JAROHATLARNING TURI
Jarohatlar organizm kesilgan, chopilgan, sanchilgan, urilgan, yulingan, lat yegan, o‘q tekkan, yirtilgan va tishlangandagi turlarga bo‘linadi.
Kesilgandagi jarohat o‘tkir buyumlar (pichoq, shisha, oyna, skalpel, ustara va boshqalar) ta’sirida vujudga keladi. Kesilgan jarohatlarning cheti tekis, ezilmagan bo‘ladi, yara yirtilib qoladi va ko‘p qon ketishi bilan farq qiladi.
Chopilgandagi jarohat o‘tkir, ammo og‘ir qurollar (bolta, qilich va boshqalar) bilan urilganda paydo bo‘ladi, jarohatning chetlari tekis, ammo yumshoq to‘qimalar birmuncha majaqlangan bo‘ladi, shikast yegan joy kattagina bo‘lib, ko‘pincha suyaklar ham shikastlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |