Olxo’ri - Olxo’ridagi PP vitamini qon bosimini pasaytiradi, shu bilan birga, qon tomirlarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Aytish mumkinki, ushbu vitamin qayta ishlanganda ham o’zining xususiyatlarini yo’qotmaydi. Shuningdek, olxo’ri organizmdan xolesterin moddasini ajratishda yaxshi samara beradi. U oson xam bo’luvchi, organizmdan qon ishlab chiqaruvchi va uni tozolovchi vosita sifatida qo’llaniladi. Olxo’ridan xalq tabobatida ham, tibbiyotda ham keng foydalaniladi. Uning tarkibida kaliy tuzi yuqori bo’lib, bu modda inson organizmida nerv tolalari orqali axborotni o’tkazishda, to’qimalar qisqarishida, yurak - qon tomir faoliyatini yaxshilashda faol ishtirok etiladi. Jigar faoliyatini yaxshilash bilan birga organizmdan toksinlarni haydaydi. Rematizmni bartaraf etadi. Shuningdek, qon tomirini kengaytirib, tomirlarda hosil bo’luvchi tromblarning oldini oladi. Shifokorlarning ta’kidlashicha, ushbu meva ateroskleroz, xolesistit, podagra, bosh og’rig’I, ko’ngil aynishi singari xastaliklarni bartaraf etadi.
Do’lana – Do’lana mamlakatimizning tog’li hududlarida, asosan dengiz sathidan 1000-1500 metr balandlikda, ko’pincha yakka holda o’sadi. Xalq tabobatida do’lanadan toliqish, uyqusizlik va asabiylashish holatlarida, shuningdek, yurak xastaligiga qarshi kurashishda samarali foydalanilgan. Zamonaviy tibbiyotda do’lanadan 0,88 foiz olma kislotasi mavjudligi sababli aritmiya, gipertoniya, stenokardiya hamda paroksizial taxikardiyada foydalanish mumkin. Shifokorlarning ta’kidlashicha, do’lana bosh aylanishi, klimaks davrida yurak revmatizmi, ateroskleroz, qon bosimi oshganda va miya qoni quyilganida foydalanilsa, samarali natijalarga erishish mumkin. Bundan tashqari, do’lananing gullari va mevalaridan tayyorlangan damlama yurakka darmon bag’ishlovchi vosita ekanligi aniqlangan. Yurak quvvati susayganda va qon aylanish faoliyati buzilganida, ayniqsa, keksalar uchun juda foydali hisoblanadi.
Pomidor - mamlakatimizda pomidorning tezpishar, o’rta, kechki serxosil navlari yetishtiriladi. Ular o’zining ko’rinishi, mazasi va og’irligi bilan bir-biridan farq qiladi. Bizda, ayniqsa, o’zbek seleksioner yaratgan “Yusupov” navli pomidor juda mashhurdir. U o’rta kech pishuvchi, serxosil nav hisoblanadi. Shifokorlarning ta’kidlashicha, pomidor tarkibida yod moddasi mavjudligi sababli u atiroskleroz, bedarmonlik va kamqonlikka qarshi tez ta’sir etuvchi vosita sifatida qo’llanilishi mumkin. Pomidor xalq tabobatida ko’proq jigar, buyrak va yurak xastaliklari uchun tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |