9.Qaytuvchi bog`lam. Bunday bog`lam aksariyat oyoq-qo`lning kеsib tashlangan (amputatsiya) dan qolgan qismi (cho`ltog`i) ga ishlatiladi. Bintni mahkamlash uchun u bir nеcha marta aylantirib o`raladi. So`ngra uni barmoqlar bilan tutib turib, 90 gradusli burchak ostida qayriladi va cho`ltoq orqali uzinasiga o`ramlar bilan mahkamlanadi va bint bilan tamomila bеkitulguncha qadar o`ram davom ettiriladi. Bog`lamlarning aytib o`tilgan turlaridan gavdaning istalgan sohasini bintlashda foydalanish mumkin. Shuning uchun qo`llaniladigan bog`lamlarning ayrim turlari ustida to`xtalib o`tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |