000
150 000
130 000
320 000
610 000
620 000
630 000
640 000
|
-
|
Педагогика
Санъат
Мухандислик иши
Ишлаб чиқариш технологияси
Хизмат кўрсатиш
Транспорт
Атроф-муҳит муҳофазаси
Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги
|
Tаълим йўналишлари:
|
-
|
Соҳадаги барча таълим йўналишлари
|
Tошкент-2012
Фаннинг ўқув дастури Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус, касб-ҳунар таълими ўқув-услубий бирлашмалари фаолиятини мувофиқлаштирувчи кенгашнинг 201 йил «__»_________даги «___» -сонли мажлис баёни билан маъқулланган..
Фаннинг ўқув дастури Tошкент давлат техника университетида ишлаб чиқилди.
Tузувчилар: Юлдашев О.Р.- т.ф.н. “ҲФХ” каф. доц. (ТДТУ)
Расулева М.А.- т.ф.н. “ҲФХ” каф. доц. (ТДТУ)
Петросова Л.И.- т.ф.н. “ҲФХ” каф. доц. (ТДТУ)
Нигматов И.- т.ф.н. “ҲФХ” каф. доц. (ТДТУ)
Кадыров Р.Н.- т.ф.н. “ҲФХ” каф. доц. (ТДТУ)
Тақризчилар: Аҳмедов И.- т.ф.н., доц. (TИМИ)
Cапаев Ш.М. - (“Ўзбекистон ҳаво йўллари” ДАК, ММК бўлими бошлиғи)
Фаннинг ўқув дастури Tошкент Давлат техника университетининг Илмий-методик кенгашида тавсия қилинган. (201_ й.________даги «___» - сонли баённома)
1. Кириш
Ўзбекистон Республикаси фуқароларининг ҳаёти ва соғлиғини инсон фаолиятининг барча соҳаларида муҳо-фазалашда „Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги” (ҲФХ) фани асосий ўринлардан бирини эгаллайди.
Ушбу дастур фан тарихи, ривожи ва истиқболи ҳамда Республикамиздаги ижтимоий-иқтисодий ислоҳотлар натижалари, ишлаб чиқариш ва худудий хавфсизлик муаммоларининг инсон ҳаёти хавфсизлигига таъсири масалаларини қамрайди. Зеро ҳозирги вазиятда хавфсиз ҳаётни таъминлаш масалалари энг долзарб муаммолардан ҳисобланади. Чунки техносфераларда ишлаб чиқариш жараёни бузилиши, ишловчилар учун санитария ва гигиена меъёр ва қоидаларини яратилмаслиги, муҳит ривожланишдаги нохуш вазиятларнинг мураккаблашуви, давлатлар ўртасида инсоният ҳаётига хавф-хатар солувчи ҳолатларнинг рўй бериши, инсоният томонидан қўлланилаётган турли заҳарли ва зарарли моддалар ва воситалар кўплаб хавфларни юзага келтириб, инсонларнинг ҳаётий фаолиятига, соғлиғига, атроф-муҳит тозалигига ва иқтисодиётнинг барқарор ривожланишига таҳдид солмоқда. Шу сабабли ҳам мамлакатимизнинг энг муҳим ва кечиктириб бўлмайдиган вазифалари қаторида аҳоли ҳаётининг хавфсизлигини таъминлаш масалалари долзарб ўрин олган. Айнан шу муаммоларнинг ечимини “Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги” фани ўрганади.
Дастурни тайёрлашда Ўзбекистон Республикаси Президентининг 4.03.1996 йилдаги “Ўзбекистон Республикаси фавқулодда вазиятлар вазирлигини ташкил этиш тўғрисида”ги фармони, адабиётлар рўйхатида келтирилган Ўзбекистон Республикаси қонунлари, Вазирлар Маҳкамасининг Қарорлари, шунингдек, Ўзбекистон Республикаси фавқулодда вазиятлар вазирлигининг 2008 йил 3 сентябрдаги 140-сон буйруғи билан тасдиқланган “Аҳолини Фавқулодда вазиятларда ҳаракатланишга тайёрлашга оид йўриқнома”си, Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2008 йил 28 октябрдаги “Аҳолини Фавқулодда вазиятларда ҳаракатланишга тайёрлашга оид йўриқномани ўқув жараёнига татбиқ этиш тўғрисида”ги 318- сон буйруғи асос қилиб олинди.
1.1. Ўқув фанининг мақсади ва вазифалари
Фан ўқитилишининг мақсади – бўлажак мутахассисларга ҳаётий фаолиятларида юзага келадиган хавфларнинг келиб чиқиш сабабларини, хусусиятларини, оқибатларини ва уларни йўқотиш қоидаларини, хавфсиз иш шароитларини яратиш, табиий, техноген, экологик ва бошқа тусдаги фавқулодда вазиятлардан аҳолини ҳимоя қилиш, уларни назарий ва амалий жиҳатдан ҳимояланишга ҳамда жароҳат олганларга бирламчи тиббий ёрдам кўрсатиш қоидаларини ўргатишдан иборат.
Ўқув фанини ўрганишнинг асосий вазифалари: ҳаётий фаолиятда юзага келадиган хавфларни идентификациялаш ва уларни ўрганиш, ишлаб чиқариш жараёнларида хавфсиз меҳнат шароитларини яратиш, техносферада касб касалликларини камайтирадиган ва бахтсиз ҳодисаларни олдини оладиган чора-тадбирларни ўрганиш. Шунингдек, аҳолини табиий офат, авария ва ҳалокатлардан ҳимояланиш усулларига ўргатиш, зарарланган шикастланиш ўчоқларидаги фуқароларни қутқариш ва тиклов ишларини ўтказиш, ёнғинга қарши хавфсизлик чораларини кўриш, жароҳат олганларга бирламчи тиббий ёрдам кўрсатиш ва бошқа муҳим вазифаларни бажара оладиган билим, кўникма ва касбий малакага эга инсонни тарбиялашга қаратилган.
1.2. Талабаларнинг фан бўйича билими, кўникма ва малакасига қўйиладиган талаблар
Юқоридаги вазифалардан келиб чиқиб «Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги» ўқув фанини ўзлаштириш жараёнида амалга ошириладиган масалалар доирасида бакалавр:
- билимларнинг бир бутун тизими билан ўзаро боғлиқликда ушбу фаннинг асосий муаммолари тўғрисида;
- ўз бўлажак касбининг моҳияти ва ижтимоий аҳамияти тўғрисида;
- хавф-хатарларни идентификациялаш;
- хавфсизликни таъминлаш тамойиллари, услублари ва воситаларини таҳлил қилиш;
- фаолиятнинг хавфсиз шароитларини лойиҳалаш;
-ишлаб чиқариш санитарияси ва меҳнат гигиенаси тўғрисида тасаввурга эга бўлиши.
- ҳаёт-фаолият хавфсизлигини таъминлаш соҳасида қабул қилинган қонун ҳужжатлари ва бошқа меъёрий-ҳуқуқий ҳужжатларнинг асосий талабларини;
- фаолият хавфсизлиги шароитларини яратишда мансабдор шахсларнинг вазифалари ва жавобгарликларини;
- ишлаб чиқаришдаги жароҳатланиш ва касб касалликларини таҳлил қилиш услубларини;
- хавфли ва зарарли ишлаб чиқариш омилларининг юзага келишининг олдини олиш усулларини;
-ишлаб чиқаришда микроиқлимнинг гигиеник меъёрларини ташкил этишни билиши керак.
- ишлаб чиқариш тармоқларида хавфсиз иш шароитини ташкил этишни;
-электр қурилмалари, ускуналар, машина ва механизмларни ишлатганда, техник хизмат кўрсатганда ва таъмирлашда кўриладиган асосий техника хавфсизлиги талаблари;
- зарарсиз иш шароитини таъминловчи умумий ва шахсий ҳимоя қилиш воситалари;
-ёнғин чиқиш сабаблари, улар олдини олиш ва ўчиришнинг ташкилий ва техник воситалари;
- фавқулодда вазиятлар турлари, уларнинг келиб чиқиш сабаблари, оқибатларини таҳлил қилиш услублари;
- фавқулодда вазиятларда инсонлар ва моддий бойликларни сақлаш ва қутқариш тамойиллари, услублари ва воситалари тўғрисида тушунчага эга бўлиши керак.
- фавқулодда вазиятларда инсонлар ва моддий бойликларни сақлаш ва қутқариш воситаларини ишлатиш бўйича кўникмага эга бўлиши керак.
-турли ҳолатларда жабрланганларга бирламчи тиббий ёрдам кўрсата олиш;
- техника, электр ва ёнғин хавфсизлиги талаб ва меъёрларини тез ва қатьийлик билан бажариш тажрибасига эга бўлиши керак.
Қўйилган вазифалар ўқиш жараёнида талабаларнинг маъруза, амалий машғулот ва семинарларда фаол иштироки ҳамда ўқитувчи кузатувида мустақил таълим олиши билан амалга оширилади.
1.3. Фаннинг ўқув режадаги бошқа фанлар билан ўзаро боғлиқлиги ва услубий жиҳатдан узвий кетма-кетлиги
Инсонларни техносферадаги фаолияти хавфсизлигининг асосларини ўрганиш аввало, тирик мавжудотларнинг ўзаро ва атроф-муҳит билан бир-бирига муносабати тўғрисидаги умумий билимларда ҲФXнинг ўрнини билишдан бошланади.
«Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги» фанини ўқитиш талабаларнинг ўқув режасида режалаштирилган математик ва табиий ҳамда умумкасбий ва ихтисослик фанлардан олган билимларига таянган ҳолда олиб борилади.
1.4. Фаннинг ишлаб чиқаришдаги ўрни
Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги фанини ўрганиш нафақат техносферада хавфлар туғилганда, балки ишловчиларни касб касаллигига чалинишларини қисқартириш, бахтсиз ҳодисалар олдини олиш шунингдек, биосферада (атроф-муҳитда) юз берадиган фавқулодда вазиятларда инсонлар ўлими ва моддий зарарлар миқиёсини камайтириш имконини беради.
1.5. Фанни ўқитишда янги ахборот-педагогик технологиялар
Йўналишнинг ўзига хос хусусиятлари дастурни интерфаол усулларда ўзлаштиришни тақазо қилади. Бунда асосий эътибор аудитория машғулотларида ва мустақил тайёргарликда ўзлаштириладиган чуқурлаштириладиган назарий билимларга ҳамда объектив жараёнлар ва ҳодисаларга нисбатан дунёқарашни шакллантиришда маъруза машғулотларига катта ўрин ажратилади.
Дастур материалларини ўзлаштириш тўрт хил:
- муаммоли мавзулар бўйича;
- мустақил ўзлаштирилиши мураккаб бўлган бўлимлар бўйича;
- таълим олувчиларда алоҳида қизиқиш уйғотувчи бўлимлар бўйича;
- олдинга силжиган маърузаларни интерфаол усулда ўқитиш йўли билан;
-мустақил таълим олиш ва ишлаш, коллеквиумлар ва мунозаралар жараёнида ўзлаштириладиган билимлар бўйича машғулотлар ўтказиш йўли билан амалга оширишни назарда тутади.
Мустақил тайёргарлик жараёнида талаба адабиётлар, интернет материаллари ва меъёрий ҳужжатлар билан ишлашни уддалашни намоён қилиши, аудитория машғулотлари пайтида қабул қилинган маълумотларни мушоҳада қилиш қобилиятини кўрсатиши зарур.
Дастур талабалар билимини рейтинг-назоратидан фойдаланадиган ўқув жараёнини ташкил қилишнинг янги тамойиллари асосида амалга ошади.
Фанни ўзлаштиришда масофадан ўқитиш, дарслик, ўқув қўлланмалари ва маърузалар матнларининг электрон версияларидан, маърузалар ўқиш, электрон плакатлар ва интернет тармоғидан фойдаланилади.
2. АСОСИЙ ҚИСМ
2.1. Ҳаёт фаолияти хавфсизлигининг назарий асослари
Ҳаёт фаолияти хавфсизлигини таъминлаш асослари. Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги ҳақида тушунча. Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги фанининг мақсади ва вазифалари. Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги фанининг таркибий қисмлари ва уларнинг текшириш объектлари. Фаолият хавфсизлигини таҳлил қилиш. Ҳаёт фаолияти хавфсизлигининг асосий тушунчалари, уларнинг мазмуни. Хавфлар, уларнинг таснифи. Фаолият хавфсизлигини таъминлаш тамойиллари, услублари. Техносферада хавфсизликни таъминлаш воситалари. “Инсон - муҳит” тизимида инсон омили. Фаолият хавфсизлигини таъминлашнинг эргономика асослари. Фаолият хавфсизлиги психологияси. Ҳаёт фаолияти хавфсизлигининг иқтисодий жиҳатлари.
Do'stlaringiz bilan baham: |