Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti tibbiy bilim asoslari kafedrasi


Mavzu: Yumshoq to’qimalarning shikastlanishi



Download 12,99 Mb.
bet125/267
Sana08.02.2022
Hajmi12,99 Mb.
#437004
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   267
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti ti

4 Mavzu: Yumshoq to’qimalarning shikastlanishi
Reja:
1.Lat yeyish, klinik belgilari,davolash usullari
2.Ezilish sindromi. Sabablari, klinik belgilari, davoalsh usullari
3. Mushaklar cho’zilganda yoki uzilganda birinchi yordam ko’rsatish
4. Paylarning cho’zilishi, sababalari davolash usullari.

Turli favqulodda vaziyatlarda shikastlanganlarning ko’pchiligini yopiq shikastlanishlar tashkil qiladi. Yopiq shikastlanishlarda teri va shilliq qavatlarning butunligi buzilmaydi. Lekin zaralanish turli organ va to’qimalarga, yumshoq to’qimalarga, ko’krak va qorin bo’shlig’i organlariga, bosh miyaga, bo’g’imlarga, siydik tanosil organlariga tarqalishi va ularda lat yeyish, paylarning cho’zilishi va uzilishi, bo’g’imlarning chiqishi, yumshoq to’qimalarni tuproq, buzilgan binolar va inshootlarning bo’lak-lari bilan ezilishini vujudga keltiradi.


Lat yeyish - yopiq shikastlanish bo’lib, qattiq jismlar bilan urish yoki qattiq jismga urilish natijasida vujudga keladi va yumshoq to’qima-larni qorin va ko’krak bo’shliqdagi turli organlarni zararlanishi bilan xarakterlanadi. Lat yeyish natijasida vujudga keladigan o’zgarishlar xarakteri va og’ir yengilligi urilish kuchiga jismning kattaligiga, og’ir-ligiga, shakliga, shikast beruvchi jismning yo’nalishi va davomiyligiga, tananing zararlangan joyini kattaligiga va ahamiyatliligiga va shikast berish vaqtidagi anatomo – fiziologik xususiyatlariga bog’liq. Lat yeyish vaqtida teri osti yog’ qavatidagi limfatik va qon tomirlar u yoki bu darajada zararlanib, lat yeyish belgilarini kelib chiqishiga sabab bo’ladi.Lat yeyishning belgilari unchalik ko’p emas, lekin ular shunday aniq va ravshan yuzaga keladiki, tashxis qo’yish juda oson bo’lib qoladi: og’riq, shish, ko’karish ( qon quyilishi, gemotoma) funksiyaning buzilishi.Og’riq - har xil intensivlikda bo’lib, zararlanish zonasi va nerv va qon tomirlari bilan ta’minlanganligiga bog’liq. Ba’zan kuchli og’riqlar travmatik shokka olib kelishi mumkin (oyoq yoki qo’lning yumshoq to’qimalarini ezilishi, qorinni lat yeyishi, yirik nerv tolalarining yopiq shikastlanishi) Og’riqning xarakteri organizmning og’riqqa shaxsiy moyilligiga ham bog’liq.
Shish - yumshoq to’qimalarga qonning shimilishi va aseptik yallig’lanish natijasida ro’y beradi. Shishning kattaligi yog’ qavatini kattaligiga bog’liq: yog’ qavati qancha katta bo’lsa shish ham katta bo’ladi. Qon quyilish va ko’karish - qon tomirlarining urilish zahoti yoki bir necha soat keyin uzilishi natijasida ro’y beradi. Uning kattaligi uzilgan tomirning kalibiriga, qonning ivishiga, teri osti yog’ qavatiga bog’liq. Teri qavatlari dastlab to’q ko’kimtir rangga, keyinchalik gemoglabinni parchalanishi natijasida yashil va sariq rangga kiradi. Funksiyaning buzilishi dastlab organizmning shikastlanishga qarshi himoya reaksiyasi bo’lib hisoblanadi va uni lat yeyish joyiga, shikastlangan odamni og’riqqa bo’lgan reaksiyasiga va shikastlanish natijasida ro’y bergan o’zgarishlar xarakteriga bog’liq. Organning funksiyasini buzilishi uning to’qimala-rida qon va limfaning shimilishi natijasida ro’y beradi. Mahalliy va umumiy haroratning ko’tarilishi katta gematomaning so’rilishi yoki uning yiringlashi natijasida ro’y beradi. Birinchi tibbiy yordam ko’rsa-tish – lat yeyish ro’y bergan zahoti o’sha joyga siqib turuvchi bog’lam qo’yish, iloji bo’lsa, lat yegan joyga dam – badam sovuq jismlar bosish, muz xaltasini qo’yish 40-50 minutdan keyin 10-15 minut dam beriladi. Yana qaytariladi. Sovuqning qo’llanilishi qon quyilishini kamaytiradi, to’xtatadi, og’riqni kamaytiradi. Siqib bog’lash natijasida zararlangan teri osti qon tomirlari bosilib, shishni kamaytiradi. Katta miqdordagi lat yeyishlarda bemorni harakatlari chegaralanib, (immobilizatsiya) og’riqni qoldiruvchi vositalar beriladi.
Davolash – lat yegan vaqtdan 2-3 kun o’tgach issiq muolajalar qo’llaniladi (iliq isitgich qo’llash, isituvchi kompress, suv vannalari) massaj ( uqalash), davolash gimnastikasi qo’llaniladi. Katta o’lchamli lat yeyishlarda, rentgen orqali tekshirib, suyaklar sinishi bor yo’qligini aniqlash kerak. O’zicha so’rilib ketmaydigan katta gematomalarni punksiya qilinib, ketidan antibiotiklar yuboriladi, ba’zan jarrohlik yo’li bilan ivigan qon olib tashlanadi.
Paylarning cho’zilishi va uzilishi. Simptomlari.
Birinchi tibbiy yordam va davolash.
Paylarning cho’zilishi tashqi kuch ta’sirida to’qimalarning haddan tashqari zo’riqishi natijasida ro’y beradi. Tashqi kuch ta’sirida bo’g’im yuzalari vaqtincha fiziologik me’yordan chiqqan holda bir-biridan uzoqlashadi va bunda bo’g’im xaltasi va uni ushlab turuvchi pay va muskullar zararlanmaydi. Ko’pincha boldir-tovon bo’g’imi paylari cho’ziladi. Paylar cho’zilganda ularning anatomik butunligi buzilmaydi, qon tomirlar uzilishi mumkin. Natijada bo’g’im atrofida shish va aseptik yallig’lanish ro’y beradi. Dastlabki vaqtlarda qon quyilishi bilinmasligi mumkin, keyinchalik esa tqq ko’kimtir dog’lar paydo bo’ladi. Bo’g’im harakati yo’qolmasa ham, harakat vaqtida og’riqni zo’rayishi harakatni chegara-laydi. Birinchi tibbiy yordam xuddi lat yeyishdagiga o’xshash bo’lib, qon quyilishini kamaytirish maqsadida dastlab (muz xaltasi, sovuq jismlar, sovuq kompress) bosiladi. Uchinchi kundan boshlab, iliq muolajalarga o’tiladi. Bemor tinch yotgan holatda oyoqlari ko’tarilgan bo’lib, siqib turuvchi bog’lam qo’yiladi. Ko’rilgan choralar taxminan 10 kunlardan keyin bemor yurishiga imkon yaratadi.
Muskul, pay va boylamlarning uzilishi to’satdan bo’ladigan keskin harakat natijasida ro’y beradi. Muskul, pay va boylamlarning uzilishi qisman yoki to’liq bo’lishi mumkin, boylamlar suyak to’qimasining bo’laklari bilan uzilib ketishi ham mumkin. Muskul, pay va boylam-larning uzilish belgilari yengil, o’rta darajada va og’ir formada namoyon bo’lishi mumkin. Hamma darajaga xos bo’lgan umumiy belgilar:

  • boylam va paylarning suyakka birikkan joyida va muskulning uzilgan joyida kuchli og’riqni bo’lishi;

  • bo’g’imni o’rab turgan to’qimalarga qon quyilishi, yoki bo’g’im bo’shlig’iga qon quyilishi ( gemartroz) oqibatida shikastlanish joyi atrofida gematoma va shish paydo bo’lishi;

  • bo’g’im qo’l yoki oyoq harakati funksiyasini buzilishi, shikast-langan muskulning funksiyasini buzilishi.

Ko’pincha bloksimon bo’g’imlarning (boldir-tovon, tizza, bilak-panja) kamroq sharsimon bo’g’imlarning boylamlari zararlanadi. Birinchi tibbiy yordam shikastlangan joylarni tinchlantirgan holatda siqib bog’lash, shina yoki qo’l ostidagi materiallar bilan harakatni chegaralab, qimirlatmaslik (immobilizatsiya qilish), kuchli og’riq bo’lganda shprits yordamida og’riq qoldiruvchi vositalarni in’eksiya qilish, shikastlangan joyga sovuq jism yoki muzqo’yish va o’z vaqtida tibbiy muassasalarga evakuatsiya qilish.
Tibbiy muassasada shikastlangan joyga tinch holat yaratib beriladi. I darajali uzilishda 7-10 kun, II darajada 21 kun, III darajada 4-6 haftacha immobilizatsiya qilish tavsiya etiladi. Shikastlangan joyni immobilizatsiya qilish shinalar, mahkamlovchi bog’lamlar va gipsli longetlar yordamida amalga oshiriladi. Muskul, pay va bo’g’imlarning to’liq uzilishi ro’y berganda jarrohlik yo’li bilan tikib qo’yiladi. Keyinchalik davolash gimnastikasi, uqalash (massaj), fizioterapiya (quruq issiq, parafin va balchiqli applikatsiyalar) tavsiya etiladi.
Muskullarniig yirtilishi.
muskullarninig shikastlanishi yopiq va ochiq bi`lishi mumkin. Muskul qattiq cho`zilganda va unga zo`r kelganda, masalan, og`ir yuq ko`tarilganda u yirtilishi mumkin. Qorin muskullari va oyoq - qo`llarni yozuvchi muskullar eng ko`p yirtiladi. Muskullar qisman va to`liq yirtilishi mumkin.
Yirtilgan zonani paypaslab kurishdi, ayniqsa muskul nuqsoni aniqlanadi. Keyinroq gematoma xosil bo`lish hisobiga usmasimon tuzilna paydo bo`ladi.
Odatda shu muskul funksiyasi pasayadi yoki butunlay yo`qoladi. boylamlarning cho`zilishi va yirtilishi. Bug`imda uniing hajmidan oshib ketadigan xarakat bulganda uni maxkam ushlab turadigan boylam apparati cho`ziladi. Ba`zan esa yirtiladi. Bug`im sohasida og`riq, va shish xarakatlarninig cheklanish kuzatiladi. Boylamlar yirtilganda gematoma paydo bo`ladi va xarakat keragidan ortiqcha bo`ladi. Oyoq - qo`lga orom berish zarur. Bug`im soxasiga bosib turadigan bog`lam bog`lanadi. Dastlabki kunlari sovuq, keyinchalik issiq muolajalar mahalliy qullaniladi. Boylam yirtilganda gips bog`lam quyiladi, konservativ davoalsh yahshi natija bermaganda operatsiya yo`li bilan davo qilinadi.



Download 12,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish